|
Bolalar tomonidan ijro etilgan raqsBog'liq MUSIQA O’QITISH METODIKASIBolalar tomonidan ijro etilgan raqs
Xullas, musiqali o‘yinlar o‘z maqsadi va vazifasiga ko‘ra didaktik o‘yinlarga mansub
bo‘lib, ular asosan harakat vositasida ijro etilishi bilan xarakterlanadi.
Musiqa darsi davomida o‘qituvchi musiqa asarining tuzilishiga binoan harakat elementlari
mujassamlangan raqslarga, ularni o‘rgatishga alohida e’tibor berishi maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Masalan, ikki qismli musiqaga mos ikki qismli, uch qismligiga xos tarzda uch
qismli raqslar qo‘yish kerak bo‘ladi. Misol uchun o‘zbek xalq raqsi “Andijon polkasi”ni olaylik.
O‘qituvchi mazkur musiqani o‘rgatishda, o‘quvchilarga mos chaqqon harakatlarga xos raqs
shaklini tanlashi mumkin. O‘qituvchi sinf imkoniyatlarini hisobga olib, “Andijon polkasi”ni bir
oz qisqartirib katta avjini istisno qilgan holda ikki qismli to‘la shaklda chalib, uch qismli qilib
ham o‘rgatishi mumkin. Demak, raqsni musiqaning mantiqiy qismlariga ko‘ra harakat
elementlarini tanlab qo‘yishiga to‘g‘ri keladi.
O‘yin va raqslar o‘rgatishda mashq katta yordam beradi. Zero, har qanday raqs va o‘yinlar
aniq detallardan tashkil topgan bo‘ladi. Shuning uchun ba’zi o‘yin va raqslarni o‘rgatishdan
avval ular tarkibidagi ayrim harakat elementlarini oldindan mashq sifatida o‘rgatilsa maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Raqs va o‘yinlar qo‘yishda o‘quvchilar ijodiga ham e’tibor berish shart.
Ma’lumki, o‘quvchilar kattalarga taxlid qiladilar va ko‘pincha o‘qituvchilar tomonidan
o‘rgatiladigan o‘yin va raqslarni uning shaxsiy ijodi, deb ham tushunadilar. Shuning uchun ham
o‘quvchilar o‘qituvchiga taxliddan o‘zlari ham “yangi” raqslar yaratishga intiladilar. Sinf
o‘quvchilari orasida raqs tushishga moyil o‘quvchilar, iqtidorlilar ham uchraydi, albatta.
O‘qituvchi ushbu faoliyatni boshqarishda shunday o‘quvchilar raqsidan namuna sifatida
foydalanishi mumkin.
Shunday qilib, musiqiy ritmik harakatlarni bajarish musiqa madaniyati darsida
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quvchilarning musiqiy
qobiliyatlarini rivojlantirishda alohida o‘rin tutadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki,
darsning ushbu faoliyat turiga hamisha ham yetarli e’tibor berilavermaydi. Natijada dars
elementlari, faoliyatlar majmui to‘liq bo‘lmay, mashg‘ulotlarda qo‘yilgan maqsadlarga yetishish
qiyinlashadi va bu o‘z o‘rnida darslarning zerikarli, passiv o‘tilishiga olib keladi.
Zamonaviy musiqa madaniyati darsida boshqa faoliyatlar qatori o‘quvchilarning musiqiy-
ritmik harakatlarni bajarish elementlariga ham alohida e’tibor berilishini, uni har tomonlama
mazmunli va qiziqarli, samarali o‘tkazishga erishish muhimligini to‘g‘ri anglash, musiqa
o‘qituvchisi hamda shu sohaning bo‘lajak mutaxassislari uchun juda muhimdir.
|
| |