40
Ta’limning muammoli
-
qidiruv
metodlari amalda ta’limning so‘z orqali ifodalash,
ko‘rgazmali va amaliyot metodlari yordamida qo‘llaniladi. Shu bilan birgalikda o‘quv
materialini mukammal bayon qilish metodlari, muammoli va evrestik suhbatlar, muammoli
qidirish tipidagi ko‘rgazmali metodlarni qo‘llash, muammoli qidiruv amaliy ishlarni o‘tkazish
yoki hatto tadqiqot tipidagi ishlar to‘g‘risida gapirish mumkin. O‘quv materialini muammoli va
muammoli tuzilgan ma’ruza metodlari orqali bayon qilish o‘qituvchining bayon davomida
mulohaza yuritish, isbotlashi, umumlashtirishni, dalillarni tahlil qilish va tinglovchi fikrini o‘z
ortidan ergashtirish, uni faolroq va ijodiyroq qilishni ko‘zda tutadi.
Muammoli ta’lim metodlaridan biri evristik va muammoli qidiruv suhbati hisoblanadi.
Bunda o‘qituvchi o‘quvchilar oldiga qator izchil va o‘zaro bog‘langan savollarni qo‘yadi.
O‘quvchilar ularga javob berganda qandaydir shakllarini aytadilar. Aytganlarining to‘g‘ri
ekanligini mustaqil isbotlashga harakat qiladilar. Bu bilan birga yangi bilimni o‘zlashtirishda,
mustaqil ravishda o‘zlarining oldinga siljishini amalga oshiradilar.
Ta’lim jarayoni ta’lim beruvchi – o‘qituvchining va ta’lim olayotgan o‘quvchilar
faoliyatining yig‘indisidan iborat. Bu jarayon o‘qituvchi tomonidan ma’lum bir maqsadga
yo‘naltirilgan bo‘ladi, doimo dinamik tarzda o‘zgarib boradi. Ta’lim davomida ta’lim
olayotganlarning shaxsiy hislatlari shakllantiriladi va rivojlantiriladi.
Musiqa darsida o‘qituvchi o‘quvchilarni musiqani idrok etish jarayonida, bilish faoliyatini
tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi uslublarni qo‘llashi maqsadga muvofiqdir. Bu metodlar
o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida vositachi hamdir. Chunki, aynan bir metod bilan o‘qituvchi
o‘rgatadi, o‘quvchilar o‘rganadi. Musiqaning o‘qitish metodlari deganda, maktab
o‘quvchilarining bilim, mahorat va malakalarni egallashda, ularning ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirishda va dunyoqarashini tarkib toptirishda o‘qituvchilarning qo‘llagan ish usullari
tushuntiriladi. Bu metodlar, bir necha turga bo‘linadi: