• Ishni bajarish tartibi
  • Muammoni qo‘yish “Aqliy hujum” ishtirokchilari Fikr va mulohozalarni bildirish
  • I. Guruhlar tomonidan bildirilgan fikrlar bilan matn taqqoslanadi: Maxsus belgilar Maxsus belgilar ma’nosi Z
  • "Insert"strategiyasi metodi




    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/59
    Sana29.05.2024
    Hajmi2,43 Mb.
    #256571
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59
    Bog'liq
    MUSIQA O’QITISH METODIKASI

    "Insert"strategiyasi metodi 
    - Ushbu strategiya o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan yangi 
    mavzu bo‘yicha talabalarning muayyan tushunchalarga ega ekanliklarini aniqlash va ularda 
    mavzuga nisbatan tahliliy yondashish ko‘nikmalarini shaklantirishga xizmat qiladi.
    Ishni bajarish tartibi:

    kichik guruhlar tuzilib, ular nomlanadi

    har bir guruhdan o‘zlashtirilishi rejalashtirilayotgan mavzuga oid yozma fikr 
    bildirish so‘raladi; 

    o‘quvchilar fikr va mulohazalarini qog‘ozga yozib borishadi; 

    o‘qituvchi matnning mazmuni ifodalangan taqdimotni namoyish etadi

    o‘quvchilar bu matn va o‘zlari bildirgan fikrni qanchalik o‘xshashligi va farqini 
    maxsus belgilar bilan qayd etadilar; 

    har bir kichik guruh a’zolari ushbu topshiriq bo‘yicha ma’lumot berishadi.
    Muammoni qo‘yish

    “Aqliy hujum” 
    ishtirokchilari
    Fikr va mulohozalarni 
    bildirish
     
    Fikr va g‘oyalarni guruhlash
    Muhokama
    To‘g’ri va samarali 
    yechimga kelish 


    38 
    Metodni qo‘llashda o‘quvchilar quyidagi jadvallar bo‘yicha faoliyatni tashkil etadilar: 
    I. Guruhlar tomonidan bildirilgan fikrlar bilan matn taqqoslanadi: 
    Maxsus belgilar 
    Maxsus belgilar ma’nosi 
    Z- 
    Matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikrlar o‘z aksini topgan bo‘lsa 
    S- 
    Matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikrlar o‘z aksini topmagan 
    bo‘lsa 
    ?- 
    Matn bilan tanishish jarayonida savollar tug‘ilsa 
    “Shaxsiy fikr"
    metodi – o‘quvchilar tomonidan yangi bilimlar o‘zlashtirishda, olgan 
    bilimlarini mustahkamlashda, ongda hosil bo‘lgan ma’lumotlarni tahlil qilish, taqqoslash va 
    tegishli xulosalar chiqarishda shaxsiy fikr metodi yaxshi natija beradi. 
    Hozirgi paytda o‘quvchilar ko‘proq bilimni mustaqil ishlar bajarish jarayonida 
    egallamoqdalar. Mustaqil o‘qib o‘rgangan materiallarni qayta ifodalash, amalga tatbiq etishda 
    ushbu metoddan foydalanilganda talabalarning ongli va faol o‘zlashtirishlari amalga oshadi. 
    Ilmiy, nazariy, amaliy va muammoli o‘quv materiallarini tahlil qilish jarayonida talabalar 
    alohida kichik guruhlarda yoki ikkiga bo‘lingan holda o‘z yondashuv va munosabatlarini bayon
     
    etadi. Boshqalar bu fikrni inkor etadigan nuqtai nazarlarini ilgari suradi. Dalil va isbotlar 
    keltiradi. Qarshi fikr aytganlari o‘z tomoniga o‘tkazishga harakat qiladi. Ekspert guruhi qaysi 
    g‘oyaning ustunligini aniqlash maqsadida so‘rov varaqasi to‘ldiradi. Qaysi bir guruh qaysi 
    g‘oyaning ustunligini aniqlash maqsadida so‘rov varaqasi to‘ldiradi. Qaysi bir guruh ortiq ovoz 
    olsa, ularning fikri haqiqatga yaqin, deb hisoblanadi. Mikroguruhlarning faolligiga qarab 
    keltirilgan dalil va isbotlarining haqiqatga yaqinligiga mos holda reyting qo‘yiladi. 
    "FSMU”
    metodi - munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar o‘tkazishda 
    yoki o‘quv-seminarlari yakunida o‘quv rejasi asosida biron bo‘lim o‘rganib bo‘lingach 
    qo‘llanilishi mumkin. Bunda talabalar o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini 
    boshqalarga o‘tkazish, ochiq holda bahslashishga, shu bilan birga egallagan bilimlarini 
    baholashga, tahlil etishga hamda tinglovchilarda bahslashish madaniyatini o‘rgatadi. 

    Download 2,43 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59




    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish