• Tovushning baland-pastligi. Registrlar (o‘quv yilining birinchi yarmida)
  • Musiqa savodini o‘rgatishning boshlang‘ich davri quyidagilar




    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/59
    Sana29.05.2024
    Hajmi2,43 Mb.
    #256571
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
    Bog'liq
    MUSIQA O’QITISH METODIKASI

    Musiqa savodini o‘rgatishning boshlang‘ich davri quyidagilar:
    Musiqa savodini o‘rgatish l-sinfdan boshlab amalga oshiriladi. Ko‘pgina o‘quvchilar 
    maktabgacha tarbiya davrida bog‘chaga qatnab, bog‘chadagi musiqa mashg‘ulotlarida bir qancha 
    musiqaviy malakalar hosil qilgan bo‘ladilar. Ular ko‘pgina qo‘shiq va o‘yinlar o‘rganib olgan 
    hamda ritm va raqs harakatlari bilan tanishgan bo‘ladilar va h.k. 
    Uyda tarbiyalanadigan o‘quvchilar ham muayyan musiqaviy tasavvurga ega bo‘ladilar. 
    Ular radio va televideniya orqali eshittiriladigan bir qancha musiqa asarlari bilan tanishgan 
    bo‘ladilar. Garchi ana shu bilimlar tasodifiy va tizimga solinmagan bo‘lsa-da, ammo musiqa 
    o‘qituvchisi o‘quvchilarga musiqadan nazariy tushunchalar hosil qilishda o‘sha bilimlarga 
    ma’lum darajada suyanib ish ko‘rishi mumkin. 
    1-sinfda o‘quvchilarning butun musiqa ta’limiga negiz solinadi, shuning uchun bu sinfda 
    o‘qituvchi o‘qitish metodikasini ayniqsa yaxshi bilishi, maktab yoshidagi kichik o‘quvchilarning 
    yoshi va individual xususiyatlarini, ularning musiqa hamda vokal qo‘shiqchilik imkoniyatlarini 
    chuqur bilishi zarur. 
    1-sinfda ta’limni shartli ravishda ikki bosqichga ajratiladi. Bundan asosiy maqsad 
    o‘quvchilarning musiqa o‘quvini o‘stirishdir. Bu bosqich odatda o‘quv yilining birinchi yarmini 
    to‘liq egallaydi. Shu vaqt mobaynida o‘quvchilar musiqa tovushlarining baland-pastligi va 
    cho‘zimi kabi o‘ziga xos xususiyatlarini ajrata bilishga o‘rganishlari hamda nota yozuvini 
    o‘rganishga tayyorlanishlari kerak. 
    O‘quv yilining ikkinchi yarmi - ikkinchi bosqichda nota savodi, ya’ni musiqa 
    tovushlarining chizma (grafik) usulda ifodalanishi - nota yozuvini bevosita o‘rganishga 
    kirishiladi. 
    Tovushning baland-pastligi. Registrlar 
     (o‘quv yilining birinchi yarmida) 
    Musiqa darsida tovushlarning baland-pastligi tushunchasini o‘rganish o‘quvchilardagi 
    mavjud tasavvurlarini aniqlashdan boshlanadi. Dastlab o‘quvchilar musiqiy terminlarni 
    adashtirib, baland tovushlarni past tovushlar, deb va aksincha, balandlik haqidagi tasavvurini 
    qandaydir katta bir narsa bilan bog‘liq bo‘ladi (baland bo‘yli erkak, baland tovush va h.k.), deb 
    hisoblaydi. Shuningdek, ular ko‘pincha baland tovushlarni «ingichka tovushlar» deb, past 
    tovushlarni «yo‘g‘on tovushlar» deb atashadi. Shuning uchun o‘quvchilarni bir yo‘la to‘g‘ri 
    musiqiy terminlardan foydalanishga o‘rgatish, baland va past tovushlarni eshitib, ularni bir-
    biridan farqlay bilish hamda to‘g‘ri atashga odatlantira borish lozim. 
    Balandligi jihatidan turlicha bo‘lgan tovushlarni emas, balki registr tushunchasi bilan 
    birlashgan tovushlar gruhini o‘rganishdek ana shu jihat uzoq davom etadigan, serdiqqat ish 
    boshlanadi. Bu musiqiy termin haqida o‘quvchilarga ma’lumot bermaslik mumkin, ammo registr 
    tushunchasining mohiyati haqida ularning aniq tasavvur hosil qilishlari, kuyni o‘rta, yuqori 
    registrlardagi tovushlarni ajrata bilishga o‘rganishlari juda muhimdir. 
    “Baland” yoki “past” tovushlar haqidagi tushunchani izohlab berishda tegishli 
    assotsiatsiyalar
    1
    hosil qilish uchun o‘quvchilarning hayotga, maishiy turmushga xos bo‘lgan 
    qushchaning osmonda chirillab sayrashini, yoqimli, jarangdor ovozi go‘yo yuqori osmonga 
    intilayotgandek yengil va ravshan sofligi bu tovushlarning baland-pastligini, aksincha, ayiq, fil, 
    arslon kabi hayvonlarning bo‘kirishidan eshitiladigan tovushlar, ularning o‘zlari singari, xuddi 
    yerdan ko‘tarila olmagandek qo‘pol, og‘ir, past tovushlar ekanligini gapirib berish mumkin. 
    Obrazlilik o‘quvchilarning yorqin va shu bilan birga aniq musiqaviy taasurotlar hosil qilishlariga 
    yordam beradi. 
    Registrlar haqidagi tushunchani mustahkamlash va o‘zlashtirishni tekshirib ko‘rish uchun 
    quyidagi o‘yin-mashqlarni o‘tkazish foydali bo‘ladi. Musiqa o‘qituvchisi o‘zining musiqiy 
    cholg‘u asbobida qo‘shiqni turli registrlarda ijro etadi. O‘quvchilar esa ularni qo‘l harakatlari 
    1
    https://uz.wikipedia.org/wiki/Assotsiatsiya


    15 
    bilan ko‘rsatib borishlari kerak. Agar qo‘shiq yuqori registrda chalinayotgan bo‘lsa, ular 
    qo‘llarini yuqoriga ko‘tarishadi, pastki registrda chalinayotganda esa pastga tushirishadi, o‘rta 
    registrda o‘quvchilar qo‘llarini oldinga uzatishadi. Bu o‘yinni tikka turib bajarilsa yaxshiroq 
    natija beradi. Shu xildagi holatlar ko‘zlanadigan asosiy maqsaddan tashqari, bir yo‘la go‘yo 
    jismoniy yengillikka ham erishilib darsda ko‘tarinki ruh paydo bo‘ladi. Tovushlarning baland-
    pastligini aniqlash birinchi oktava bilan cheklangach, shu tovushlarni eshitishi bilan emas, balki, 
    ularni kuylashni ham talab etish kerak. O‘shanda o‘quvchilarning eshitib tasavvur hosil qilishlari 
    bilan bir vaqtda ularda qo‘shiqchilik sezgilari hosil bo‘la boradi, chunki eng baland tovushlar 
    qo‘shiq aytishda o‘rtacha va past tovushlarga qaraganda ko‘proq kuch sarflashni talab etadi. Shu 
    bilan bir qatorda qo‘shiq o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga avval qochirim shaklidagi bir 
    tovush, keyinroq esa o‘ziga xos melodik misolga (davraga) mo‘ljallangan ikki mashqni kuylash 
    taklif etiladi. Bunda o‘quvchilarning diqqatini shunga ko‘proq tortish kerak. Birinchi holatda ular 
    ayni bir tovushni takrorlashadi, ikkinchi holatda esa ikki turli tovushni kuylashadi. 
    O‘quvchilarda notaga qarab kuylash bilimlari yetarli ravishda to‘plangandan keyin, 
    quyidagi topishmoq – o‘yinini o‘tkazish mumkin: O‘quvchilarga tanish bo‘lgan qo‘shiq grafik 
    shaklda tasvirlanadi va buning qanday qo‘shiq ekanligini topish, keyin esa uni aytish taklif 
    etiladi. So‘ngra qo‘shiq nota yozuvidan topiladi va kuylanadi. Agar o‘quvchilarning ko‘pchilik 
    qismi bu topshiriqni muvaffaqiyatli bajara olsa, shundan so‘ng ularga ancha murakkab bo‘lgan 
    topshiriqlarni ham berish mumkin. O‘qituvchi mashqlar uchun qo‘shiqlar tanlar ekan, ularni 
    kuylashga qulay bo‘lgan diapazondagi namunalardan bo‘lishi kerak, chunki bunday qo‘shiqni 
    tanlash, aniq talaffuz etish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitni yaratadi. 
    Tovushlar cho‘zimi va ularning yozilishi 
    Tovushlarning baland-pastligi tushunchasini egallash ustida olib boriladigan ish 
    jarayonida ularning cho‘zimi tushunchasi asta-sekin kiritiladi. Dasturda ko‘rsatilgan musiqa 
    asarlaridagi tovushlar faqat muayyan balandlikdagina emas, balki muayyan cho‘zimga ham ega 
    ekanligiga, qisqa va uzun, cho‘ziq tovushlar borligiga ham diqqatni jalb etish lozim. Uzun 
    tovushlarni cho‘zib aytish kerak. Bunda qo‘shiqning grafik rasmidan foydalaniladi, tovushlar bu 
    grafik rasmda cho‘zimiga qarab qisqa yoki uzun chiziqchalar bilan ko‘rsatiladi. 
    Ushbu mashqlarni bajarishda o‘qituvchi avvalo, qo‘shiqni qanday yozish kerakligini 
    tushuntirib hamda ko‘rsatib beradi. O‘quvchilar qo‘shiqni yoki melodik parchani aytadilar. 
    So‘ng musiqa ritmini qalam bilan partaga chertib chalib ko‘rsatadi. Shundan keyin o‘qituvchi 
    kuyning ritmik tuzilishini daftarga yozishni taklif qiladi, tekshirib ko‘rish uchun o‘quvchilardan 
    biri uni doskaga yozib qo‘yadi. 
    Notalarni yozish. Nota yo‘li. Kalit 
    Musiqa darsida o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga nutqimizni, har bir so‘zimizni harflar 
    bilan yozish mumkin bo‘lgani kabi, musiqani ham yozish mumkinligini, ammo buning uchun 
    musiqaga xos harflarni – notalar, deb ataladigan musiqiy belgilarni bilish kerakligini tushuntirib 
    beradi, notani yaxshi bilgan kishigina har qanday qo‘shiqni ijro eta olishini ta’kidlab o‘tadi. 
    Musiqada notalar nota yo‘lida yoziladi. Bunda o‘qituvchi nota yo‘lining ahamiyatini 
    izohlab beradi. O‘qituvchi doskaga nota yo‘lini chizib, o‘quvchilarning chiziqlar sanog‘i 
    boshlanadigan joy - eng pastki chiziq - birinchi chiziq ekanligini bemalol esda qoldirishlari 
    uchun pastki chiziqni chizishdan boshlashi lozim. So‘ngra u notalarning chiziqlarda, chiziqlar 
    orasiga, chiziqlarning ustiga va ostiga yozilishini, asosiy chiziqlar yetishmay qolganda esa 
    notalar qo‘shimcha ya’ni yordamchi chiziqlarda yozilishini aytib o‘tadi. Shundan keyin 
    o‘qituvchi, nota chizig‘i boshida maxsus belgi – 

    Download 2,43 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Musiqa savodini o‘rgatishning boshlang‘ich davri quyidagilar

    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish