39
➢
muomalalik;
➢
xushfellik;
➢
ko‘nikuvchanlik;
➢
o‘zgalar fikriga hurmat;
➢
faollik;
➢
rahbarlik sifatlarini shakllantirish;
➢
ishga ijodiy yondashish;
➢
o‘z faoliyatining samarali bo‘lishiga qiziqish;
➢
o‘zini xolis baholash.
Hikoya
. Ushbu metodda o‘quv materiali mazmunini og‘zaki bayon qilish ko‘zda tutiladi.
Hikoyaning bir necha turi bo‘lishi mumkin - hikoya - muqaddima,
hikoya-bayon, hikoya-xulosa.
Birinchisining maqsadi–o‘quvchilarni boshqa metodlar bilan, masalan, suhbat orqali yangi
o‘quv materialini qabul qilishga tayyorlashdir. Hikoyaning bu turi nisbatan bayonning qisqaligi,
yorqinligi, qiziqarliligi va emotsionalligi bilan xarakterlanib yangi mavzuga qiziqish, uni faol
o‘zlashtirishga ehtiyoj uyg‘otadi. Hikoya davomida darsda o‘quvchi faoliyatining vazifalari
to‘g‘risida tushunarli shaklda xabar beriladi.
Hikoya - bayon davrida o‘qituvchi yangi mavzuning
mazmunini ochib beradi, muayyan
rivojlanuvchi reja, asosiy muhimlarini ajratib, ilyustratsiya va ishontirarli misollarni izchil bayon
qilishni amalga oshiradi.
Hikoya - xulosa odatda mashg‘ulotning oxirida keltiriladi. O‘qituvchi unda asosiy fikrni
yakunlaydi, xulosalaydi va umumlashtiradi, mazkur mavzu yuzasidan
mustaqil ishlash uchun
topshiriqlar beradi.
O‘quv lektsiyasi (ma’ruza) ta’limning so‘z bilan ifodalash metodlaridan biri sifatida o‘quv
ma’ruzasi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilishini ko‘zda tutib, hikoyadan o‘zining hajmi
kattaligi, mantiqiy ko‘rinishi, obraz isbotlash va umumlashtirishining murakkabligi bilan ajralib
turadi. Ma’ruza butun dars yoki mashg‘ulotni band etadi, hikoya esa faqatgina uning bir qismini
egallaydi.
Ma’ruza davomida axborotni og‘zaki bayon qilish, uzoq vaqt davomida diqqatni tutib
turish, tinglovchilarning fikrlashini
faollashtirish usullari, dalillashtirish, isbotlash-tasniflash,
tizimlashtirish, umumlashtirish va x.k. usullardan foydalaniladi.
Ma’ruzalar asosan o‘rta maktablarning yuqori sinflarida, shuningdek, kollej va oliy o‘quv
yurtlarida o‘qiladi. Ma’ruza rejasini aniq o‘ylash va ma’lum qilish zarur. Reja bandlarining
barchasida, ularning har birining yakun va xulosalarini izchil bayon qilishda mantiqiy uyg‘unlik
bo‘lmog‘i kerak.
Suhbat
. Suhbat metodi atroflicha o‘ylangan savollar yordamida o‘qituvchi
bilan
o‘quvchilar orasidagi munozara ko‘zda tutilib, u o‘quvchini faktlar tizimini, yangi tushunchalar
va qonuniyatlarni o‘zlashtirishga olib keladi. Suhbat metodining qo‘llanishida savollarni qo‘ya
olish usullari (asosiy, qo‘shimcha, yo‘llovchi va h.k. ) o‘quvchining javob va mulohazalarini
muhokama qilish usullari, suhbatdan xulosalarni shakllantirish usullari,
javoblarni tuzatish
usullaridan foydalaniladi.