• Musiqa savodi.
  • Jo‘rabek yarashev dilnavoz murotova




    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/59
    Sana29.05.2024
    Hajmi2,43 Mb.
    #256571
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59
    Bog'liq
    MUSIQA O’QITISH METODIKASI

    Xor bo‘lib kuylash
    - musiqaviy tarbiyaning jamoa faoliyati sifatida o‘qituvchining 
    bevosita ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Xorda kuylash murakkab psixologik va fiziologik 
    jarayondir. Bunda bosh miyadagi nerv hujayralari ham faol ishga tushadi. U qo‘shiq kuylash 
    davomida o‘quvchilarda ijobiy his-tuyg‘ularning faolligini ta’minlaydi va shu bilan birga 
    o‘quvchilarning samarali ishlashiga sharoit yaratadi. 
    O‘qituvchi sinf o‘quvchilarining kuylash imkoniyatlarini hisobga olgan holda yil davomida 
    o‘rgatish uchun 10-12 ta qo‘shiq tanlaydi. O‘quvchilarning vokal-ijrochilik darajasi va badiiy 
    mazmuni maktab hayotiga mosligini inobatga olib, ularning ma’lum tartibga soladi. 
    Musiqa darsida o‘quvchilarning quyi sinflarda olgan vokal-xor malakalari takomillashadi. 
    Bu, malakalar qo‘shiqning to‘g‘ri, ta’sirli aytilishini taminlaydi hamda o‘quvchilar ovozining 
    yaxshilanishiga va shu bilan birga parvarish qilinishiga ijobiy yordam beradi. O‘quvchilarning 
    ovoz apparatlari, musiqa o‘quviga qarab o‘sadi. Shuning uchun qo‘shiq kuylash malakalari
    ovozning asosiy elementlari: nafasni rejaga solish, tovush hosil qilish, diksiya, soz, ansambl 
    kabilar dasturda har bir o‘quv yili uchun alohida-alohida beriladi. Ta’lim jarayonida bu 
    elementlarning hammasi bir-biriga uzviy bog‘lanib olib boriladi. 
    Musiqa savodi. 
    Ma’lumki, umumiy ta’lim maktabi musiqa madaniyati darsi tarkibida 
    musiqa savodi o‘zining musiqa haqidagi kompleks bilimlar doirasidan iboratligi bilan ajralib 
    turadi. Qo‘shiq kuylash jarayonida o‘rganiladigan nota savodi elementlari bilan birga musiqa 
    savodi turkumiga musiqa janrlari, ularning shakl va tuzilishlari, musiqaning ifoda vositalari, xalq 


    13 
    musiqasining mohiyati haqidagi tushunchalar, ijrochilik turlari, cholg‘u asboblari, ularning 
    tovush tembrlari va boshqalar kiradi. 7-yillik musiqa ta’limi va tarbiyasi jarayonida mazkur 
    bilimlar majmuasi asosida o‘quvchilarning musiqa savodxonligi tarkib topishi lozim. Bu, musiqa 
    madaniyatining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. 

    Download 2,43 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59




    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish