• 7 – bosqich
  • Jo‘rabek yarashev dilnavoz murotova




    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/59
    Sana29.05.2024
    Hajmi2,43 Mb.
    #256571
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59
    Bog'liq
    MUSIQA O’QITISH METODIKASI

    6 – bosqich:

    xuddi shu tartibda “to‘g‘ri javob” va “guruh bahosi” o‘rtasidagi farq kattadan 
    kichikni ayirish orqali bajariladi, chiqarilgan farqlar soni “guruh xatosi” bo‘limiga yozilib, 
    yuqoridan pastga qarab qo‘shiladi va umumiy son keltirib chiqariladi. 
    7 – bosqich: 


    44 

    trener yakka va guruh xatolarining umumiy soni bo‘yicha tushuncha beradi, ularni 
    alohida – alohida sharhlab beradi. 
    Ta’lim jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllanganlik darajasini nazorat 
    qilish alohida ahamiyatga ega. Shu xususda og‘zaki savol-javob shakli an’anaviy usullardan biri 
    hisoblanadi. Og‘zaki savoldan javob o‘quvchilarni hozirjavoblikka tayyorlaydi, mantiqiy javobni 
    tezda fikran tayyorlab so‘zlarda ifoda qilish ko‘nikmasini hosil qiladi. Og‘zaki savol-javob 
    yakka-yakka va yoppasiga so‘rash orqali amalga oshiriladi. Yakka o‘quvchidan suralganida 
    o‘qituvchi o‘quvchiga bir nechta-savol beradi. O‘quvchining javoblaridan o‘quv materialining 
    qanchalik o‘zlashtirilganligi ma’lum bo‘ladi. Butun sinf yoppasiga so‘ralganida o‘qituvchi 
    o‘zaro mantiqiy bog‘langan qator sinf oldiga qo‘yadi, o‘quvchilarni javob berishda faollikka 
    chaqiradi. Og‘zaki savol-javob orqali o‘quvchilar og‘zaki nutq madaniyatini o‘stiradi. Ularni 
    so‘zamollikka, ravon adabiy so‘zlar ishlatib mantiqiy javob berishga, shakllangan bilimlarni 
    so‘zlarda ifodalashga o‘rgatadi. 
    Ko‘p hollarda nazoratning yozma shakli o‘quvchilar ichki sir-asrorlarini, kechinmalarini, 
    yashirinib yotgan iste’dodlarini ochish imkonini beradi. Bu usul yozma sinovni 15-20 daqiqa 
    yoki butun dars davomida o‘tkazilishi mumkin. Keyingi yillarda yozma ishlarning 
    dasturlashtiriladigan shakli o‘quv tarbiya jarayonida keng qo‘llanilayapti. Bunda o‘qituvchi 
    savollar ro‘yxatini tuzadi, ularning har biriga kerakli bo‘lgan javoblarni taqlif qiladi, bu 
    javoblarning bittasi to‘laroq bo‘ladi. O‘quvchilarning vazifasi javoblar ichidan nisbatan to‘laroq 
    va aniq‘rogini tanlashdir. Shu uslub bilan o‘quvchilarni musiqiy o‘quvini o‘stirish mumkin. 
    Ba’zi musiqiy o‘quvi bo‘sh bo‘lgan o‘quvchilar bilan darsdan keyin alohida yakka tartibda 
    shug‘ullanib, topshiriqlar beriladi va ovozlari sozlanib, qo‘shiqlar alohida o‘rgatiladi. Shu tariqa, 
    hamma o‘quvchilarni musiqaga qiziqishi, qo‘shiq kuylashi, musiqa tinglash ishtiyoqi, qobiliyati, 
    musiqiy o‘quvi bir xilda oshib boradi va hamma bilan birgalikda qo‘shiq kuylash ko‘nikma va 
    malakalari hosil bo‘ladi. 

    Download 2,43 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59




    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish