• I. UMUMIY QOIDALAR
  • O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH. Mirziyoev




    Download 4.29 Mb.
    bet3/15
    Sana29.01.2023
    Hajmi4.29 Mb.
    #40007
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    107-15 ТТЕ ва ТЛ гурух журнали 2016-2017
    30-вариант., bolt, mahliyo1, Tilovova Parvina, Doc1, zamonaviy tarmoq operatsion tizimlari va ularni taxlil qilish, Yapmak, 1-Topshiriq, 1-slayd, 2-17-2-11-28-sonli xatga 2-ilova, Якуний назорат баллари қўйлиш жадвали2, 3.1. Avtoreferat.Azizov O.E.(тах кейинги) 24.02.23, 3-bob, 2-lab. konstruksiya
    O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH. Mirziyoev

    O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2010 yil, 24-25-son, 195-modda.


    118-son qaroriga
    3-ILOVA
    Oliy ta’lim muassasalari talabalari
    o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan
    chetlashtirish tartibi to‘g‘risida
    NIZOM
    I. Umumiy qoidalar
    II. Talabalar o‘qishini ko‘chirish
    III. O‘qishni qayta tiklash
    IV. Talabalar safidan chetlashtirish
    V. YAkunlovchi qoidalar
    I. UMUMIY QOIDALAR
    1. Mazkur Nizom "Ta’lim to‘g‘risida", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibini belgilaydi.
    2. Ushbu Nizomning amal qilishi harbiy oliy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
    3. Talabalar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash, odatda, yozgi ta’til davrida, tegishli kurs (semestr)da o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi.
    4. Talabalar safidan chetlashtirish mazkur Nizomda belgilangan hollarda oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
    5. Talabalar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash quyidagilarning:
    oliy ta’lim muassasalari;
    tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar;
    O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasi (keyingi o‘rinlarda - Idoralararo komissiya deb yuritiladi) qarorlari asosida amalga oshiriladi.
    Idoralararo komissiya O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda - Davlat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan tashkil etiladi. Uning tarkibiga tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar vakillari kiritiladi.
    Idoralararo komissiyaning raisi va mas’ul kotibi Davlat komissiyasi qarori bilan tayinlanadi.
    6. Oliy ta’lim muassasasi rektorining qarori asosida talabalar o‘qishini shu oliy ta’lim muassasasi doirasida oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha ko‘chirish va tiklash amalga oshiriladi.
    7. Quyidagi hollarda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi:
    oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha bir vazirlik (idora) doirasida boshqa oliy ta’lim muassasasiga;
    oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha turli vazirlik (idora) doirasida bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirish va qayta tiklash.
    8. Quyidagi hollarda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash Idoralararo komissiya qarori bilan amalga oshiriladi:
    xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga;
    bir oliy ta’lim muassasasi doirasida yoki bir vazirlik (idora) va turli vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalariga oliy ta’limning turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari)ga.
    9. Oliy ta’limning turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi deb yuritiladi) tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
    10. Talabalarning o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash haqidagi arizalari mos ravishda:
    ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan - oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga;
    ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan hududiy ishchi guruhlarga topshiriladi.
    Hududiy ishchi guruhlar qabul qilingan hujjatlarni umumlashtirib:
    ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha tasarrufida oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralarga;
    ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi.
    Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari hamda hududiy ishchi guruhlar talabalar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash haqida kelib tushgan arizalar to‘g‘risida belgilangan shaklda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga umumlashtirilgan ma’lumot topshiradilar.
    11. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalar o‘qishini ko‘chirish yoki tiklash haqidagi arizalarni mazkur Nizomda belgilangan vakolatlar doirasida shakllantirib Idoralararo komissiyaga qaror qabul qilish uchun yo‘llaydi.
    12. O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’lim faoliyatini olib borish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan nodavlat oliy ta’lim muassasalari va boshqa mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining filiallari (markazlar, bo‘limlar, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalar)dan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash taqiqlanadi.
    13. Birinchi kursga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash man etiladi (istisno tariqasida, talabaga kasallik tufayli akademik ta’til berilishi mumkin).
    14. O‘qishning barcha shakllari bo‘yicha oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisligi) bo‘yicha davlat grantlari o‘rinlariga ko‘chirishga faqat davlat grantlari asosida tahsil olayotgan talabalar arizasiga ko‘ra muayyan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik)da oliy ta’lim muassasalariga tegishli o‘quv yilidagi qabul qilish kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi.
    15. Boshqa hollarda o‘qishni ko‘chirish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
    16. O‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash haqidagi arizaga talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxalari ilova etiladi.
    17. Talabalarning o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashni rasmiylashtirishda oliy ta’lim muassasasi rektori belgilangan tartibda o‘quv rejalari va dasturlardagi mavjud akademik qarzlarni yoki farqlarni (umumkasbiy va ixtisoslik fanlari bo‘yicha farqlar 4 tadan oshmasligi lozim) topshirish tartibi va muddatlarini (ikki oydan ortiq bo‘lmagan), o‘qitish kursi hamda o‘qishga qabul qilishning boshqa shartlarini belgilaydi.
    18. Talabalarning o‘qishini shartli ravishda ko‘chirish yoki qayta tiklash taqiqlanadi.
    19. Davlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash jarayoni bepul amalga oshiriladi.
    20. To‘lov-kontrakt asosida talabalar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashda to‘lov-kontraktni tuzish tartibi va shartlari, jumladan, to‘lov mablag‘lari va muddatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

    Download 4.29 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 4.29 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH. Mirziyoev

    Download 4.29 Mb.