43
Maqsad.
Ushbu texnologiya tinglovchilarga tarqatilgan qog‘ozlarda ko‘rsatilgan
harakatlar ketma – ketligini avval yakka holda
mustaqil ravishda belgilanib, so‘ngra o‘z fikrini
boshqalarga o‘tkaza olish yoki o‘z fikrida qolish, boshqalar bilan hamfikr bo‘la olishga yordam
beradi.
O‘tkazilish texnologiyasi.
Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o‘tkaziladi:
1 – bosqich:
▪
trener ushbu trening bir necha bosqichda o‘tkazilishi haqida tinglovchilarga
(o‘quvchi – talabalarga) tushuncha beradi. Har bir bosqichdagi vazifani bajarishga aniq vaqt
berilishi, tinglovchilar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari
kerakligi haqida ularni
ogohlantiradi;
▪
trener hamma tinglovchilarga alohida – alohida tarqatma material beradi va
tinglovchilardan ushbu materialni sinchiklab o‘rganishlarini so‘raydi;
▪
trener tarqatma material mazmuni va bajariladigan
vazifani tushuntiradi, ya’ni
tarqatma materialda berilgan 13 ta harakatning ketma – ketligini to‘g‘ri belgilash kerakligi,
belgini esa qog‘ozdagi alohida ajratilgan bo‘limga raqamlar bilan belgilash kerakligini
tushuntiradi;
▪
qo‘yilgan vazifa avval yakka tartibda bajarilishini aytadi.