Jo‘rabek yarashev dilnavoz murotova




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/59
Sana29.05.2024
Hajmi2,43 Mb.
#256571
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59
Bog'liq
MUSIQA O’QITISH METODIKASI

“Aqliy hujum”
- biror muamoni yechishda guruh qatnashchilari tomonidan bildirilgan 
erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga keladigan samarali 
usullardan biridir. U to‘gri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijobiy va nostandart fikrlashga 
o‘rgatadi. 
“Aqliy hujum” usulini qo‘llashda o‘qituvchi guruh ishtirokchilarini to‘playdi, ular oldiga 
biror muammoli vaziyatni yechish bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirishni so‘raydi. 
Mazkur bosqichda ishtirokchilardan hech biri boshqa qatnashuvchilarning g‘oyasi, fikrinii 
muhokama qilishi yoki baholashi mumkin emas. Bildirilgan har qanday g‘oya va fikrlar hisobga 
olinadi, qancha ko‘p fikr va g‘oyalar bildirilsa shuncha yaxshi. Bildirilgan g‘oya va fikrlarni 
to‘ldirish, kengaytirish, qayta o‘zgartirish mumkin. G‘oyalar yozilgan varaqlar devorga osib 
qo‘yiladi. Berilgan g‘oyalar asosida muammoni hal etishga yordam beradigan yechimni tinglash 
uchun muhokama o‘tkaziladi.
Bu, xaqiqatdan ham o‘quvchilarning ta’lim jarayonida faol ishtirok etishlari, turli 
g‘oyalari bayon etish chog‘ida boshqalarni ham qizg‘in ishga yo‘llashlari, ilhom bilan 
ishlashlariga imkon beruvchi va unga birgina g‘oya guruhning barcha ishtirokchilarini bir xilda 
o‘ziga jalb qiladi.
 
O‘qituvchi mavzu yoki savolni ajratib, keyin esa o‘quv faoligi 5-10 daqiqa oralig‘ida vaqt 
chegarasida yengillashtiriladi. Aqliy hujum turli tarzda qo‘llanishi mumkin. Masalan, qandaydir 
mavzuni yoki muammoni muhokama qilish orqali hal qilish uchun savol qo‘yish.


37 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
“Aqliy hujum” usuli
 
Dars mobaynida o‘qituvchi mavzuning xarakteri va shakllantirishi lozim bo‘lgan bilim, 
ko‘nikma va fazilatlarga mos tarzda munozara sharoitini tanlashi va shundan keyingina 
mashgulotni boshlashi kerak. Masalan, keyingi paytlarda keng ko‘lamda qo‘llanilayotgan 
munozara 
yuritishning “breynshtorming” shaklini olib qaraydigan bo‘lsak, bunda 
bahslashuvchilar ko‘proq ongli, asosli fikrlarni bayon etishga harakat qiladilar. 
Shuni e’tirof etish joizki “breinstorming” (inglizcha “Aqliy hujum”) uslubi amerikalik 
olim A.Osborn tomonidan 1930 yilda taklif etilgan bo‘lib, unda loyihalarni rejalashtirish va 
uning natijalarni oldindan bashorat qilish ko‘zda tutilgan edi. 
“Breynshtorming” uslubining psixologik mohiyati shundaki, munozaraga kirilganda 
baxslashuvchilarga miyaga qanday fikr kelsa, uni tanqidsiz, erkin aytish imkoniyati beriladi. 
Oxirida esa baxslashuvchilar ma’lum ratsional “mag‘z”ni ajratib olishadi. 

Download 2,43 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish