III-BOB yuzasidan nazorat savollari:
1.
Musiqa ta’limining tamoyillari nimalardan iborat?
2.
Musiqa madaniyati darsida musiqa o‘qitish texnologiyalarini qo‘llashda nimalarga
ahamiyat berish kerak?
3.
Interfaol metodlari haqida tushuncha bering.
4.
“Aqliy hujum” metodini qo‘llash usuli haqida ma’lumot bering.
5.
Musiqa darsida “Insert” strategiyasi metodini qo‘llashda nimalarga e’tibor berish lozim?
6.
“FSMU” metodi musiqa darsida qanday qo‘llaniladi?
7.
“Sengveyn” metodi necha bosqichda amalga oshiriladi?
8.
Musiqa darsida qaysi interfaol metodlardan foydalaniladi?
45
II. AMALIY QISM
Biz bahorda chiqamiz
Dalalarga, bog‘larga.
Gul lolalar ochilgan,
Ko‘m ko‘k maysazorlarga.
Dalalarda ochildi
Gunafshalar, lolalar.
Bizga uchib kelishdi
Mayna, bulbul, sa’valar.
Bir tomonda lolalar,
Quvnab terar o‘quvchilar.
Bir tomondan qushchalar
Bizni qutlab sayrashar.
46
Hoy gul emgan kapalak,
Qanotlaring ipakdak.
Seni ko‘rdim bog‘imda,
Meni qilding jonsarak.
Uchrataman har kuni
Seni go‘zal bog‘imda,
So‘rib gullar bargini
O‘tirasan olchamda.
Borib ushlay deganda
Shoshib qolib uchasan.
Sira tutqich bermasdan
Mendan aslo qoshmagin,
Do‘st bilaman o‘zimga.
Yengil-yengil uchishing,
Oh, yoqadi ko‘zimga.
Guldan-gulga ko‘chasan.
47
1)
Laylak qoru , laylak qor,
Laylak qorga men xumor.
Kiydirar keng dalamga,
Oq ipakdan ko‘ylak qor.
2)
Dehqonlarga tilak qor,
Paxtaoyga kerak qor.
Goho meni quvalab,
Qarar uyga tentak qor.
48
1.
Quvnoq xushovoz, 2. Bog‘chamizda u,
Jajji Dilorom. Barchaga yoqqan.
Qo‘shig‘i dilda, Yash qalbi jo‘shib
Baxsh etar orom. Daryodek oqqan.
Ayam va dadam, Qo‘shiq sevmaslar
Bo‘lsinlar bardam. Yo‘qdir olamda.
Dunyo turguncha, Men kata bo‘lsam
Tursinlar har dam. Bo‘lay xonanda.
49
1.
Voy, voy, voy, voy,
Baxtli erkatoy.
Ertalab turib,
Ichmas ekan choy.
2.
Voy, voy, voy, voy,
Baxtli erkatoy.
To‘g‘ri yo‘l qolib,
Kechar ekan loy.
3.
Voy, voy, voy, voy,
Baxtli erkatoy.
Darsin qoldirib,
Keyin ishi voy.
Voy, voy, voy.
50
1.
Chaman-chaman bog‘larning,
Bizlar jambil rayhoni.
Bizning quvnoq qo‘shiqlar,
Jaranglatar har yonni.
2.
Salom senga, ko‘k archa,
Qishin-yozin yashnaysan.
Yaproqlaring ninacha,
Yasangansan, go‘zalsan.
3.
Atrofingni aylanib,
Qo‘shiq aytib quvnaymiz,
Har birimiz qo‘l berib,
Yangi yilni qutlaymiz.
51
1.
Tumshuqlaring tilladay,
Momiq paring tilladay.
Shoshma seni bir ko‘ray,
Beozor qush kakligim.
2.
Ketolmaysan uzoqqa,
Seni solmam tuzoqqa.
Kel, mehmon bo‘l bu boqqa,
Bog‘imga tush, kakligim.
3.
Senga har xil don beray,
Xohla, shirin non beray.
Erkin uch, imkon beray,
Kel go‘zal qush,kakligim.
1.
Salom bergan bolaning,
|