• 4-bo‘lim. Professor-o‘qituvchilar va talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari 4.1.
  • OTM jamoa a’zolari dars mashg‘ulotlari va ishga belgilangan kun tartibiga ko‘ra o‘z vaqtida kelishlari shart. 3.13




    Download 4.29 Mb.
    bet8/15
    Sana29.01.2023
    Hajmi4.29 Mb.
    #40007
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
    Bog'liq
    107-15 ТТЕ ва ТЛ гурух журнали 2016-2017
    30-вариант., bolt, mahliyo1, Tilovova Parvina, Doc1, zamonaviy tarmoq operatsion tizimlari va ularni taxlil qilish, Yapmak, 1-Topshiriq, 1-slayd, 2-17-2-11-28-sonli xatga 2-ilova, Якуний назорат баллари қўйлиш жадвали2, 3.1. Avtoreferat.Azizov O.E.(тах кейинги) 24.02.23, 3-bob, 2-lab. konstruksiya
    3.12. OTM jamoa a’zolari dars mashg‘ulotlari va ishga belgilangan kun tartibiga ko‘ra o‘z vaqtida kelishlari shart.
    3.13. OTMda har qanday huquqbuzarlik sodir etish ta’qiqlanadi, shu jumladan, tuhmat qilish, haqorat qilish, jamoa a’zosiga ma’naviy yoki moddiy zarar etkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotni tarqatish, tan jarohati etkazish, fuqorolik muomalasidan chiqarilgan vositalarga oid munosabatlarga kirishish (giyohvand moddalar, psixotropik vositalar va hokazo), ichkilikbozlik, kashandalik, maishiy tinchlikka tajovuz qilish, janjallashish, qimor va tavakalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘ynash qat’iyan man etiladi.
    4-bo‘lim. Professor-o‘qituvchilar va talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari
    4.1. Professor-o‘qituvchilar va talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari “Ustoz-shogird” milliy an’analariga asoslanishi lozim.
    4.2. Professor-o‘qituvchi auditoriyaga kirganida barcha talabalar o‘rinlaridan turib salomlashishlari, so‘ngra o‘z joylarini egallashlari lozim.
    4.3. Dars mashg‘ulotlari vaqtida uyali aloqa vositalaridan foydalanish barcha uchun taqiqlanadi.
    4.4. Talaba o‘zining nojo‘ya harakatlari bilan dars mashg‘ulotlariga xalaqit bersa, professor-o‘qituvchi yuzaga kelgan vaziyat haqida dekanatni xabardor qilib va uning ruxsati bilan bunday talabani mashg‘ulotlardan chetlatishi mumkin.
    4.5. Talabada professor-o‘qituvchi bilan o‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtda muloqot qilish zarurati bo‘lsa, unda talaba quyidagi qoidalarni, ya’ni:
    -professor-o‘qituvchi talaba bilan dars jadvaliga muvofiq mashg‘ulotlarda, maslahat soatlarida, mustaqil ishlarni, reyting nazoratini topshirishda yoki o‘zaro kelishuv bo‘yicha belgilangan vaqtda shug‘ullanishini;
    -o‘zi muloqot qilmoqchi bo‘lgan professor-o‘qituvchining lavozimi, ismi, otasining ismi va familiyasini aniq bilishi shart.
    4.6. Talaba oldindan kelishilmagan holda professor-o‘qituvchining huzuriga kelsa, umumiy yoki o‘zaro kelishilgan maslahat soatiga kech qolib kelgan yoki kelmagan bo‘lsa, professor-o‘qituvchidan hatto qisqa vaqt suhbatlashishni talab qilishga ham haqli emas.
    4.7. Ayrim hollarda talabalar professor-o‘qituvchini almashtirish iltimosi bilan murojaat qilishlari mumkin. Buning uchun jiddiy sabablar (qo‘pollik, ta’magirlik, professor-o‘qituvchining aybi bilan mashg‘ulotlar o‘tkazilishidagi muntazam uzilish hollarini isbotlovchi dalillar) ko‘rsatilishi va u bo‘yicha guruhning yagona fikri mavjud bo‘lishi shart.
    4.8. Professor-o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasida reyting nazoratini topshirishga doir ziddiyat kelib chiqqan hollarda, talaba reyting nazoratini maxsus komissiyaga topshirish uchun ruxsat berish iltimosi bilan kafedra mudiriga murojaat etishi mumkin. Bunda murojaat asoslangan bo‘lishi shart. Bunday masalalar kafedra mudirining taqdimnomasiga binoan fakultet dekani tomonidan hal etiladi.



    Download 4.29 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




    Download 4.29 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    OTM jamoa a’zolari dars mashg‘ulotlari va ishga belgilangan kun tartibiga ko‘ra o‘z vaqtida kelishlari shart. 3.13

    Download 4.29 Mb.