26
Bolalar xor jamoasi.
Xor ijrochiligida nutq talaffuzi
Xor ijrochiligida xonandalarni to‘g‘ri diktsiya (lotincha “diction” - nutq talaffuzi), ya’ni
adabiy tekstni aniq va ravon talaffuz qilish talab qilinadi. Tovush o‘rnining to‘g‘riligi va nafas
faolligi diktsiyaga bog‘liq. Tantanavor, qahramonlik, dramatik xarakterdagi asarlarlar esa mayin
talaffuzga mos keladi. Yomon diktsiya xor quyi ifodaviyligi va mazmunini susaytiradi. Xor
diktsiyasi nutq organlarining ishlash qobiliyatiga, ya’ni til, lablar,
yumshoq tanglay, pastki
jag‘dan iborat artikulyatsiya apparatining ishlash qobiliyatiga bog‘liq. Faol harakatchan
artikulyatsiya vokal texnikasining asosiy elementlari hisoblanadi.
Artikulyatsiya apparati
sog‘lom, to‘g‘ri joylashgan va o‘z vazifasini to‘g‘ri bajara oladigan bo‘lishi kerak. Artikulyatsiya
apparatining kamchiliklari maxsus mashqlar orqali bartaraf qilinishi mumkin. Bunday
kamchiliklarga ayrim harflarni almashtirib noto‘g‘ri talaffuz qilish kiradi. Bu kamchiliklar
artikulyatsiya apparatining (ayniqsa o‘quvchilarda) sust harakat qilishi natijasida sodir bo‘ladi.
Vokal nutqi ifodali va jonli bo‘lishi muhim. Ayrim unli tovushlar
xonanda ovozi sadosi
cho‘ziqligi, kuchi hamda rang-barangligini ta’minlasa, undosh tovushlar esa asarning badiiy
matni mazmunini tushunarli va emotsional qilib ifodalashga imkon beradi.
Asarni xor bilan tayyorlash jarayonida musiqa bilan bir vaqtda so‘z matni ustida ham ish
yuritish kerak. Asar mazmunini chuqur anglash, asosiy g‘oyasini yuzaga chiqarish hamda ularni
aniq va ravon diktsiya orqali tinglovchilarga ifodali qilib yetkazish bilan bog‘liq bo‘lib, asarni
xor bo‘lib badiiy ijro etishning zaruriy shartlaridan biridir.