9
olish qobiliyatlari rivojlanadi. Natijada bosh miya yetarli darajada ozuqa ololmay horg‘inlik
holatlari ro‘y beradi. Bu davrda o‘qituvchi ularga jiddiy va mehribon munosabatda bo‘lishi,
do‘stona suhbatlashishi talab etiladi.
✓
Yettinchi sinf o‘quvchilarida psixologik-fiziologik jihatdan ayrim o‘zgarishlar paydo
bo‘ladi, emotsional holatlari, darsga nisbatan horg‘inlik alomatlari paydo bo‘ladi. Dars davomida
o‘quvchilarning kayfiyatlari o‘zgarib turadi. Mazkur holatda dars maqsadlariga erishishning
yagona sharti sinfdagi har bir bolani yaxshi o‘rganib, dars mazmunini yuksak musiqaviy
darajada olib borishdan iboratdir. Bu davrda ko‘pchilik o‘quvchilarda mutatsiya davri avj oladi,
shunga qaramasdan ovozlar jarangdor yangraydi. O‘qituvchi ularning ishchi diapazonini
toliqtirmasligi va qo‘shiq kuylash miqdorini buzmasligi lozim.
O‘quvchilarni musiqa yordamida tarbiyalashda asosiy vazifa, ularga o‘zbek musiqasining
butun rivojlanish tarixi davomida to‘plangan barcha musiqa madaniyati boyliklarini yetkazish,
ular onggiga singdirish lozim. Zotan, shu jarayonda milliy asoslar kichik yoshdagi
o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini o‘stirishda tabiiy va qulay zamin hisoblanadi.
Xalq musiqa san’ati o‘zining tuzilishi va ijrochilik uslubi bilan ikki turga bo‘linadi:
1.
Ommaviy xalq kuy va qo‘shiqlar.
2.
Og‘zaki an’anadagi kuy va qo‘shiqlar.