O‘lchov, takt va takt chiziqi




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/59
Sana29.05.2024
Hajmi2,43 Mb.
#256571
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59
Bog'liq
MUSIQA O’QITISH METODIKASI

O‘lchov, takt va takt chiziqi 
Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarda ritm tuyg‘usini o‘stirish ustida olib boriladigan 
ish, ularni nota cho‘zimi bilan tanishtirish tufayli o‘quvchilar musiqadagi o‘lchovni, shuningdek, 
takt va takt chizig‘ini idrok etishga tayyorlana borishadi. Musiqada kuchli va kuchsiz 
hissalarning almashinib turishi o‘lchov deyiladi. Masalan, agar bitta kuchli hissa bilan bitta 
kuchsiz hissa almashinayotgan bo‘lsa, bu ikki hissali o‘lchov hisoblanadi, bitta kuchli hissa bilan 
ikkita kuchsiz hissaning almashinib turishi uch hissali o‘lchovni tashkil qiladi. 
2-sinfda o‘lchov bilan tanishuv 2/4 ikki hissali o‘lchovdan boshlanadi. 
O‘quvchilarni o‘lchov va takt tushunchalari bilan tanishtirishning turli metodlari bor. Eng 
oddiy metod – she’r so‘zlaridagi urg‘ular bilan musiqa notasidagi urg‘ularni qiyoslab 
ko‘rsatishdir. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarga qo‘shiq matnini o‘qib, urg‘uli 
bo‘g‘inlarning tagini chizib chiqishni taklif etadi. Qo‘shiq matnlari doskaga yozib qo‘yiladi, 
urg‘uli bo‘g‘inlar esa alohida belgi bilan ko‘rsatiladi. So‘ngra o‘qituvchi qo‘shiqning notasi va 
so‘zlarini doskaga yozadi, musiqada urg‘uli bo‘g‘in oldiga maxsus belgi qo‘yilishini, ya’ni nota 
yo‘li ustida yuqoridan pastga qarab chiziq tortilishini tushuntirib beradi: 
Urg‘u tushadigan barcha bo‘g‘inlar oldiga shunday chiziqchalarni qo‘yib chiqar ekanmiz
qo‘shiq kuyini qismlarga bo‘lamiz, bu qismlar taktlar deb, chiziq esa takt chizigi, deb nomlanadi. 
O‘quvchilarning ana shu tushunchalarni yaxshiroq o‘zlashtirishlari uchun bir necha xilma-
xil mashqlarni bajarish mumkin: 

ilgari 
o‘rganilgan 
qo‘shiqlardagi 
urg‘u 
tushadigan 
bo‘g‘inlarni 
(kuchli 
hissalarni) aniqlash va takt chiziqlarini qo‘yib chiqish; 

o‘qituvchi 
musiqa 
asbobida 
ikki 
o‘lchovdagi 
asarlarni 
chaladi, 
o‘quvchilarga 
esa 
sekin 
ovoz 
bilan 
bir-ikki, 
bir-ikki 
deb, 
sanashni 
taklif etadi. 
O‘qituvchi 
oxirgi 
mashqni 
bajarar 
ekan, 
ovoz 
chiqarib 
sanash 
musiqa 
tinglashga xalaqit berishini, qo‘shiqlarni ijro etishda esa o‘quvchilarning ayni paytda kuylash va 
ovoz chiqarib sanash qiyinligini tushuntirib o‘tadi. Shu sababdan, musiqada sanoq uchun 
qo‘llarning alohida harakatlaridan foydalaniladi, ya’ni dirijyorlik qilinadi yoki, to‘g‘rirog‘i 
taktlarni qo‘l harakatlari bilan ifodalash usuli qo‘llaniladi. O‘qituvchi qo‘l bilan pastga ishora 
qilib, taktning kuchli hissasini va yuqoriga ishora qilib, taktning kuchsiz hissasini oddiy 
harakatlar bilan ko‘rsatadi. So‘ngra o‘quvchilarga shu harakatlarni takrorlashni taklif etadi. 
Dastlab ular ovoz chiqarib, bir-ikki deb sanab, musiqasiz dirijyorlik qilishga o‘rganishadi, keyin 
o‘qituvchini fortepiano cholg‘u asbobida tanish kuylarni chaladi, o‘quvchilar esa taktlarni 
ifodalashadi. Natijada ular ilgari o‘rganib olingan qo‘shiq va mashqlarga ayni paytda dirijyorlik 
qila bilishlari va ularni kuylay olishlari kerak. 
Mavzularni mustahkamlash uchun o‘qituvchi o‘quvchilarga tegishli mashqlarni bajarishni 
taklif qiladi va dirijyorlik ishora-sxemalarini ko‘rsatadi: 


20 
Tegishli o‘lchovni o‘rganish paytida uning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlab, shu 
o‘lchovni asrlarning badiiy obrazi bilan bog‘lash kerak. 
O‘quvchilarni yangi o‘lchov bilan tanishtirib, uni ma’lum bo‘lgan o‘lchov bilan taqqoslab 
ko‘rish tavsiya etiladi. Bu usul ularning turli o‘lchovlarni yaxshiroq anglab olishlariga yordam 
beradi. O‘qituvchi ikkita musiqa asarini ijro etib beradi va uni eshitib, shu asarning o‘lchovini 
aniqlashni taklif etadi. O‘qituvchi ijro etgan birinchi asarning o‘lchovini aytib berishi mumkin, 
ikkinchi asarning o‘lchovini esa o‘quvchilarning o‘zlari aniqlashlari zarur. Boshqa paytda 
o‘quvchilar o‘lchovni mustaqil ravishda aniqlashlari uchun o‘qituvchining chalib beradigan 
asarlardagi o‘lchovni aytib bermasligi mumkin. Buning uchun ular o‘qituvchi chalayotgan 
vaqtda qalam bilan partaga chertib chalishlari mumkin, so‘ngra o‘quvchilardan biri birinchi 
asarning o‘lchovini, yana biri ikkinchi asarning o‘lchovini aytib beradi. Shuningdek, turli 
o‘lchovdagi ikkita asar doskaga (yoki jadvalga) yozib qo‘yilgan bo‘ladi, o‘qituvchi shu 
asarlardan birini chaladi, o‘quvchilar esa qaysi asar chalinganligini topib, uning o‘lchovini aytib 
berishadi. 
O‘quvchilar o‘lchov tushunchasini o‘zlashtirib olishgach, ularga takt oldi (to‘liqsiz takt)ni 
tushuntirib berish mumkin bo‘ladi. Qo‘shiqni ijro etishda takt oldi (taktning kuchli hissasiga 
nisbatan ancha yengil va kuchsizroq bo‘lishi) ya’ni to‘liqsiz taktni bilib olish zarur. O‘qituvchi 
takt oldi bilan boshlanadigan tanish qo‘shiqdan misol tariqasida foydalanib, diqqatni takt 
oldining bir tovushdan yoki bir necha tovushdan iborat bo‘lishi mumkinligiga jalb etadi. 
Tonika tushunchasi 
Musiqa savodining muhim bo‘limlaridan biri - asosiy lad (parda, balandlik) bog‘lanishlarni 
o‘rganish hamda parda turlari va ularning tuzilishi (major va minor) bilan, tonlik 
(ohangdoshlik)lar va intervallar haqidagi tushuncha bilan tanishishdan iboratdir. Aniq-sof 
talaffuzga erishish uchun o‘quvchilarda ladni bilish tuyg‘usini o‘stira borishdan boshlanmog‘i 
kerak. 
O‘rta umumta’lim maktabining II -sinfida o‘quvchilarga melodik parchani kuylayotgan 
yoki chalayotgan asarning boshlama tonning keskin tortilishini ifodalaydigan bir qancha 
misollardagi tonikani oxirigacha kuylash taklif qilinadi: 
1.
2. 


21 
Ammo o‘quvchilarga oldindan (T) tonika haqida tushuncha berilmay, ularning diqqati 
o‘rnashgan va o‘rnashmagan tovushlarga, bu tovushlarning bir-biri bilan bog‘lanishiga, o‘zaro 
bir-biriga tortilishiga jalb etiladi. Buning uchun birinchi navbatda o‘quvchilarda tonikani, ya’ni 
ladning balandligini belgilaydigan asosiy, tovushni eshitib bilishni hosil qilish zarur. Bu tovush 
kuyda xotima tovush bo‘lib hisoblanadi va ladning qolgan tovushlari, ayniqsa boshlama ton shu 
tovushga tortiladi. 
Buning uchun o‘quvchilar melodiya (kuy) tizimning tugallanishi va tugallanmaganligi 
haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari kerak. O‘qituvchi misol tariqasida shunday musiqani 
tanlaydiki, bunda bir tarkib tonikada o‘rnashmagan bo‘lishi, boshqa bir tarkib esa – o‘rnashgan 
bo‘lishi lozim. U o‘quvchilarga har ikkala musiqaviy tarkibini kuylashni taklif qilishi bilan birga, 
bulardan qaysi biri tugallangan, qaysi biri esa tugallanmaganligini so‘raydi. 
O‘qituvchi o‘quvchilarga tugallanmagan misolni takrorlashni va shu misol ham tugal 
eshitilmog‘i uchun oxirgi tovushni topish haqida topshiriq beradi. Bunday mashqlarni butun 
o‘quv yili davomida o‘tkazish va berilgan topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtira borish 
tavsiya etiladi. Avval boshda o‘quvchilar keskin tortiluvchi boshlama tondan keyingi (T) 
tonikani, undan keyin ladning boshqa bosqichlari bilib olishadi. 
III- sinfda bu ish davom ettiriladi, natijada o‘quvchilar musiqa asarini tugallaydigan 
tovushning (T) tonika deb atalishini bilib olishadi. O‘qituvchi ikki misolni taqqoslar ekan. I- 
bosqichda – (tovushqator) gammaning asosiy bosqichida tugaydigan misol tugal eshitilishini 
tushuntirib beradi. O‘quvchilar endi Do major gammasini bilganliklari va kuylay olganliklari 
sababli, o‘qituvchi ularning diqqatini, bu gamma tonika bilan - do notasida boshlanib, shu 
tonikada tugallanganligi uchun Do major deb atalishiga jalb etadi. 

Download 2,43 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish