• Og‘zaki an’anadagi kuy va qo‘shiqlar
  • Ommaviy xalq kuy va qo‘shiqlar




    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/59
    Sana29.05.2024
    Hajmi2,43 Mb.
    #256571
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
    Bog'liq
    MUSIQA O’QITISH METODIKASI

    Ommaviy xalq kuy va qo‘shiqlar 
    Ommaviy xalq kuy va qo‘shiqlari birinchi turga moyil, deb hisoblanadi. Bu janrlar shuning 
    uchun ham ommaviy deb ataladiki, ular sodda va ijroda qulay bo‘lganligi sababli, har bir 
    tinglovchi biror ustozidan maxsus ta’lim olmasa-da, ularning ijrosini to‘y-hasham, bayramlar va 
    boshqa marosimlarda eshitib ular ijrosiga qo‘shilib, o‘rganib ketadi. Natijada ommaviy 
    janrlarning ijrochilari xalq orasida ko‘pchilikni tashkil etadi.
    Og‘zaki an’anadagi kuy va qo‘shiqlar 
    Og‘zaki an’anadagi ustozona musiqa janrlarini esa osonlikcha o‘rganib ijro etish qiyin. 
    Chunki ularning tuzilishi murakkab bo‘lib, katta avjlar va murakkab ritm-usullardan iboratdir. 
    Shu bois professional musiqani ijro etish uchun boy tajriba, yuksak ijrochilik mahoratiga, 
    jarangdor va shu bilan birga keng diapazonli ovozga ega bo‘lish lozim. Ayniqsa, ularni ijro etish 
    jarayonida qochirim va nola kabi ijrochilik ifodalarni qo‘llash lozim bo‘ladiki, u ijrochidan 
    yuksak mahorat talab etadi. Shuning uchun professional musiqa janrlariga oid bo‘lgan ashula, 
    katta ashula, epik dostonlar va maqomlarni ijro etish maktabini o‘rganish uchun yetuk ustoz-
    san’atkorlardan yillar davomida saboq olish bo‘ladi. 
    O‘tgan asrlarda musiqa amaliyotida nota yozuvi deyarli qo‘llanilmaganligi sababli xalq 
    musiqasi og‘zaki tarzda avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Musiqa madaniyatimizni 
    rivojlantirishda va uni avloddan-avlodga meros qoldirishda xalq musiqa san’ati ustalarining 
    xizmatlari benihoya kattadir. Ular xalq musiqasini mukammal bilgan, ularni yuksak mahorat 
    bilan ijro etgan va yangi kuy, qo‘shiqlar yaratib musiqamizni yanada boyitgan har bir bastakor, 
    mashshoq va xonanda xalqimizning katta hurmatiga sazovor bo‘lgan.
    Respublikamizda xalq hurmatiga sazovor bo‘lgan ashulachilarga «O‘zbekiston xalq 
    hofizi», degan faxriy unvon berilishi ham shu boisdandir. Xalqimiz orasida mashxur bo‘lgan 
    atoqli san’atkorlarimiz juda ko‘p bo‘lgan. Ota G‘iyos Abdug‘ani, Ota Jalol Nosirov, Domla 
    Halim Ibodov, Mulla To‘ychi Toshmuhammedov, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Yunus Rajabiy, 
    Shorahim Shoumarov, Levi Boboxonov, Usta Shodi Azizov, Matpano Xudoyberganov, 
    Madraxim Yoqubov (Sheroziy), Matyoqub Harratov shular jumlasidandir. 
    Yangi O‘zbekistonda yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish, ularning vatanga 
    bo‘lgan mehr-muhabbatini oshirish, ma’naviy kamol toptirish, ma’naviy-siyosiy onggini o‘stirish 
    va estetik-axloqiy tarbiya borasida san’at, xususan musiqa san’ati o‘zining ta’sir kuchi bilan 
    nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, u eng qadimiy, ayni chog‘da zamonaviy va 
    xalqning sevimli san’ati hisoblanadi. 

    Download 2,43 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish