12
tuyg‘ulari va orzu-umidlari ifodasi ekanligi haqida tushuncha hosil qilish kabi qator vazifalar
qo‘yadi. O‘quvchilarda musiqaga mehr va havas uyg‘otish, ularning musiqa saviyasini oshirish
uchun ashula va musiqa sohasida olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni har tomonlama
kuchaytirish lozim. Maktablarning boshlang‘ich va o‘rta sinflarining har birida xor to‘garaklari,
sharoiti bor bo‘lgan maktab sinflarida esa cholg‘u asboblari bo‘lishi kerak. Ayni vaqtda
o‘quvchilarga yakka tartibda musiqa o‘rgatish ishlarini amalga oshirishga e’tibor berish, bu ishga
ota-onalar, jamoatchiligni jalb etish lozim. Maktabda egallangan musiqa bilimi va malakalaridan
kundalik hayotda, maktabda musiqiy kechalar o‘tkazishda, “Mustaqillik”, “Mehrjon”, “Yangi
yil”, “Navro‘z”, “8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami, musiqa va san’at bayramlarida
hamda ekskursiya-sayrlariga chiqqanda foydalanish kerak. Shuningdek, o‘rganilgan qo‘shiqlar
uyda oila a’zolari oldida, o‘rtoqlar davrasida aytilishi mumkin.
Umumta’lim maktablarida 7-yil davomida musiqa darsi muntazam ravishda olib boriladi.
Natijada o‘quvchilar musiqa savodiga ega bo‘lib, musiqani sevadigan, yirik musiqa asarlarini,
shuningdek, kontsertlarni, radio va televideniya orqali beriladigan musiqali eshittirishlarni mehr
qo‘yib tinglaydigan, badiiy havaskorlik to‘garaklarida yetarli tayyorgarlik bilan faol
qatnashadigan kishilar bo‘lib yetishishadi. Yuqorida sanab o‘tilgan tadbirlarni amalga oshirishda
bosh tarbiyachilar, sinf rahbarlari va ota-onalar musiqa o‘qituvchisiga yaqindan yordam
berishlari juda zarur. Darsning har bir faoliyat turida doirachalar, shaqildoqlar, uchburchak,
metallafondan foydalanish shuningdek, o‘quvchilar musiqa asboblarida chalish, kuy va
qo‘shiqlarga mos raqs elementlarini bajarish, musiqa asboblarini chalinishini qo‘l harakati bilan
imitatsiya qilish, qo‘shiqlarga ritmik jo‘r bo‘lib chapak chalish, asarlarga dirijyorlik qilishidan
keng foydalanish darsni yanada qiziqarli hamda jozibali bo‘lishini ta’minlaydi.
Boshlang‘ich sinflarda dars faoliyatlari 5 ta turdan iborat. Shunga ko‘ra musiqa darsining
quyidagi faoliyat turlari asosida tuzulishini unutmaslik kerak :
1. Xor bo‘lib kuylash ;
2. Musiqa savodi ;
3. Musiqa tinglash;
4. Musiqaga mos ritmik harakatlarni bajarish;
5. O‘quvchilar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish;
O‘rta sinflarda musiqa darsi 3 ta asosiy faoliyatlardan:
l. Xor bo‘lib kuylash ;
2. Musiqa savodi ;
3. Musiqa tinglashdan iborat ko‘rinishlarda tuziladi.