• O‘quv qo‘llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 441-sonli buyrug’iga asosan nashr
  • Jo‘rabek yarashev dilnavoz murotova




    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/59
    Sana29.05.2024
    Hajmi2,43 Mb.
    #256571
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
    Bog'liq
    MUSIQA O’QITISH METODIKASI

    Taqrizchilar: 
    Sobir Jumayev - 
    O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ilmiy ishlar va 
    innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, professor. 
    Baxrom Madrimov 
    - BuxDU musiqa ta’limi kafedrasi professori, pedagogika 
    fanlari nomzodi. 
     
     
     
     
    O‘quv qo‘llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim 
    vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 441-sonli buyrug’iga asosan nashr 
    etishga ruxsat berildi. Ro’yxatga olish raqami 441-22. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    ISBN 978-9943-7844-3-7 
     



    KIRISH 
    O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun 2017-2021-yillarga 
    mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
    strategiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq 
    ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada 
    takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining 
    uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish hamda 
    pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini yanada 
    takomillashtirishni taqozo etadi. 
    Mamlakatimizda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan yangi davlat ta’lim standart 
    (DTS)ini joriy etilishi o‘rta umumta’lim maktab o‘qituvchilari zimmasiga qator muhim 
    vazifalarni yuklamoqda. Shu bilan birga, umumta’lim maktablarda 11 yillik o‘rta ta’limning 
    joriy etilishi ham o‘z navbatida, oliy ta’lim tizimida ta’lim oladigan bo‘lajak o‘qituvchilarni 
    zamonaviy talablarga muvofiq tayyorlash, maktab o‘qituvchilarini esa malakasini oshirishga 
    bo‘lgan yangi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. Yurtimizda ayni paytda vujudga kelgan shart-
    sharoitlar va o‘qituvchilarning yuqorida keltirilgan ehtiyojlari pedagogic ta’limning shakli, 
    mazmuni va uni amalga oshirish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqishni va bu jarayonga 
    tegishli o‘zgartirishlarni kiritishni taqozo etadi. Xususan, musiqa madaniyati fani 
    o‘qituvchilarining kasbiy saviya va malakasini oshirish mazmuni hamda shakllarini 
    takomillashtirish zarurati paydo bo‘ldi. 
    “Musiqa o‘qitish metodikasi” nomi bilan yuritiladigan o‘quv qo‘llanmaning maqsadi 
    bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini musiqaviy- nazariy va amaliy faoliyatini yanada 
    rivojlantirishdan iboratdir.
    Bu maqsad quyidagi vazifalarni hal etishni ko‘zda tutadi: 

    maktabda musiqa ta’limi va tarbiyasi mazmunini, tashkil qilish, turli shakl va metodlar 
    haqida asosiy ma’lumotlar berish; 

    maktabda amalga oshiriladigan musiqa ta’limi va tarbiyasi bo‘yicha ilg‘or tajribalarni 
    o‘rganish hamda umumlashtirish; 

    musiqiy asarlarning badiiy-pedagogik tahliliy metodikasi asoslarini berish; 

    o‘quvchilarni musiqa san’ati materiallari asosida o‘qitish va tarbiyalash masalalariga 
    to‘g‘ri yondashuvni shaklantirish. 
    Oliy ta’lim muassasalarida musiqa o‘qitish metodikasi fanini o‘rganishda pedagogika, 
    psixologiya va boshqa predmetlardan olingan bilimlarga tayaniladi. 
    Musiqa o‘qitish metodikasi fanining asosiy yo‘nalish va uslublaridan biri - buyuk 
    kompozitorlarning o‘ziga xos ijod yo‘li haqida bilimlar berish, o‘quvchilarning musiqiy didini 
    tarbiyalash, ularning ma’naviy dunyoqarashini shaklantirishga qaratilgan. Yakka tartibda 
    kuylash, dirijorlik qilish, musiqa asbobida ijro etish faqatgina ijrochi – musiqachini 
    tayyorlabgina qolmay, balki maktab o‘quvchilari bilan ishlash jarayonida ularning ovozini 
    tarbiyalash hamda rivojlantirish, maktabda sinfdan tashqari tashkil etilgan xor jamoalari bilan 
    ishlash, musiqiy asarni ijrosini jonli ifodalash va o‘quvchilarning musiqiy ohangini eshitish 
    qobiliyatini rivojlantirish, asarlarni nazariy tahlil qilish kabi malakalarni shaklantirishda
    shuningdek, bo‘lajak mohir musiqa o‘qituvchisini ma’naviy-madaniy jihatdan tarbiyalashga 
    ko‘maklashadi. 
    Umumta’lim maktablarida musiqiy tarbiyaning maqsad va vazifasi, uning tuzilishini 
    aniqlashga yordam beradi. Musiqa o‘qitish metodikasi musiqa o‘qituvchisining kasbiy musiqiy 
    pedagogik tayyorligini yaqqol namoyon qiladi. 
    Faning nazariy qismida fanning asosiy mazmuni o‘zlashtirilib, amaliy mashg‘ulotlar 
    mantiqiy davomi bo‘lib, bunda, nazariy qismida o‘zlashtirilgan bilimlarini mustahkamlaydi
    tavsiya etilgan asarlar o‘rganiladi va ijro etish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi, mustaqil bilim olish 
    malakalarini rivojlantiradi. 




    Download 2,43 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish