32
Mashg‘ulotlardagi o‘quvchilar cholg‘u asboblarida chalish faoliyatini samarali amalga
oshirish natijasida o‘quvchilar quyidagi bilim malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari nazarda
tutiladi:
➢
musiqa cholg‘u asboblari nomlari, tuzilishi, ularni asrash qoida-tartiblarini bilish;
➢
musiqa tinglash orqali cholg‘u
asboblari tovush tusini, jarangdorligini aniqlay olish;
➢
musiqa cholg‘u asboblarida chalish uslublari haqida malakalarga ega bo‘lish;
➢
cholg‘u asboblarda yangraydigan musiqiy tovushlar tusini, ifodaviy xususiyatlarini
ilg‘ay olish;
➢
musiqiy ifoda vositalarini bilish, musiqa cholg‘ularida chalishda ularni ifodalay olish;
➢
jamoa (ansambl) bo‘lib qo‘shiq ijro etish malakalarini egallab olish,
oson va tanish
kuylarni eshitish orqali cholg‘uda ijro eta olish, o‘rtoqlari ijrosini munosib baholay
olish;
➢
cholg‘u asboblaridan chiqadigan baland va past tovushlar yangrashini farqlay olish,
pardalar nomi, ularning joylashish o‘rnini bilish va h.k.
Darsda ishning natijasi asosan cholg‘ulashtirish jarayoni bilan bog‘liqdir. Shu bois, jamoa
bo‘lib ijro etish talablarini hisobga olish lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan oddiy
musiqa cholg‘u asboblaridan (uchburchak, doyrachalar, qayroq, shiqildoq kabi)
keng samarali
foydalaniladi. Barcha cholg‘ular toza, tiniq, yoqimli sado berishi, tashqi ko‘rinishi bilan
o‘quvchilarning diqqatini jalb etishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Demak, chapak chalish va musiqa cholg‘u asboblarida chalish faoliyati ham raqs, musiqali
harakatlar singari o‘quvchilarning musiqiy-o‘quv qobiliyatlari hamda ijrochilik malakalarini
rivojlantirish uchun foydalidir. Bu faoliyat yuqorida ta’kidlanganidek, boshlang‘ich sinflarda
milliy cholg‘u asboblar bilan tanishish hamda ularning tovush tuslarini anglab olish bilan uzviy
bog‘lanib amalga oshirilishi juda zarur. Bunda doyrachalar, qayroq, qoshiq, kichik safoillar kabi
urib chalinadigan cholg‘u asboblaridan foydalanib, o‘qituvchi
ijrosi va CD diski orqali
taraladigan MP3 ga mos ritmik jo‘r bo‘lish malakalari rivojlantiriladi. Shu bois, musiqa
madaniyati darsida faoliyatlarning boshqa turlari qatori o‘quvchilar cholg‘u asboblarida chalish
qismiga ham jiddiy e’tibor berish talab etiladi. Zero, darsda musiqiy faoliyatlar mantiqan
birlashib, mazmunan bir butunlikni tashkil etishi muhimligi musiqiy ta’lim talabidir.