16
O‘quvchilarning
nota yozuvini bemalol tushunib, birinchi
oktava doirasidagi har bir
notaning o‘rnini yaxshi bilib olishlari uchun quyidagi mashqlarni tavsiya qilish mumkin:
a) o‘qituvchi notalarning nomlarini aytib turib yozdiradi yoki doskaga yozib beradi. O‘quvchilar
esa ularni nota yo‘liga yozishlari kerak;
b) o‘qituvchi qo‘shiq kuyini doskaga yozadi hamda o‘quvchilardan uni daftarga ko‘chirib
yozishni va shundan keyin notalarning nomlarini yozib qo‘yishni taklif etadi.
Bu, mashqlarni barcha o‘quvchilar mustaqtil ravishda bajarishadi, so‘ngra ulardan biri shu
mashqlarni
doskaga yozadi, boshqalari esa bajargan ishlari bilan solishtirib chiqadilar.
Shunga
o‘xshash mashqlarni uyga vazifa qilib topshirish mumkin.
Tovushlar cho‘zimining yozilishi
1-sinfning musiqa darsida musiqiy cho‘zimlar nisbati, butun, yarimtalik, choraktalik,
nimchorak (sakkiztalik), o‘n oltitalik kabilari o‘qituvchi tomonidan o‘rgatilib boriladi.
Masalan: hech qanday qo‘shimcha belgisiz doiracha shaklida yozilgan bo‘lib ichi
bo‘yalmagan belgi:
-butun nota.
Ichi bo‘yalmagan doirachaning o‘ng va chap tomonidan vertikal tayoqcha (shtil)
tushirilgan belgi:
yoki
– yarimtalik nota (yarim).
Tayoqcha tushirilgan doirachaning ichi bo‘yalgan shakli:
yoki
- choraktalik nota.
Ichi bo‘yalgan tayoqchaga bitta bayroqchasi bo‘lgan shakli:
yoki
– sakkiztalik nota (nimchorak).
Ichi bo‘yalgan tayoqchaning ikkita bayroqchasi bo‘lgan shakli:
yoki – o‘n oltitalik nota (o‘n oltitalik).
Demak, butun notaning bo‘linishi quyidagicha: