|
Vokal-xor ijrochiligi madaniyatini shakllantirish texnologiyalariBog'liq MUSIQA O’QITISH METODIKASI2.3. Vokal-xor ijrochiligi madaniyatini shakllantirish texnologiyalari
Xor jamoalarining ijrochilik madaniyati xonandalarning vokal (qo‘shiq) va xor ijrochiligi
mahoratlariga bog‘liq. Vokal mahoratiga o‘quvchining turish holati, nafas olishi, tovush hosil
qilishi va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishi kiradi. Xor ijrochiligi mahorati ovozni sozlab ansambl
bo‘lib birgalikda kuylashdan iborat.
O‘quvchilar xor asarini tik turgan holda ijro etishi mumkin. Lekin uzoq davom etuvchi
repititsiya jarayonlarida jamoa o‘tirgan holda mashg‘ulot o‘tkazishi mumkin. Bunday hollarda
xorning har bir xonandasi gavdasini to‘g‘ri va erkin tutishi, yelkalari tik, qo‘llari pastga
tushirilgan bo‘lishi shart.
Yuz, bo‘yin, yelka mushaklari erkin holatda bo‘ladi. Ijro vaqtida boshni orqaga
tashlamasdan to‘g‘ri tutish, yuzni burishtirmaslik, pastki jagni siqmaslik zarur. O‘quvchining
to‘g‘ri turish holati, to‘g‘ri nafas olishi, uning to‘g‘ri tovush hosil qilishga imkon yaratadi.
O‘tirib qo‘shiq kuylash holatida bosh hamda gavdani to‘g‘ri va erkin tutilishi, oyoqlari
yerga to‘g‘ri burchak qilib bosish, qo‘llarni esa tizzalarga erkin qo‘yish lozim. Agar gavda bo‘sh,
bel egilgan holatida bo‘lsa, ovoz kuchsiz, yoqimsiz chiqadi. Shuning uchun bo‘yinni, boshni
bemalol erkin tutish kerak. Halqum va pastki jag‘ni siqmaslik, bosh erkin to‘g‘ri turishi kerak.
Yuzda zo‘riqish alomatlari sezilmasligi kerak. Umuman, xorda turib kuylash eng qulay holat
hisoblanadi. Ba’zi bir xor jamoa rahbari ovoz apparatini qizdirish jarayonida o‘rindan turib (15-
20 daqiqa), qo‘shiq o‘rgatishda o‘tirib va o‘rgatilgan asarni turib kuylashni afzal ko‘radilar.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, mashg‘ulotni boshdan-oyoq tik oyoqda turib o‘tkazish
o‘quvchilarni jismoniy toliqtiradi. Mashg‘ulotni o‘tirib o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Faqat
yuqoridagi ko‘rsatmaga rioya qilish juda muhim. O‘quvchilarning to‘g‘ri kuylashini, o‘tirish
holatini musiqa o‘qituvchisi doimo nazorat qilib turishi kerak.
|
| |