Jo‘rabek yarashev dilnavoz murotova




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/59
Sana29.05.2024
Hajmi2,43 Mb.
#256571
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59
Bog'liq
MUSIQA O’QITISH METODIKASI

interval
so‘zi - tovushlar o‘rtasidagi oraliqni bildirishini tushintirib beradi. 
O‘quvchilar 1 sinfdan boshlab tertsiyani sozlash tariqasida bilishadigan va eshitib olib 
uchtovushlik turlicha eshitiladigan ikki tertsiyadan iborat ekanligini izohlab beradi. O‘qituvchi 
uchtovushlikni doskaga yozib qo‘ygach, o‘quvchilar bilan birgalikda major uchtovushligida 
tertsiyaning nechta butun ton va nechta yarim tondan tashkil topganligini aniqlaydi. Birinchi 
tertsiya ikki tondan, ikkinchi tertsiya bir yarim tondan iborat ekanligiga ishonch hosil qilingach, 
o‘qituvch, tertsiyalar, sekundalar katta va kichik bo‘lishlari mumkin, deb xulosa chiqaradi. 
Tanish qo‘shiqlar intervallar ustida olib boriladigan ishda yordam beradi. Buning uchun 
o‘qituvchi o‘quvchilarga biror qo‘shiqni esga olishni taklif etadi. Uni doskaga yozib qo‘yadi va 
qo‘shiqning qaysi intervaldan boshlanishi sifatida kuylashni talab etadi. 
Intervallarni izohlab berishda interval nomlarining matematik ma’nosini o‘quvchilarga 
tushuntirish va raqamli yozuvini ko‘rsatish muhim. Masalan lotincha sekunda so‘zi ikkinchi 
degan ma’noni bildiradi, ya’ni u ikki yonma-yon tovush orasidagi oraliqni belgilaydi va 2 raqami 
bilan ko‘rsatiladi. 
Tertsiya-
uchnichi demakdir. U uch ketma-ket tovush (do, re, mi) orasidagi 
oraliqni qamrab oladi va 3 raqami bilan belgilanadi. Shu intervalning katta yoki kichik interval 
ekanligini ko‘rsatadigan so‘zning birinchi bo‘g‘ini ma’lum raqamdan keyin yoziladi. Masalan: 2 
kat yoki katta sekunda, 3 kich yoki kichik tertsiya. Raqamli yozuvni bilish musiqiy diktantlar 
yozish paytida intervallar yozuvini osonlashtirishga yordam beradi. 
Intervallarni o‘rganish davomida o‘qituvchi o‘quvchilardan nazariy bilimlarni o‘zlashtirish 
bilan birga, shu bilimlarni amalda qo‘llay bilish ko‘nikmalarini ham egallashni talab etadi. Ular 
berilgan notadan har bir yangi intervalni tuza bilishlari bilangina kifoyalanib qolmasdan, uni 
pastdan yuqoriga yoki yuqoridan pastga qarata tuzilishi va kuylashni ham, so‘ngra eshitib olib 
melodik va garmonik bayon qilishni ham topa bilishlari kerak. 
Intervallar 
solfedjio 
(notaga 
qarab 
kuylash) 
malakalarini 
egallashga 
yordam 
beradi. 
Shu 
sababli 
o‘qituvchi 
o‘quvchilarga 
turli 
topshiriq 
hamda 
mashqlarni berib borishi lozim. Intervallarni aniqlashga mo‘ljallanadigan yozma va og‘zaki 
diktantlar ham shular jumlasiga kiradi. O‘qituvchi fortepiano cholg‘u asbobida bir nechata 
intervalni ijro etadi. O‘quvchilar esa eshitgan intervallarni raqamlar bilan yozib borishadi. 
Oqituvchi tomonidan shu intervallarning hammasi tekshirib ko‘rilgandan keyin, o‘quvchilar 
ularni kuylashadi. Intervallarni melodik holatda tinglash osonroq bo‘lgani uchun o‘qituvchi 
avval ularni dastlabki shaklida chalib beradi. O‘quvchilar buni yaxshi o‘zlashtirgach, 
intervallarni garmonik holatda aytib yozib ko‘rsatishi mumkin. 


24 
Berilgan topshiriqlarni sinfda va uyda mustahkamlab borish uchun o‘qituvchi yozma yoki 
og‘zaki topshiriqlar berishi mumkin: 
a)
birinchi oktavaning lya, re,fa, mi tovushlardan barcha oddiy intervallarni tuzish; 
b)
musiqa misolida uchraydigan intervallarni aniqlash; 
g) tanish qo‘shiqlardagi, shuningdek notaga qarab o‘rganib olinayotgan yangi qo‘shiq 
yoki mashqlardagi kuyning interval tuzilishini aniqlash. 

Download 2,43 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish