|
Musiqa madaniyati darsida musiqa o‘qitish texnologiyalariBog'liq MUSIQA O’QITISH METODIKASI3.2 Musiqa madaniyati darsida musiqa o‘qitish texnologiyalari
Ta’lim metodi bu o‘qituvchi va o‘quvchining tartibga solingan o‘zaro aloqadagi usuli,
o‘qitish jarayonida ta’lim va rivojlanish masalalarini hal qilishga qaratilgan faoliyatdir.
Metod
(yunoncha atama-aynan nimagadir yo‘l)
maqsadga erishish yo‘lini bildiradi. Muayyan
ma’noda tartibga solingan faoliyat. O‘qitish metodlari o‘quv jarayonining muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi. Faoliyatning tegishli metodlarisiz ta’limning maqsad va vazifalarini o‘quv
materialining muayyan mazmunini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishga erishib bo‘lmaydi.
Usullar axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab so‘z orqali ifodalash, ko‘rgazmali va
amaliyga bo‘linadi. Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda o‘quvchilarning bilim faoliyatini
xarakteriga munosib ravishda quyidagi usullar: tushuntirish - ilyustrativ (informatsion retseptiv)
reproduktiv, muammoli bayon, xususiy qidirish yoki evristik hamda yarim tadqiqot va tadqiqot
usullari qo‘llanishi mumkin.
Asosiy metodlar guruhlarining har biri o‘z navbatida guruhchalar va ularga kiruvchi
alohida metodlarga bo‘linadi. O‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish
jarayonining o‘zi o‘zlashtirish, qabul qilish, anglash, o‘quv informatsiyalarini esda saqlashni
hamda olinadigan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llay olishni nazarda tutishni hisobga
olsak, birinchi guruh metodlariga so‘z orqali qabul qilish melodlari (og‘zaki metodlar: hikoya,
ma’ruza, suhbat va b.), o‘quv axborotini ko‘rgazmali o‘zatish va ko‘rish orqali qabul qilish
metodlari (ko‘rgazmali metodlar: tasviriy, namoyish qilish va b.) o‘quv axborotini berish va uni
tahlil, kinestezik qabul qilish (amaliy metodlari: mashqlar, laboratoriya tajribalari, mehnat
harakatlari va b.) kiradi. Ta’limning og‘zaki metodlariga hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqalar
kiradi. Bu metodlarning qo‘llanishida o‘qituvchi so‘z vositasida o‘quv materialini bayon qiladi,
tushuntiradi, o‘quvchilar esa tinglash, eslab qolish va anglash orqali uni faol qabul qiladilar va
o‘zlashtiradilar.
|
| |