Jo‘rabek yarashev dilnavoz murotova




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/59
Sana29.05.2024
Hajmi2,43 Mb.
#256571
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59
Bog'liq
MUSIQA O’QITISH METODIKASI

 
 
Bu materialni yaxshiroq o‘zlashtirish uchun o‘quvchilar ilgari chizma usulda chizib 
ko‘rsatishgan qo‘shiqni nota shaklida yozishni ularga taklif etish tavsiya qilinadi. 


17 
Shundan so‘ng o‘quvchilarga dastlab tovushlar nomini aniqlab, bu qo‘shiqni nota yo‘liga 
yozishni taklif etish mumkin. Bu 2-3 tovushga mo‘ljallab tuzilgan juda oddiy qo‘shiq bo‘lishi 
kerak. 
O‘rta umumta’lim maktabining 1-sinfida musiqa savodini o‘rganish yuzasidan olib 
boriladigan ishning mazmunini yakunlab, quyidagilarni ta’kidlab o‘tish kerak: 
a)
o‘quv yilining oxiriga kelib o‘quvchilar birinchi oktavadagi notalarni yaxshi bilishlari 
lozim; 
b)
chorak va yarimtalik notalarni eshitib farqlay bilishlari va yoza olishlari kerak; 
c)
o‘quvchilar tanish kuylar va mashqlarni eshitib olib, notalarning nomlarini aytish bilan 
bir vaqtda, ularni nota yozuvida kuzatib borganlari holda, birinchi oktava doirasida 
qo‘llay olishlari kerak; 
d)
eshitib o‘rganilgan qo‘shiqni nota yozuvi yordamida so‘zi bilan aytib bera olishlari kerak
e)
2-3 tovushga mo‘ljallab tuzilgan melodik tuzilmani solfedjio (notaga qarab) kuylay 
olishlari lozim. 
1-sinfda o‘quvchilarning ritm tuyg‘usini o‘stirish yuzasidan turli mashqlar olib boriladi. 
Qisqa, uzun va cho‘ziq tovushlar haqidagi tushunchalarni oydinlashtirish uchun, o‘qituvchi 
nimchorak notalar uchraydigan tanish qo‘shiqni doskaga yozib qo‘yadi. O‘quvchilarga uni 
ohanggi bilan aytib beradi va bundagi eng qisqa notalarni ko‘rsatib o‘tadi. 
2-sinfda esa nimchorak notalar bilan tanishib boriladi.
3-sinfda o‘quvchilar butun nota va o‘n oltitalik nota haqida tasavvur hosil qilishadi. Bu 
sinfda endi nota cho‘zimlari to‘g‘risidagi tasavvurni yaqqol misollar asosida tizimga solish 
mumkin. 
Pauzalar 
O‘quvchilar 1-sinfdan boshlab notalar cho‘zimini o‘rganish bilan bir qatorda pauzalar bilan 
ham tanishadilar. Ular pauza tushunchasini qo‘shiq aytishda biroz to‘xtab o‘tish (dam olish) 
sifatida osonlik bilan idrok etishadi. Pauzalarning ahamiyatini o‘quvchilarga tanish bo‘lgan 
(ammo ilgari bunga ularning diqqati jalb etilmagan) qo‘shiq asosida tushuntirib berish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchi qo‘shiqni doskaga yozib qo‘yadi va yangi, notanish belgilarning 
alomatlarini ko‘rsatib o‘tadi. So‘ngra u, qo‘shiqni notaga qarab aytishni t a k l i f qiladi va 
o‘quvchilar diqqatini qo‘shiqdagi shu belgilarning o‘rni, qo‘shiq aytishda bir oz to‘xtab dam 
olishga to‘g‘ri kelishini o‘qtiradi. O‘qituvchi turli musiqa va qo‘shiqlar misolida pauzalarning 
muhim ahamiyati va asarning o‘ziga xos xususiyatini ifodalashdagi rolini jonli ijro yordamida 
ko‘rsatib o‘tadi. Qo‘shiq aytishda uchraydigan pauzalar vaqtida nafas olish oson bo‘ladi. 
O‘qituvchi kuylash uchun mo‘ljallangan mashqlardagi turlicha cho‘zimda uchraydigan kuylarni 
tanlaydi va ikki satrli mashqni o‘quvchilar bilan kuylash maroqli bo‘ladi. Bunda, yuqorigi satrni 
sinfning birinchi yarim, pastki satrni esa - ikkinchi yarmi kuylaydi, deb o‘qtirib o‘tadi. Ular 
galma-gal kuylashadi. Birinchi guruh sukut qilganida (jim turganida) nota satriga pauzalar 
qo‘yib chiqiladi: 


18 
Pauzalarning cho‘zimlarini yaxshiroq esda qoldirish uchun quyidagi jadvalni yozish foydali 
bo‘ladi: 
O‘quvchilarga quyidagi mashqlarni bajarishni taklif qilish mumkin: 
a) ko‘rsatilgan notalarga to‘g‘ri keladigan pauzalarni yozing: 
b) cho‘zimi jihatidan quyida ko‘rsatilgan pauzalarga mos keladigan notalarni yozing: 
1) 
; 2) 
; 3) 
; 4) 
; 5)


Download 2,43 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish