Musiqiy ritmik faoliyatlarni shaklantirish uslubi




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/59
Sana29.05.2024
Hajmi2,43 Mb.
#256571
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59
Bog'liq
MUSIQA O’QITISH METODIKASI

2.5. Musiqiy ritmik faoliyatlarni shaklantirish uslubi 
Maktab o‘quvchilarining aqliy, estetik va jismoniy rivojlanishida raqs, musiqali o‘yin 
hamda musiqa bilan harakatlar bajarish katta ahamiyatga ega. Musiqiy faoliyatning bu turlari 
bolaning har tomonlama o‘sishiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi: 
Birinchidan, uning musiqiy o‘quvi, ayniqsa ritm tuyg‘usi, musiqiy xotirasi yaxshi 
rivojlanadi. Chunki, har qanday harakat turi musiqa ritmi ostida bajariladi. Harakat bilan bog‘liq 
bo‘lgan musiqa ohanglari o‘quvchilar xotirasida to‘rg‘un saqlanadi.
Ikkinchidan, yuqorida aytganimizdek, raqs va musiqiy harakatlar bolada harakatchanlikni, 
chaqqonlikni rivojlantirib badanni chiniqtiradi, o‘quvchilar qomatini to‘g‘ri o‘sishiga katta 
yordam beradi.


29 
Uchinchidan, musiqa asarlari o‘quvchilarda turlicha emotsional hislar uygotadi, turlicha 
kayfiyatlar hosil etib, uning ongida o‘ziga xos obrazlar yaratadiki, bular bolaga harakat 
sxemalarini badiiy ishoralar bilan ifodalashga yordam beradi. 
Demak, musiqa bilan bajarilgan harakat, musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish 
o‘quvchilarning aqliy va estetik qobiliyatini hamda irodasini rivojlantirishda ham alohida 
ahamiyatga ega ekan. Musiqa, raqs va o‘yinlar kichik yoshli o‘quvchilarga tez ta’sir etadi. 
Shuning uchun quvnoq raqs, qiziqarli musiqali o‘yinlar har bir bolaning e’tiborini o‘ziga tortadi. 
Binobarin, musiqa madaniyati darsi davomida o‘quvchilarning musiqiy ritmik harakatlari 
faoliyatini amalga oshirishning muhimligi ham ahamiyatli ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, o‘zbek xalqi milliy raqs san’ati bilan olamga dong taratgan. 
Ammo maktab ta’lim-tarbiyasi tarkibida raqs sabog‘i deyarli yo‘q darajada ekanligini nazarda 
tutsak, unda musiqa madaniyati darsi mazmunida milliy raqs usullarini o‘quvchilarga 
yoshligidan o‘rgatib borish naqadar zarurligi ma’lum bo‘ladi. Shu bois, musiqa o‘qituvchisi 
milliy raqs san’atimizning oddiy harakatlarini bilishi (ijro eta olishi) va darsda qo‘llash 
usullarini puxta bilishi bugungi davr talabidir. 
Raqs va musiqali harakatlar o‘quvchilarning musiqiy-o‘quv qobiliyatlari hamda ijrochilik 
malakalarini rivojlantirish uchun foydalidir. O‘quvchilarning ritm tuyg‘ulari musiqa bilan 
bajariladigan turli xil harakatlar- raqs, o‘yin kabi turlicha ifodali harakatlar elementlarini o‘zida 
mujassamlashtirgandir. Har qanday harakat turini yangrayotgan musiqani his etib, uning ritm, 
takt va jumlalariga e’tibor berib, mantiqiy harakat kompleksini yaratib ijro etishga katta 
ahamiyat berish lozim. Dasturda boshlang‘ich sinf musiqa madaniyati darsida raqs va musiqali 
harakatlarga alohida o‘rin berilgan. Zero, bu faoliyat o‘quvchilarda musiqiy qobiliyatlarni, 
xususan, ritm-usul tuyg‘usi hamda asar badiyatini ifodalash malakalarini rivojlantirish bilan 
birga, ularning jismoniy rivojlanishlari uchun ham zarurdir. 
1-sinfda o‘quvchilar darsning ritmik harakatlarini bajarish, raqs tushish qismida musiqiy 
tovushlarning baland va pastligini qo‘l harakati (yuqoriga ko‘tarish va pastga tushirish) orqali 
ifodalashadi. Aytim mashqlari, “Andijon polkasi”, “Chittigul”, “Pianino” kuylari asosida marsh 
musiqasiga qadam tashlash (F.Nazarovning “Marsh”, “Asp bo‘laman”, “Bahor keladi”) kabi 
kuylarga raqsga tushishadi. Shuningdek “Ufori”, “Duchava” singari kuylarga mos harakatlarni 
bajarishadi. To‘rtinchi chorakka kelib, sinf aytimiga dirijyorlik qilib, (“O‘quvchilar va g‘ozlar”) 
boshqarishni mashq qilishadi. 
2-sinf davomida o‘quvchilar mazkur faoliyat bo‘yicha bir joyda turib, musiqaga mos 
harakatlarni bajarish, marsh musiqasiga mos qadam tashlash (“Usmoniya”, “Qari navo”, 
“Marsh”) va qo‘l bilan raqs kuylariga xos ifodali harakatlar bajarish “Oftobjon-o‘rtoqjon” kuyi, 
musiqa tavsiflariga mos raqs harakatlari (“Olmani otdim”, “Fabrika”) musiqali o‘yin ifodalarini 
(“Inoq o‘ynaymiz”) bajarish amalga oshiriladi. 
3-sinfda esa o‘quvchilar musiqalarga mos raqs harakatlarini topib, raqsga tushish (“Olmani 
otdim”, “Jonon” va boshqa raqsona kuylarga) harakatlari bajariladi. 
Darsning ushbu faoliyat turini o‘tkazishda musiqiy cholg‘u asboblaridan unumli 
foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Xususan milliy raqslarni, masalan, “Chertmak”, “Ufor”, 
“Andijon polkasi”, “Jonon” va boshqalarni o‘rgatishda xalq cholg‘u asboblaridan foydalanishda 
birinchidan o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Xalq cholg‘u asboblaridan unumli 
foydalanish, o‘quvchilarda tembr o‘quvi yaxshi rivojlanadi, ikkinchidan o‘quvchilar milliy 
musiqa asboblari bilan tanishib boradilar. 
Musiqa madaniyati darsida musiqiy ritmik harakatlarni bajarish faoliyati o‘quvchilar ritmik 
tuyg‘ularini rivojlantiradi Zotan, raqs va o‘yin ham turlicha ifodali harakatlar elementlarini 
o‘zida mujassamlashtirgan. Har qanday harakat turlicha yangrayotgan musiqani his etib, uning 
ritm, takt va jumlalariga e’tibor berib, mantiqiy harakatlar majmuini yaratib ijro etishga alohida 
ahamiyat berish lozim hisoblanadi. Marsh ostida o‘quvchilar harakat qilishlarida musiqa sabog‘i 
bilan birgalikda oyoq tashlab yurishga o‘quvchilarni o‘rgatib borish lozim. 


30 

Download 2,43 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Musiqiy ritmik faoliyatlarni shaklantirish uslubi

Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish