Jo‘rabek yarashev dilnavoz murotova




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/59
Sana29.05.2024
Hajmi2,43 Mb.
#256571
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59
Bog'liq
MUSIQA O’QITISH METODIKASI

Ansambl 
Ansambl so‘zi frantsuzcha so‘zdan olingan bo‘lib, u birgalikda degan ma’noni bildiradi. 
Ansambl musiqada, baletda arxitekturada qo‘llaniladi. Xor san’atida ansambl barcha 
xonandalarning xor partiyalarini birgalikdagi muvozanatli sadolanishidir. Bu demak, har bir 
xonanda faqat o‘z partiyasinigina emas, balki butun xorni eshita bilishi va shu bilan birga o‘z 
ovozini umumiy sadoga qo‘sha bilishi kerak. 
Xor ijrochiligida badiiy ansambl turli ansambllarning kuylashidan tashkil topadi, jumladan; 

ritmik ansambl - ijroning ritmik birligi; 

dinamik ansambl - sadolanish kuchiga ko‘ra ovozlarning qo‘shilishi; 

tembr ansambl- ovozlarning tembriga ko‘ra qo‘shilishi; 

sur’ at ansambli - ijroning sur’at birligi; 

garmonik ansambl - ovozlarning akkord, hamohanglikdagi muvozanatli sadosi; 

diktsiyali ansambl- adabiy tekst (matnni) kelishib talaffuz etish; 

intonatsiyali ansambl-tovush balandligini aniq sadolantirish; 
Yuqorida ko‘rsatilgan ansambllardan birining buzilishi xor sadolanishining buzilishiga olib 
keladi. Yagona badiiy-ijrochilik ansambliga erishish, xormeysterning eng qiyin vazifalaridan 
biridir. 
 


27 
2.4. Musiqa idroki va tinglash madaniyatini shakllantirish uslublari 
Musiqa insonning his-tuyg‘ularini ifodalash bilan birga hayot, voqelik va davr aksidir. 
Shu boisdan musiqa dasturi printsiplarida bosh mezon - “Musiqa va hayotdir”. Musiqa 
pedagogikasi olimlarining ta’kidlashicha - “Musiqani o‘rganish jarayonida o‘quvchilar birinchi 
darsdanoq unda hayot aks ettirilganligini, u orqali hayotni o‘rganishlarini osonlikcha his etadilar 
va tushunadilar”. 
O‘quvchilarning hayotiy tajribalariga tayangan holda har bir musiqa asari zamirida ma’lum 
voqelik, his-tuyg‘u va fikrlar aks ettirilishi haqida tushuncha beriladi. Bu faqatgina dars 
jarayonida turli musiqa faoliyatlarini bajarishda asar va uning obrazlarini idrok etish bilan 
amalga oshadi. Zotan, bir darsda qaysi musiqa faoliyatini olmaylik, u avval musiqa yangrashini 
idrok etish va uning obrazi hamda xarakterlarini fahmlagandan so‘ng ijobiy tarzda amalga 
oshiriladi. Demak, musiqa idroki dars jarayonining asosiy omili hisoblanadi. Shu bois musiqani 
eshitish, undan zavqlanish, qo‘shiq kuylash, musiqa savodxonligiga doir xususiyatlarni anglab 
olish, raqsga tushish, musiqa sadosi ostida turli ritmik harakatlarni bajarish, chapak chalish va 
cholg‘u asboblarida chalib musiqaga ritmik jo‘r bo‘lish uchun belgilangan musiqalarni idrok etib 
borish kabi faoliyatlarni bajarish mumkin. Musiqa idroki darsda ikki tarzda - musiqa asarlarini 
maxsus eshitish (musiqa tinglash) va musiqani eshitib, anglab uning xarakteriga muvofiq turli 
faoliyatlarni amalda bajarish. 
Bugungi kun zamonaviy musiqa madaniyati darsida musiqa idroki yetakchi faoliyat 
sifatida muhim rol o‘ynaydi. U ikki holatda amalga oshiriladi: 
1.
ma’lum asar tinglanib, idrok etiladi va uning badiiy tavsiflari dars mavzuiga doir oddiy 
musiqiy-pedagogik tahlil etiladi. Eshitish orqali asarni tushunish hamda ongli idrok 
etish asarning musiqiy xususiyatlari (janri, tuzilishi, ifoda vositalari, ijrochiligi) va 
badiiy mazmuni haqida ma’lum bilimlarga ega bo‘lish. 
2.
musiqa asarlari o‘quvchilar tomonidan diqqat bilan tinglanib (idrok etilib), so‘ng u yoki 
bu faoliyati ko‘proq kuylash orqali o‘rganiladi. Uning badiiy mazmun xususiyatlari 
amaliy faoliyatda ifodalanadi. Masalan, o‘rganiladigan qo‘shiq avval o‘qituvchi 
ijrosida (CD orqali ham) bir-ikki marta tinglanadi, asar xususiyati haqida suhbat 
qilinadi, so‘ng o‘rganishga kirishiladi. Raqs musiqasi avval tinglanadi, kuy tavsiflari 
anglab olingandan so‘ng, raqs harakatlari ifodasi o‘rganiladi. Ko‘pincha asar bir necha 
faoliyat uyg‘unligida (tinglash, kuylash, raqs harakati va boshqa) o‘rganiladi. Bunday 
mashg‘ulot usuli asarni puxta o‘rganish va ayni damda kompleks malakalarning 
rivojlanishi uchun imkon yaratadi. 
Musiqa madaniyati darsida barcha faoliyatlar muayyan mavzu zamirida mantiqan o‘zaro 
bog‘lanadi. Buning natijasida darsning mantiqan bir butunligi vujudga keladi. Musiqa 
savodxonligi barcha faoliyatlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsda qaysi 
faoliyat turi (tinglash, kuylash, raqs va boshqa) qo‘llanilmasin, uning amaliyotida 
foydalanilayotgan asar o‘rganiladi va xususiyatlari (janri, tuzilishi, ijrochiligi va hokazo) haqida 
yangi tushunchalar hosil bo‘ladi. 
Shu bois, musiqa savodxonligi faqatgina nota savodi uslublaridan iborat bo‘lib qolmay, 
balki o‘quvchilarning umumiy musiqiy bilim doirasini tarkib toptiruvchi, umumiy bilim 
tushunchalar majmuasi (musiqa shakllari, janrlari, cholg‘uchilar ijrochiligi, xalq bastakorlik 
musiqasi, ularning farqlari, milliy musiqaning mahalliy uslublari, klassik musiqa, nota savodi) va 
boshqalarni singdirib borishdan iborat. 
Shuni alohida e’tiborga olmoq zarurki, musiqa idroki va musiqa savodxonligi faoliyatlari 
o‘zaro uzviy bog‘lanishi bilan barcha faoliyatlar amaliyotiga yetakchilik qiladi. 
Kuylash faoliyati o‘quvchilarning musiqa-o‘quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini 
rivojlantirish uchun zarurdir. Sinfda jamoa bo‘lib kuylash jarayonida o‘quvchilar o‘z ovoz 
ijrosini boshqaradi, o‘rtoqlari ijrolarini eshitib kuzatadi va ular bilan birga jo‘r bo‘lib kuylashga 
intiladi. 


28 
Zotan, tinglash va kuylash o‘quv materiallari ta’lim mazmunini tashkil etadi. Ularni 
tinglash va kuylash faoliyatlari vositasida o‘rganish bilan birga, cholg‘uchilik, musiqali 
harakatlar hamda ijodkorlik faoliyatlari bilan ham har tomonlama o‘zlashtirish hamda musiqiy 
tavsiflarini ushbu faoliyatlar vositasida ifodalash imkoniyatlari yaratiladi. 
Chorak mavzusidan kelib chiqib, asarning musiqaviy tuzilishi, xarakteri, ifoda vositalari, 
hayotdagi o‘rni jihatidan o‘rganib musiqa tinglash faoliyati quyidagi bosqichlarda amalga 
oshiriladi: 
1.
Asarni tinglashda o‘quvchilar diqqatini jamlash va asar haqida o‘qituvchining kirish 
so‘zi. 
2.
O‘qituvchi ijrosida yoki MP3 yozuvida asarni tinglashni tashkil etish. 
3.
Asarni suhbat yo‘li bilan musiqiy-badiiy jihatdan oddiy tahlil etish. 
4.
Asarni butunligicha qayta takror tinglash. So‘ng asar haqida o‘quvchilarning umumiy 
taassurotlari yuzasidan yakuniy suhbat o‘tkazish. 
Mazkur ishlar jarayonida o‘quvchilarda musiqa haqida bilim va tushunchalar, malaka, 
ko‘nikma hamda umumlashgan badiiy taassurotlar, tajribalar hosil bo‘lib boradi. Tahlil 
davomida musiqaning tuzilishiga doir o‘rganiladigan yangi atamalar (ijro sur’ati, xarakteri, ifoda 
vositalari, ijrochilari, cholg‘u asboblari turlari, asar bastakorlari va boshqa) o‘rganilib keyingi 
darslarda qo‘llanilib boriladi. O‘qituvchi tomonidan o‘rganilgan asar yil davomida vaqti-vaqti 
bilan tinglanadi.
Shuni ham inobatga olish joizki, olti-yetti yoshli o‘quvchilarning diqqat-e’tibori hali 
barqaror darajada emasligi tufayli ular faqat qisqa muddatli asarni to‘laligicha idrok etadilar, 
xolos. Shuning uchun dastur va qo‘llanma mazmuni kichik asar va ixcham kuy-qo‘shiqlardan 
boshlanadi. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarga musiqani diqqat va mehr bilan tinglasalargina 
uni aniq idrok etish mumkinligini tushuntirish va o‘quvchilarda musiqa shinavandaligini 
tarbiyalab borishdan iboratdir. 
Davlat ta’lim standartiga asosan, musiqa madaniyati o‘quv fanining musiqa tinglash 
mazmuniga bo‘lgan minimum talablar nazariy va amaliy faoliyat majmuasidan tashkil topib, 
o‘quvchilarning musiqa tinglash bo‘yicha quyidagi mezonga javob berishi lozim: 
yakkanavoz va jo‘rnavozlikni bir-biridan ajrata bilish; 
ansambl va orkestr ijrosini farqlay oliish; 
ovozlar va sozlar tembrini ajrata olish; 
musiqiy did hamda idrokni rivojlantirish; 
o‘zbek, qardosh va jahon xalqlari bastakorlari asarlaridan namunalar tinglash va 
boshqalar. 
Shunday qilib, musiqa madaniyati darsida musiqa tinglash faoliyati – o‘quvchilar ma’naviy 
va musiqiy madaniyatini shakllantirishning asosiy omili sifatida muhim ahamiyatga egadir. 
Shunga ko‘ra o‘rta umumta’lim maktabining musiqa o‘qituvchisi o‘quvchilarga musiqa tinglash 
xususiyatlari, o‘quvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun nihoyatda muhimligini chuqur 
anglab, musiqa tinglash faoliyatini tashkil etish bosqichlarini metodik jihatdan puxta, samarali 
tashkil etib, ularini amalga oshirishda, umuman musiqiy faoliyatni pedagogik boshqarishga 
jiddiy e’tibor berishi lozim. 

Download 2,43 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish