• IV. TALABALAR SAFIDAN CHETLASHTIRISH
  • III. O‘QISHNI QAYTA TIKLASH




    Download 4.29 Mb.
    bet5/15
    Sana29.01.2023
    Hajmi4.29 Mb.
    #40007
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    107-15 ТТЕ ва ТЛ гурух журнали 2016-2017
    30-вариант., bolt, mahliyo1, Tilovova Parvina, Doc1, zamonaviy tarmoq operatsion tizimlari va ularni taxlil qilish, Yapmak, 1-Topshiriq, 1-slayd, 2-17-2-11-28-sonli xatga 2-ilova, Якуний назорат баллари қўйлиш жадвали2, 3.1. Avtoreferat.Azizov O.E.(тах кейинги) 24.02.23, 3-bob, 2-lab. konstruksiya
    III. O‘QISHNI QAYTA TIKLASH
    24. O‘qishga qayta tiklash haqidagi ariza bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi.
    25. Quyidagi hollarda talabalikka qayta tiklashni so‘rab murojaat qilgan shaxsga rad javobi berilishi mumkin:
    oliy ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilar soni doirasida bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmaganligi;
    shaxsning akademik qarzdorligi hamda tegishli mutaxassislik bo‘yicha zarur bilimlarni o‘zlashtirishiga to‘sqinlik qilish darajasidagi o‘quv rejalari va dasturlarida farq mavjud bo‘lganligi (mazkur Nizomning 17-bandi).


    26. Barcha o‘quv shakllari bo‘yicha talabalar safiga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida mazkur Nizom talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
    Davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan etimlar, I va II guruh nogironlar, shuningdek muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (zaxiraga bo‘shagan kunlaridan boshlab uch yil mobaynida), akademik ta’tildan qaytgan shaxslar istisno tariqasida, o‘qishga davlat grantlari o‘rinlariga qayta tiklanishi mumkin.
    27. O‘qishdan chetlashtirilgan o‘quv yilida talabani o‘qishga qayta tiklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
    28. Talabani boshqa oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qayta tiklashda uning ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasi roziligi talab etilmaydi.
    29. O‘qishdan chetlatilgandan keyin 5 yildan ortiq muddat (harbiy xizmatda bo‘lganlik, uch yoshgacha bo‘lgan bolalarni parvarish qilish bilan bog‘liq mehnat ta’tili hamda sog‘liqni qayta tiklash vaqtlari ushbu muddatga kirmaydi) o‘tgan hollarda talabalar o‘qishini qayta tiklash Idoralararo komissiyaning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
    IV. TALABALAR SAFIDAN CHETLASHTIRISH
    30. Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
    a) o‘z xohishiga binoan;
    b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
    v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
    g) akademik o‘zlashtira olmaganligi (qarzdorligi) uchun;
    d) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
    e) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
    j) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
    z) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
    i) vafot etganligi sababli.
    Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.
    31. Oliy ta’lim muassasasi ma’muriyati tashabbusi bilan talabalarni o‘qishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi a’zosi bo‘lgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. SHuningdek, talaba mazkur Nizomning 30-bandi "d" kichik bandiga ko‘ra chetlashtirilayotgan holda, ta’lim muassasasining "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.
    32. Talaba oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilganda, unga shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy yig‘majildga tikib qo‘yiladi.

    Download 4.29 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 4.29 Mb.