|
Jo‘rabek yarashev dilnavoz murotovaBog'liq MUSIQA O’QITISH METODIKASIMusiqa tinglash.
O‘quvchilarning musiqiy ta’asurotini boyitish, tasavvurini kengaytirish,
tinglash qobiliyatini o‘stirish va musiqiy didni tarbiyalashda darsning musiqa tinglash faoliyati
katta rol o‘ynaydi. Darsning bu faoliyat turida o‘quvchilar musiqa o‘qituvchisi ijrosida, MP3
yozuvlarda yozilgan eng nodir musiqa asarlarining namunali ijrosini tinglaydilar. Xor, orkestr,
ansambl va yakkanavozlar ijrosida turli janrdagi klassik asarlar bilan tanishadilar va san’atning
katta dargohiga ilk bor qadam tashlaydilar. Musiqaning san’at sifatida tasvirlash qudratini, tabiat,
hayot go‘zalligini voqelik va hatti-harakatlardagi qaytarilmas, ko‘z ilg‘amas qirralarini musiqiy
ohangdagi rang-barang bo‘yoqlarda idrok etadilar, chuqurroq his qiladilar. Kuylar
o‘quvchilarning xotirasida chuqur o‘rnashib qolishi uchun kuy ohanglarini o‘quvchilar bilan
kuylab ko‘rish tavsiya etiladi. Ayniqsa, maktab darslida berilgan asarlar musiqa asbobi ijrosida
tinglanib, so‘ng uni kuylab ko‘rish orqali qayta mustahkamlanadi. Shuni esdan chiqarmaslik
kerakki, asarlarni yaxshi esda qoldirish uchun kamida 2-3 marta tinglash, har gal tinglash
jarayonida kuyning yangi-yangi dinamik qirralari, mazmun-mohiyati bilan o‘quvchilarni
tanishtirib borish lozim. Kuylarni tinglash bilan o‘quvchilar musiqaning turli janrlari, ya’ni
marsh, qo‘shiq va raqs haqida batafsil tushunchaga ega bo‘ladilar. Darsning har uch asosiy
faoliyat turi alohida-alohida ajralib qolmasligi, aksincha ular bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda
darsning mazmuni bir butun bo‘lishini ta’minlashi lozim. O‘quvchilarning ijrochilik mahoratini
takomillashtirish va ularning o‘zaro uyg‘un kuylashini mustahkamlash uchun ba’zan ularni sinf
sahnasiga chiqarib kuylatish samara beradi. Qo‘shiq to‘liq o‘rganib bo‘lingach, haftada yoki
chorak oxirida o‘quvchilar “Sinf konserti”ni beradilar. Sahnaga chiqish, sinfdoshlari orasida o‘z
o‘rnini topib turish, kuylaganda bir-birlarini eshitib his qilish kabi sahna madaniyatiga qat’iy
amal qila borish o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlariga va xulqiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
“Sahnada” kuylash o‘quvchilarning qo‘shiqni qay darajada o‘rganib olganligini aniqlash,
asarning ayrim jumlalarini mustahkamlab olish va qo‘shiqni tantanali sharoitda namoyish qilish
imkoniyatini beradi. «Sinf konserti» o‘quvchilar uchun cheksiz quvonch baxsh etuvchi
mashg‘ulotga aylanadi.
|
| |