II. TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH




Download 4.29 Mb.
bet4/15
Sana29.01.2023
Hajmi4.29 Mb.
#40007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
107-15 ТТЕ ва ТЛ гурух журнали 2016-2017
30-вариант., bolt, mahliyo1, Tilovova Parvina, Doc1, zamonaviy tarmoq operatsion tizimlari va ularni taxlil qilish, Yapmak, 1-Topshiriq, 1-slayd, 2-17-2-11-28-sonli xatga 2-ilova, Якуний назорат баллари қўйлиш жадвали2, 3.1. Avtoreferat.Azizov O.E.(тах кейинги) 24.02.23, 3-bob, 2-lab. konstruksiya
II. TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH
21. Davlat grantlari asosida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini o‘z ta’lim yo‘nalishidan boshqa turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
22. O‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash haqidagi ariza bir oy muddat ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
Ariza ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etilgan taqdirda ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi rektori tegishli qaror qabul qiladi;
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha tegishli vazirlik (idora) yoki Idoralararo komissiya oliy ta’lim muassasasiga belgilangan shaklda xat yo‘llaydi.
Tegishli vazirlik (idora) yoki Idoralararo komissiyaning xati asosida oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan o‘qishi ko‘chirilayotgan talaba darslarga qo‘yiladi hamda ushbu oliy ta’lim muassasasi tomonidan talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasiga uning shaxsiy yig‘majildini jo‘natish uchun so‘rovnoma yuboriladi.
So‘rovnoma olingandan so‘ng, talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasi rektorining talabalar safidan chetlashtirish haqida buyrug‘i asosida uch kun muddatda talabaning shaxsiy yig‘majildi (ro‘yxati bilan) uni o‘qishga qabul qilgan oliy ta’lim muassasasiga jo‘natiladi.
Oliy ta’lim muassasasida talabaning akademik ma’lumotnomasi, reyting daftarchasi, o‘quv kartochkasi, shuningdek jo‘natilayotgan hujjatlar ro‘yxatining nusxasi qoldiriladi.
Oliy ta’lim muassasasi rektorining talabani talabalar safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyrug‘i talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasidan uning shaxsiy yig‘majildi olinib, akademik farqlar bartaraf etilgandan so‘ng 10 kun muddatda chiqariladi.
SHaxsiy yig‘majild jo‘natilishi mumkin bo‘lmagan hollarda (yopiq yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash), talabani o‘qishga qabul qilish, oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan imzolangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan akademik ma’lumotnoma olingandan so‘ng amalga oshiriladi.
23. Oliy ta’lim muassasasida yuridik shaxs bilan tuzilgan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar o‘qishini ko‘chirish ushbu yuridik shaxsning roziligi bilan amalga oshiriladi.

Download 4.29 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 4.29 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH

Download 4.29 Mb.