• Tovush hosil qilish
  • partiyalarini uzluksiz sadolanishini ta’minlab beruvchi ulama nafas qo‘llaniladi




    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/59
    Sana29.05.2024
    Hajmi2,43 Mb.
    #256571
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59
    Bog'liq
    MUSIQA O’QITISH METODIKASI


    partiyalarini uzluksiz sadolanishini ta’minlab beruvchi ulama nafas qo‘llaniladi. 
    Bu olda xonandalar navbatma-navbat nafas oladilar va bu o‘z navbatida qo‘shiq 
    partiyalariga juda extiyotkorlik bilan sezilmas darajada qo‘shilishlarini talab qiladi. Aks holda 
    ansambl birligi buzilishi mumkin. Ba’zi asarlar boshdan oxirigacha ulama nafasda ijro etishni 
    talab qiladi. 
    Tovush hosil qilish 
    Yuqorida aytilganidek, tovush nafas va ovoz apparatlarining harakati natijasida hosil 
    bo‘ladi. Tovush havoning yopiq holatdagi ovoz teshigi orqali o‘tganda ovoz pardalari tebranishi 
    vaqtida yuzaga keladi. 
    Tovushning paydo bo‘lish vaqti tovush hujumi deyiladi. Ovoz pardalarining jipsligiga, 
    nafas chiqarishning kuchi hamda xarakteriga qarab tovush hujumi qattiq, mayin va nafas 
    olishdan keyingi hujum bo‘lishi mumkin. Tovushning yumshoq hujumida ovoz pardalari nafas 
    chiqarish boshlanishi bilan ochiladi.
    Chiqayotgan havoning ovoz pardalariga yengil tegib o‘tishi natijasida juda yumshoq, 
    ya’ni egiluvchan tovush hosil bo‘ladi. Tovushning qattiq hujumi nafas chiqarish oldidan ovoz 
    pardalarining zich yopilishi natijasida hosil bo‘ladi. Nafas olishdan keyingi hujumda esa ovoz 
    pardalari nafas chiqa boshlagandan keyin birikadi va natijada tovushdan oldin nafas chiqarishda 
    unsiz “x” eshitiladi. Qo‘shimcha tovushlar hisobiga tovush o‘zining sofligini yo‘qotadi. Ovoz 
    pardalari esa bo‘shashib qoladi. Qo‘shiq kuylayotgan o‘quvchilar amalda tovush hujumining 
    hamma tiplarini bilishi kerak. Lekin eng ma’quli yumshoq tovush hujumi hisoblanadi. Bu tipdagi 
    tovush hujumi o‘quvchini erkin, o‘zini zo‘rlamasdan kuylashga va ovoz apparatini uzoq 
    muddatga sog‘lom tutishiga imkon beradi. O‘rni kelgan vaqtda har bir tipdagi tovush hujumini 
    ishlatish mumkin. Misol uchun, kuy orqali nafrat, qo‘rquv, jahl, iztirob kabi tuyg‘ularini 
    ifodalashda katta hujumli tovushdan, kuchsizlik, darmonsizlik, qo‘rqoqlik va boshqa shunga 
    o‘xshash tuyg‘ularni ifodalashda esa nafas olishdan keyingi hujumli tovushdan foydalaniladi. 
    Qo‘shiq kuylaganda o‘quvchining
    ovozi yuzaga kelishidan boshlab hujum tipidan qat’iy nazar 
    o‘zining aniq balandligiga, kuchiga, tembriga, aniq unli shakliga ega bo‘lishi kerak. Bu shartlar 
    tovush hosil qilishning asosiy qoidasi bo‘lib, xor ijrochiligida alohida ahamiyatga ega. Xalq 
    xonandalari odatda ochiq (ko‘krakdan) tovush hosil qilish usulini qo‘llaydilar. Bunda tovush 
    aniq chegaraga ega bo‘lmasa-da ijrochiligi uchun bir xil uslub tanlanishi kerak. Agar akademik 
    ijrodagi xorning bir qismi ochiq tovush bilan kuylasa ansambl buzilishi mumkin. 

    Download 2,43 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59




    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    partiyalarini uzluksiz sadolanishini ta’minlab beruvchi ulama nafas qo‘llaniladi

    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish