Jo‘rabek yarashev dilnavoz murotova




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/59
Sana29.05.2024
Hajmi2,43 Mb.
#256571
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
Bog'liq
MUSIQA O’QITISH METODIKASI

 
Nuqtali pauza, notasi
3-sinfda o‘quvchilar cho‘zimlarning yana bir turi bo‘lgan nuqtali nota va pauzalar bilan 
tanishadilar. O‘qituvchi o‘quvchilarga nuqta tovush cho‘zimini teng yarimiga uzaytirishi haqida 
ma’lumot berib o‘tadi. Ma’lumki, choraktalik nota ikki nimchorakdan iborat, demak, agar chorak 
notaning o‘ng tomonida nuqta bo‘lsa, uning cho‘zimi bir nimchorak oshadi. 
b) 
Boshqa nuqtali notalar quyidagicha cho‘zimga ega 
bo‘ladi: 
v) 
Deyarli ayni paytda tovushlarni bir butun 
qilib 
bog‘laydigan 
belgi 

liga
haqida 
ham 
o‘quvchilarga tushuncha berib boriladi. Masalan, 
liga orqali birlashgan yonma-yon turgan bir xil balandlikdagi ikki tovush takrorlanmaydi, balki 
go‘yo shakllanadi va jamlanadi. Ikki tovush qancha davom etishi kerak bo‘lsa, bir tovush ham 
shuncha vaqt davom etadi: 
Bundan tashqari, agar liga balandlik jihatidan 
turlicha bo‘lgan ikki (yoki undan ortiq) tovushni 
birlashtirsa, u boshqa ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Bu 
holda liga tovushlarini bir-biriga bog‘lab ijro etish (legato), qo‘shiqda esa bu tovushlarni bir 
bo‘g‘in singari aytish kerakligini ko‘rsatadi: 
Liga tufayli nuqtali notaning boshqa bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi nuqtali notaning aniq 
ifodalanishini qo‘shiqlar misolida ko‘rsatib beradi. 
Shunday qilib, biz notalar yozuvi bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy ish metodlarini ko‘rib 
chiqdik. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, o‘quvchilar nota yozuvi bilan tanisha boshlagan 


19 
paytdanoq ulardan har xil nota belgilarini to‘g‘ri aniq va chiroyli ifodalab borishni talab etish 
zarur. Nota yozuvini mashq qildirish maqsadida uyda bajarish uchun o‘quvchilarga turli 
vazifalarni topshirish ma’qul. O‘qituvchining nota yozuvi o‘quvchilarga namuna bo‘lishi, ya’ni 
nota yo‘llarini to‘g‘ri chizishi, notalarni aniq-ravshan va chiroyli qilib yozishi kerak. Sinfda 
ishlash uchun oldindan tayyorlab qo‘yilgan mashqlar chiroyli, ravshan va yaqqol aniq 
ko‘rsatilgan jadvallarni olib kirish yaxshiroqdir. 

Download 2,43 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish