22
Dars davomida o‘quvchilarga alteratsiya belgilari haqida tushunchalar berib boriladi.
Bunda o‘quvchilar qandaydir ifoda yoki qoidalarni yod olishlari shart emas. Lekin ular
qo‘shiqdagi alteratsiya belgilarini amaliy ravishda topa bilishlari yoki berilgan mashqlardagi shu
belgilarni qo‘yib chiqa bilishlari va shu belgilarga muvofiq tovushlarni ovoz bilan o‘zgartira
olishlari lozim bo‘ladi.
O‘quvchilarga alteratsiya belgilarini tushuntirishda alteratsiya belgisi nota oldiga
qo‘yilsa, uning ta’siri shu
taktgagina yetishini, agar belgi kalit oldida qo‘yilsa, uning ta’siri butun
asar davomida o‘z kuchini saqlashini tushintirish zarur.
Alteratsiya belgilarini yaxshiroq o‘zlashtirish uchun o‘quvchilarga bir qancha mashqlarni
bajarishni taklif qilish mumkin:
quyidagi musiqa misolida pasaytirish belgisi bo‘lgan notalarni topish,
tovushlarni klaviaturada (rasmda va fortepianoda) ko‘rsatib berish kerak;
birinchi oktavada fa-diyez, lya-bemol, si-bemol, mi-diyez va
hokazolarni notalar bilan
yozish;
unison tovushlar bilan alteratsiyalangan tovushlar taqqoslanadigan misollarni kuylash.
Lad. Major va minor
Musiqa darsi davomida o‘quvchilar tonika (T) va alteratsiya belgilarini bilib olgandan
keyin, musiqada keng yoyilgan asosiy ladlar - major va minor ladi bilan bevosita tanishishga
o‘tish mumkin. Buning uchun o‘quvchilarni major va minor ladlarini ajrata olishga o‘rgatish
juda muhimdir. Buni aynan bir kuy misolida turli ladlarda taqqoslab eshittirish yo‘li bilan
o‘rganish osonroq bo‘ladi. Har ikkala kuyni doskaga yozib qo‘yiladi, o‘qituvchi
avval major
ohangini, keyin minor ohangini kuylashni taklif qiladi. Masalan:
U o‘quvchilarning diqqatini tovush yangrashining farqiga jalb etadi, ikkinchi misol
kuyning birinchi misoldagiga nisbatan mayinroq eshitilishini o‘qtirib o‘tadi. Berilgan misolni
kuylashda pardaning o‘zgarishi tufayli shunday eshitiladi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga major ladida yozilgan kuylarni shodiyona,
xushchaqchaq lad
sifatida, minor ladida yozilgan kuylarni esa vazmin, mungli lad sifatida birmuncha soddalashtirib
izohlaydi. Bunday tushuntirish uncha aniq emas, chunki jahon musiqa adabiyotida major ladida
yozilgan asarlar ozmuncha emas (F.Shopenning b-moll sonatasidagi motam marshining o‘rta
qismi majorda “Posadili v ogorode” degan quvnoq rus xalq qo‘shig‘i esa minorda yozilganligini
eslaylik.) Shu sababli majorni va minorni ta’riflashda bularning lotin tilidagi ma’nosiga
asoslanish ma’qul: dur (major) qattiq, moll (minor) esa mayin degan ma’noni bildiradi, shu
tufayli major ladi tovushlarini qattiq, minor ladi tovushlarini esa mayin tovush deb ta’riflash
tavsiya etiladi.
O‘qituvchi major va minor haqidagi tasavvurlarni mustahkamlash uchun o‘quvchilarga
xilma-xil mashqlari berishi mumkin. Masalan:
•
o‘qituvchi tomonidan ijro etilgan kuyni o‘quvchilar eshitib, uning qanday ladda
yozilganini aniqlaydilar;
•
doskaga ikki kuyni, ya’ni major va minorda yozilgan kuylarni yozib qo‘yadi, o‘qituvchi
bularning birini ijro etadi, o‘quvchilar esa qaysi kuy
va qanday ladda yozilganini
aniqlaydilar;
23
•
major yoki minorda yozilgan hamda major bilan minorni taqqoslaydigan melodiyalarni
kuylash.
O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga tabiiy minorni o‘rganishlariga qarab ularni garmonik
va melodik minor bilan asta-sekin tanishtirib boradi. U har qanday yangi asarlarni, asosan
qo‘shiqqa doir mashqlar, shuningdek, sinfda va uyda bajariladigan bir qancha yozma topshiriqlar
asosida mustahkamlab boradi.
Bir oz keyinroq (V sinfda) o‘quvchilarga major va minor tonliklarining yondoshligi va
nomdoshligi to‘grisida tushuncha beriladi.
Intervallar
1-sinfdanoq o‘quvchilar berilgan mashqni yoki qo‘shiqni kuylashdan oldn qo‘shiq jo‘rsiz
ijro etiladigan paytda o‘qituvchining ovozi bilan uning sozini - uchtovushlikni ifodalashiga
o‘rganib qolishadi. O‘quvchilar shu uchtovushlikni birgalashib takrorlashadi,
undan keyin
mashqni kuylashishi talab etiladi.
Yuqori sinflarda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan berilgan bir tovushni tonikadan (T)
boshlab mustaqil suratda so‘zni kuylashadi. Shu bilan birga, avval boshda ular major
uchtovushligini, keyin minor uchtovushligini ovoz sozi bilan ifodalashga o‘rganadilar. Shu tariqa
o‘quvchilarda intervallarni katta va kichik sekundalar hamda tertsiyalarni talaffuz qilishga oid
muayyan musiqa tajriba yig‘ila boradi. Bundan tashqari, qo‘shiqlarda
boshqa intervallar ham
urchaydi. Shu sababdan 5-sinfda intervallar, ularning tuzilish xususiyatlarnini o‘rganishga
kirishish mumkin.
O‘qituvchi