35
Ta’limda, ko‘rgazmalilik prinsipiga amal qilish o‘quv-tarbiya jarayonining asosini tashkil
etadi. Ta’lim va tarbiyada ko‘rgazmalilikdan foydajanish haqida Al Forobiy ko‘pgina ibratli
so‘zlarni aytib qoldirgan. Forobiyning fikriga qaraganda o‘quvchilarni, shogirdlarni uch toifaga
bo‘lish mumkin:
Birinchi toifasi – o‘quv materialini o‘zlari mustaqil o‘rgana olishadi. Uchinchi
toifadagilarni majburlab, zo‘rlab o‘qitish kerak, deydi. Va nihoyat
ikkinchi toifa talabalarga
ta’lim berishda ko‘rgazmalilikdan foydalanib o‘quv mehnatini jadallashtirish va bir muncha
osonlashtirish imkoniyati tug‘iladi. Ko‘rgazmalilik prinsipiga amal qilinganida eshitish organlari
bilan bir qatorda ko‘rish organlaridan ham foydalaniladi.
Musiqa tarbiyasida musiqaning o‘zi-o‘ziga ko‘rgazmali vositadir. Chunki, u qo‘li bilan
emas balki quloq bilan idrok etiladi. Musiqa tinglashda ham, asar tahlilida ham ohang ko‘rgazma
sifatida chalib ko‘rsatiladi. O‘qituvchining o‘zi, nutqi, ijrosi ham asosiy ko‘rgazma bo‘lib xizmat
qiladi. Bundan tashqari, texnik vositalar, ko‘rgazmali kartochkalar, grafik yozuvlar, rasmlar, nota
yozuvlari ham, musiqa darsida ko‘rgazma sifatida muhim rol o‘ynaydi. Mazkur printsiplar
asosan, o‘quv materiallarini qo‘llash musiqa darsini mazmunini va
rejasini tuzish jarayonida
qo‘llanadi.
Xulosa, qilib aytganda, pedagogikaning umumdidaktik prinsiplari, musiqa madaniyati
darsida muhim ahamiyatga ega bo‘lib musiqani hayot bilan bog‘lashda
katta ahamiyat kasb
etadi.