Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/59
Sana29.05.2024
Hajmi2,43 Mb.
#256571
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59
Bog'liq
MUSIQA O’QITISH METODIKASI

Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil 
fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar 
tushuniladi.
Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga 
chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchini markazda 
bo‘lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish; 
ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi; 
ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga olinishi; 


36 
ta’lim jarayoni ta’lim oluvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi; 
ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi; 
amalda bajarish orqali o‘rganilishi; 
ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi. 
Shunday qilib, fanlarni o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o‘ziga xos 
xususiyatga ega. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab 
o‘rganish va amalda qo‘llash o‘quvchi-talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda 
muammoning to‘g‘ri yechimini topishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchi-talabalarning 
ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar 
orqali tahlil etilganda o‘quvchi-talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalari kengayishi va 
chuqurlashishiga erishiladi. 
Yuqorida aytilganlardan interfaol ta’lim metodlarini tegishlicha tahlil qilish va shu asosda 
ularni tasniflash zarurati ma’lum bo‘ladi. Ushbu masala yuzasidan umumiy mulohazaga 
keladigan bo‘lsak, bu metodlarni tasniflashda ularni interfaol metodlar, interfaol ta’lim 
strategiyalari, interfaol grafik organayzerlarga ajratish mumkin. 
Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi: 
1.
Interfaol 
metodlar: 
“Keys-stadi” 
(yoki 
“O‘quv 
keyslari”), 
“Blist-so‘rov”, 
“Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va boshqa metodlar. 
2.
Interfaol ta’lim strategiyalari.“Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, 
“Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va boshqa ta’lim 
strategiyalari. Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini 
ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategik 
yondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida, bu strategiyalar ham ko‘proq jihatdan 
interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q. 
3.
Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”, “Venn 
diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b. Interfaol 
grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg‘ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik 
shakllarda yozma ko‘rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida, bu grafik organayzerlar 
bilan ishlash ham ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning 
orasida boshqa farqlar yo‘q. 
Quyida interfaol ta’lim usullarining ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz. 

Download 2,43 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil

Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish