• 3 – bosqich
  • 4 – bosqich
  • 5 – bosqich
  • Jo‘rabek yarashev dilnavoz murotova




    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/59
    Sana29.05.2024
    Hajmi2,43 Mb.
    #256571
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59
    Bog'liq
    MUSIQA O’QITISH METODIKASI

    2 – bosqich: 

    trener birinchi berilgan vazifani har bir tinglovchi tomonidan yakka tartibda 
    bajarilishini kuzatadi, qiynalganlarga yordam beradi yoki qaytadan tushuntiradi; 

    har bir tinglovchi tarqatma materialdagi “yakka baho” bo‘limiga shu yerda 
    berilgan harakatlardan o‘zining shaxsiy fikri asosida mantiqiy ketma – ketligini raqamlar 
    bilan belgilab chiqadi, ya’ni berilgan 13 ta harakatdan, uning fikricha qaysi biri birinchi va 
    qaysi biri esa ikkinchi bo‘lishini va hokazo. Bu vazifani bajarish uchun trener tinglovchilarga 
    10 daqiqa vaqt beradi. 
    3 – bosqich: 

    trener tinglovchilardan 3 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etishlarini 
    so‘raydi. 3 kishilik guruhlar tinglovchilarning xohishlariga qarab yoki raqamlar bo‘yicha 
    tashkil etilishi mumkin; 

    kichik guruhlardagi tinglovchilarning har biri o‘z qog‘ozidagi yakka baho 
    bo‘limida belgilangan harakatlar ketma – ketligi bilan bir – birlarini tanishtiradilar, keyin 3 
    kishida 3 xil bo‘lgan ketma – ketlikni birgalashib, bir – birlari bilan tortishib, bahslashib, bir 
    – birlariga ta’sir o‘tkazib, o‘z fikrlariga ishontirib, kelishgan holda bir fikrga kelib ularga 
    tarqatilgan qog‘ozdagi “Guruh bahosi” bo‘limiga raqamlar bilan belgilab chiqadilar. 

    Trener kichik guruhdagi tortishuvlarda ishtirok etmaydi, faqat kichik guruhlar va 
    har bir tinglovchi faoliyatini kuzatadi. Bu vazifani bajarish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. 
    4 – bosqich: 

    barcha kichik guruhlar o‘z ishlarini tugatgach, trener harakatlar ketma – ketligi 
    bo‘yicha to‘g‘ri javobni beradi, ya’ni tinglovchilardan ularga tarqatilgan qog‘ozlardan 
    “To‘g‘ri javob” bo‘limini topishni va unga trener tomonidan aytilgan harakatlar ketma – 
    ketligining raqamlarini yozishni so‘raydi. 
    5 – bosqich:

    trener “to‘g‘ri javob” bo‘limida berilgan raqamlardan “yakka baho” bo‘limida 
    berilgan raqamlarni (yoki aksincha), ya’ni kattadan – kichikni ayirgan holda “yakka xato” 
    bo‘limiga chiqqan farqni yozishni so‘raydi. “Yakka baho” bo‘limidagi sonlarni yuqoridan 
    pastga qarab qo‘shib chiqib, umumiysini hisoblashlari kerakligini uqtiradi. 

    Download 2,43 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59




    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish