33
III BOB. MUSIQA DARSIDA INTERFAOL USULLARDAN
FOYDALANISH
3.1. Musiqiy ta’limning tamoyillari
Didaktika ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi qismidir. Didaktika
grekcha so‘z bo‘lib, “didayko” - o‘qitish. “didaskoya” – o‘rgatuvchi degan so‘zlardan kelib
chiqqan. “Didaktika”ning so‘zma-so‘z tarjimasi ta’lim nazariyasini anglatadi. Ta’lim nazariyasi
tal’im jarayonining
tushunchasi va mohiyatini, ta’lim qoidalarini, uslublari hamda tashkiliy
shakllarini o‘z ichiga oladi. Didaktika o‘z oldiga o‘qitishning o‘quvchilarni har tomonlama
tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarini bilib olish vazifasini qo‘yadi.
Ta’limning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar tizimi bilan
qurollantirishdan iborat. Demak, didaktika “nimaga o‘qitish”. “nimani o‘qitish” va “qanday
o‘qitish” kabi savollariga javob izlaydi. Umumiy didaktika esa o‘z
navbatida, ayrim o‘quv
fanlariga oid usullar bilan juda mustahkam bog‘lanadi. Shu usullar ma’lumotiga tayanib,
o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini yechib boradi va ayni vaqtda har bir o‘quv fanini o‘qitish
usullari uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Musiqaviy didaktika, uning birlashtiruvchi
vazifasi hamda uning xususiy didaktikalari va musiqiy ta’limning mavzuli metodikasi bilan
bog‘liqdir.
Musiqaviy didaktikaning asosiy kategoriyalari:
1.
Musiqiy ta’limning jarayoni, prinsiplari, mazmuni,
usullari, shakllari. Musiqiy ta’lim
mazmuni umumiy madaniyatining rivojlanishiga va jamiyatning musiqa san’atiga bo‘lgan
ehtiyojiga bog‘liq. Shuning uchun musiqiy ta’lim mazmuniga kiruvchi musiqiy bilimlar,
malakalar, ko‘nikmalar, musiqa materiali, ta’lim usullari va shakllarini tizimlashtirish lozim.
Musiqa sabog‘i tarbiyalanuvchi shaxsning badiiy tafakkurini shakllantiruvchi ta’lim sifatida
muhimdir. Uning vositasida nafosat tuyg‘ularini tarbiyalash bilan birga yosh avlodga oliy
insoniy fazilatlar tarkib toptirish nazarda tutiladi. Bunda milliy va umumbashariy musiqa
ta’limshunosligi hamda o‘qitish uslubiyotiga tayanish lozim. Musiqa ta’lim tarbiyasi mazmunida
esa milliy musiqa merosimiz asosiy o‘rin tutadi. Milliy musiqamiz
qonuniyatlariga qiyoslab,
o‘zga xalqlar musiqa madaniyati bilan tanishish, ya’ni “ta’limda umuminsoniy va milliy -
madaniy qadriyatlarning ustuvorligi”ga amal qilish musiqa o‘qitishning muhim didaktik
yo‘nalishi hisoblanadi.
2.
Musiqa ta’lim-tarbiyasining maqsadi yosh avlodni milliy musiqa merosimizga qila
oladigan hamda umumbashariy musiqiy qadriyatlarni idrok eta oladigan madaniyatli inson
darajasida voyaga yetkazishdan iboratdir. Buning uchun har bir o‘quvchining musiqiy iqtidorini
rivojlantirib, musiqa san’atiga
mehr ishtiyoqini oshirish, musiqadan bilim va amaliy malakalar
doiralarini tarkib toptirish, iqtidorli o‘quvchilarni musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart-
sharoitlar yaratib berish, maktab musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifasidir. Mazkur oliy
maqsad va vazifalarni amalga oshirish-musiqa faniga
jamiyatni madaniy - ahloqiy
rivojlantiruvchi omil sifatida qarash, predmet muammolarini hal etishda tajribali o‘qituvchilar
ijodkorligiga tayanish, musiqa o‘qitish uslubiyotini ilgor tajribalar va kompleks ilmiy-metodik
izlanishlar natijasi asosida takomillashtirish talab etiladi.
Ta’lim jarayoni ikki shaklda - dars va sinfdan tashqari musiqiy mashg‘ulotiar tarzida
amalga oshiriladi. O‘qitishning asosiy va barcha o‘quvchilar uchun zaruriy shakli musiqa
darsidir. Shu bois dars tuzilishlari va o‘qitish usullarining xilma-xil shakl va turlarini qo‘llash
hamda tajriba jarayonida darsning yangi usul va tuzilmalarini kashf etish dolzarb masala bo‘lib
turadi. Bundan ko‘proq Sharq va milliy musiqa ta’limshunosligini o‘rganish
va undan unumli
foydalanish muhimdir.
3.
Ta’lim prinsiplari jamiyat ijtimoiy extiyojlaridan kelib chiqib pedagogika nazariyasi va
amaliyoti yutuqlariga ko‘ra o‘zgarib takomillashib boradi. Tarixda ta’lim prinsiplarini aniqlash
bo‘yicha turlicha yondoshuvlar mavjud bo‘lgan. Masalan: XVI asrda Ya. A. Komenskiy ta’lim
prinsiplarini tabiatga qiyoslab o‘rganishni ya’ni o‘quvchilarga tabiat quynida bevosita ta’lim
34
berishni, tabiatda qanday mutanosiblik bo‘lsa, ta’limda ham xuddi shunday mutanosiblikka
erishishni taklif etadi. XVII-XVIII asrlarda madaniy jihatlardan mutanosiblikka erishish
prinsiplari ilgari suriladi. Hozirda ta’limning ilmiylik prinsipi, o‘quvchilar imkoniyatlari va yosh
xususiyatlarini hisobga olish prinsipi, ko‘rgazmalilik prinsipi, ta’limda muntazamlilik va
davomiylik prinsipi, ta’limning hayot bilan bog‘liqligi, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faolligi
va ongliligi, ta’lim va tarbiyaning tarbiyaviy xarakteri kabi ko‘pgina prinsiplari mavjud. Musiqa
darsi pedagogikaning didaktik
nazariyasi va prinsiplari, ta’lim amaliyotining umumlashma
nazariyasi asosida tuziladi.
Mazkur prinsiplar asosan, o‘quv materiallarini qo‘llash, musiqa darsini mazmunini va
darsning tizimidagi asosiy talablar va uning yo‘nalishlarini belgilab beradi va bir necha turga
bo‘linadi: