• Ikkinchidan
  • Uchinchidan
  • Jo‘rabek yarashev dilnavoz murotova




    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/59
    Sana29.05.2024
    Hajmi2,43 Mb.
    #256571
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
    Bog'liq
    MUSIQA O’QITISH METODIKASI

    Birinchidan,
    musiqa darsi, musiqa tarixi, nazariyasi, cholg‘u ijrochiligiga doir turli 
    namunalar, xor mashg‘ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, musiqa asarlari tahlili, 
    o‘quvchilar cholg‘u asboblarida ijro etish, ritmik harakatlar bajarish kabi elementlaridan 
    iboratdir. Shuning uchun musiqa darsi aralash dars tipiga kiradi. 
    Ikkinchidan,
    musiqa boshqa san’at turlaridan o‘zining ifoda vositalari bilan farq qiladi. 
    Agar badiiy adabiyot badiiy so‘z bilan, tasviriy san’at ranglar va grafik chiziqlar bilan, raqs 
    badiiy harakatlar bilan ifodalansa, musiqa musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida 



    ifodalanadi. Agar tasviriy san’at va haykaltaroshlik asarlarini ko‘rish orqali, badiiy adabiyotni 
    o‘qish va eshitish vositasida, kino va teatrni ko‘rish va eshitish orqali idrok etsak, musiqani 
    faqatgina diqqat bilan tinglabgina idrok eta olamiz.
    Musiqa aniq vaqt o‘lchovi bilan bog‘langan san’atdir. Ijro etilayotgan musiqa tempi 
    (sur’ati)ga sozlanib, uning har bir elementini diqqat bilan tinglanmasa, asar mukammal idrok 
    etilmaydi. Shuning uchun klassik asarlarni biz qayta-qayta tinglash bilan uning yangi badiiy 
    qirralarini his etamiz. 
    Musiqa vositasida ifodalanadigan his-tuyg‘ularni so‘z bilan ifodalash qiyin. “Qachonki 
    so‘z ojizlik qilsa, musiqa yordamga keladi”. 
    Uchinchidan,
    musiqa o‘quvchilarga faol emotsional ta’sir ko‘rsatadi, quvontiradi, ijobiy 
    kechinmalar uyg‘otadi. Yaxshi, mazmunli, qiziqarli musiqa darsidan o‘quvchilar quvnoq, 
    xursand bo‘lib, hordiq chiqaradi. 
    Agar musiqa darsi oxirgi darsda qo‘yilgan bo‘lganda ham, o‘quvchilar hordiq chiqarib, 
    charchoqlari tarqaladi. 
    Bugungi kunda musiqa fanining yangi sohasi-funktsional musiqa orqali musiqaning inson 
    psixikasiga hamda fiziologiyasiga ta’sirini o‘rganish ham buning boisidir. 
    Musiqa darsi o‘zining aralash dars tipi (tuzilmasi)ga ifoda vositasi (tili) va faol psixologik 
    ta’siri bilan boshqa fanlardan farq qiladi. Demak, musiqa darsi o‘quvchilarning shaxsiyati va 
    dunyoqarashining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. 
    Musiqiy dars uchun alohida emotsional muhit xarakterlidir. Bu tabiiy hol, albatta, chunki 
    musiqa hissiyotlar tili. Musiqa to‘lqinlantiradi, o‘quvchilarning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, 
    muayyan kayfiyat uyg‘otadi. Shakllangan badiiy taassurotlar o‘qituvchi ta’sirida nafaqat ifodali 
    ijro, balki “so‘z” san’ati, yuz ifodasi, turli harakatlar yordamida yanada kuchaytiriladi. 
    O‘quvchilar diqqati yangrayotgan musiqaga jalb etilib, ularning hissiyoti rivojlantiriladi. 
    O‘quvchilarning musiqiy obrazlar olamiga kirishishlari, ifodalilikni aniq his etishlariga 
    erishiladi. Umumiy jihatlariga qaramay har bir dars o‘ziga xos va takrorlanmasligi bilan farq 
    qiladi.
    Ma’lumki, xoxlagan ishning yaxshi tashkil etilishi uning yarim yutug‘i va bu to‘liq 
    ma’noda musiqa madaniyati darsiga ham taaluqlidir. Darsda maqsad va vazifalar, mazmun, 
    tuzilma, vosita hamda metodlar puxta o‘ylangan bo‘lishi kerak. Aks holda musiqa darsida hech 
    qanday ijobiy natijalarga erishib bo‘lmaydi. Darsga tayyorgarlik o‘qituvchining pedagogik 
    malakasi, mahoratiga bog‘liq. Bu esa, musiqa materialining tarbiyaviy, ta’limiy va 
    rivojlantiruvchi imkoniyatlarini, shuningdek ularni tadbiq etish yo‘llarini ta’minlaydi. 
    Darhaqiqat, musiqiy tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun asarni chuqur 
    o‘ganishni talab etadi. Asarni tanlab olish esa o‘quvchilar musiqiy tayyorgarligi hamda yosh 
    xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. 
    Dars mazmuni talqinida turli xil musiqa asarlari bo‘ladi. Ularning yaxlitligini ta’minlash 
    uchun dars tuzilmasini aniqlab olish juda muhim. Chunki, bunda turli musiqiy faoliyatlarning 
    birin-ketinligiga e’tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Darsning musiqiy badiiy tuzilmasini o‘ylab o‘qituvchi bir asardan boshqasiga o‘tish 
    jarayoniga o‘quvchilardagi muhim hissiy holatni saqlab qolishi va ularning diqqatini jalb etish 
    usullarini tadbiq etishi lozim. Shuningdek, dars ishlanmasini tuzishda o‘quvchilarning jismoniy, 
    aqliy va emotsional holatlarni, sinfning o‘ziga xosligini inobatga olish zarur. Masalan, 
    boshlang‘ich sinflarda kichik yoshdagi o‘quvchilar diqqatini uzoq vaqt barqaror saqlay olmaydi. 
    Shu bois ularning faoliyatini o‘z vaqtida almashtirib turish maqsadga muvofiq bo‘lib, 
    o‘quvchilarning qiziqishlarini so‘nishidan saqlaydi. Murakkab qo‘shiqni, raqsni bir necha dars 
    davomida o‘rgatish samarali kechadi. Murakkab musiqiy –ritmik harakatlar o‘rganilgandan 
    so‘ng qo‘shiq kuylashga o‘tish maqsadga muvofiq emas. Shuningdek, jadvalda musiqa darsining 
    o‘rnini ham, ya’ni o‘sha kunda bu mashg‘ulot nechanchi soatda o‘tilishini ham hisobga olish 
    lozim. Qaysi darsdan so‘ng musiqa madaniyati mashg‘uloti bo‘lishi ham ahamiyat kasb etadi. 
    Musiqa madaniyati mashg‘ulotlari mehnat ta’limi va ayniqsa, jismoniy tarbiya darsidan keyin 
    o‘tiladigan bo‘lsa, o‘quvchilarni fikrlashga, idrok etishga undovchi faoliyatlardan boshlash 



    lozim. Har bir muayyan holatda o‘qituvchi sinfning o‘ziga xoslik jihatlarini, o‘quvchilarning u 
    yoki bu musiqiy faoliyatga qiziqishlarini, ularning tayyorgarlik darajalarini hisobga olishi juda 
    muhimdir. 
    Shunday qilib, to‘liq shart-sharoitlar hisobga olingan xolda dars tuzilmasini ishlab 
    chiqish va uni amalga oshirish uchun o‘qituvchining ijodiy yondashuvi talab etiladi. Bu esa, har 
    bir dars tuzilmasini takrorlanmas bo‘lishiga yordam beradi. Axir bir mashg‘ulotdan 
    ikkinchisigacha bo‘lgan davrda boshqa fanlar o‘tilib, taassurotlar sayozlashishi mumkin. 
    O‘qituvchi shularni egallab olish hafta davomida musiqa darsida yaxlit taassurotlar va 
    qiziqishlarni saqlab qolishlariga erishmog‘i kerak. 
    Musiqa darsi mazmuni oldindan rejalashtirilsa, o‘ylab qo‘yilgan usul va vositalar o‘z 
    ifodasni topib, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlik faoliyati doimo qiziqarli jarayon 
    asosida amalga oshirilishi lozim. Biroq ayrim kutilmagan holatlar bo‘lishi mumkin va muayyan 
    har bir holatga maslahat berib bo‘lmaydi. Ba’zan ko‘zda tutilmagan holatlar yo‘l-yo‘lakay dars 
    jarayonida ham amalga oshirishga to‘g‘ri kelib qoladi. O‘qituvchining kasb mahorati, o‘zini 
    yo‘qotmasdan har bir holatga tegishli xulosa chiqarishni taqozo etadi. Natijada dars maqsadiga 
    erishilib, belgilangan tuzilmada amalga oshiriladi. 
    Tajribali o‘qituvchilar yaxlit dars tuzilmasiga alohida ahamiyat berishadi. Zero darsning 
    turli elementlari, bosqichlari o‘zaro uygun va bir-biri bilan bog‘liq bo‘ladi. Turli metodlar (asarni 
    taqqoslash (T-sxemasi), muammoli vaziyat, aqliy hujum, skarabey) asosida o‘qituvchi 
    o‘quvchilarni ijodiy topshiriqlar orqali faolligini oshiradi va istagan natijalarga erishishlariga 
    harakat qiladi. 
    Ma’lumki, zamonaviy musiqa darsining sifati o‘quvchilar faolligi bilan belgilanadi. Faollik 
    muammosi nafaqat darsning qiziqarli tuzilmasi, o‘quvchilarga qiziqishni shakllantiruvchi 
    metodlarni qo‘llash orqali hal etiladi. Ko‘pincha o‘qituvchining har bir o‘quvchiga yakka-
    individual yondashuviga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu esa bugunki kun zamonaviy o‘qituvchi oldiga 
    qo‘yilgan muhim vazifalardan biridir. 
    Musiqa fani o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan haftasida bir marotaba uchrashadi. Musiqa 
    darsi sinf o‘quvchilari bilan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishni talab etadi. Shu bois, 
    o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini yaxshi bilmog‘i, ularning kuchli va zaif tomonlarini, qiziqishlarini 
    to‘g‘ri anglab, ular dunyosiga kirishib har bir o‘quvchi imkoniyatlarini baholashi kerak bo‘ladi. 
    Darsda bevosita muloqot o‘rnatishga harakat qilish, turli xil savollarga undovchi, so‘rovli nigoh, 
    yuz ifodasida bayon etish vosita va usullaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq. 
    Har bir musiqiy faoliyat o‘quvchilarga individual yondashish imkonini beradi. Ayniqsa, 
    ikki va uch ovozli asarlarni o‘rganishda o‘quvchilar musiqa cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lishda, 
    o‘quvchilar imkoniyatiga ko‘ra ijodiy xarakterdagi topshiriqlar berishda va h.k.larda buni yaqqol 
    kuzatish mumkin. Differentsial topshiriqlar o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otadi. O‘quvchilar 
    berilgan topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarishi esa ularning musiqiy rivojlanishlarini 
    faollashtiradi.
    Zamonaviy musiqa darsini maxsus jihozlanmagan sharoitda amalga oshirish murakkab. 
    Musiqa xonasining estetik jihozlanishi o‘quvchilarga zavq bag‘ishlab, darsda o‘ziga xos kayfiyat 
    uyg‘otishi lozim. Darsda o‘qituvchi musiqa cholg‘u asboblari, texnik vositalar, ko‘rgazmali 
    qurollardan 
    foydalanishi 
    juda 
    ham 
    muhim. 
    Ularning 
    sifatliligidan, 
    o‘z vaqtida 
    tayyorlanganligidan va unumli tadbiq etilishidan darsning muvaffaqiyatli o‘tishi ta’minlanadi. 
    Bugungi kunda o‘qituvchi darslarda musiqa asarlarining turli ijrolarini (orkestr, ansambl 
    ijrosida) sadolanishini texnik vosita yozuvlarsiz tasavvur qilish qiyin. Bu vositalar 
    o‘quvchilarning har bir musiqa cholg‘ularining jaranglashini va ovozning ifodaliligini idrok etish 
    tasavvurlarini kengaytiradi, Fonoxrestomatiya (elektron resurs) esa o‘qituvchida qo‘shiq 
    o‘rgatish jarayoni yanada qiziqarli, sermazmun o‘tishiga yordam beradi. O‘qituvchi dars 
    davomida o‘quvchilarning qo‘shiq ijrosini yozib olib, ularning o‘ziga qaytib eshitirishi va ijroga 
    nisbatan o‘quvchilarning munosabati hamda ijroga baholarini berishni taklif etadi. Keyingi 
    paytlarda musiqa darsida turli xil ko‘rgazmali vositalardan keng foydalanilmoqda. Bular 



    illyustratsiya, turli tasviriy manzaralar va boshqalar. Bu esa, darsda tasviriy san’at, so‘z san’ati 
    namunalaridan ham unumli foydalanishni nazarda tutadi. 
    Musiqa madaniyati darsida o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi 
    ko‘rgazmali vositalardan foydalanishi muhim. Nota yozuvlari vositasida ko‘rgazmalar 
    o‘quvchilarda nota asosida kuylash malakalari shakllanib borishi, qo‘shiq kuylashni tezroq 
    o‘zlashtirilishiga erishiladi. Tovushlarni to‘g‘ri, sof va toza intonatsyada kuylash esa, qo‘shiq 
    matnini yaxshi eslab qolishlariga yordam beradi.
    Shunday qilib, umumta’lim maktabida musiqa madaniyati darsiga puhta tayyorgarlik 
    ko‘rish va uni samarali o‘tkazish o‘qituvchidan doimo ijodiy yondashuvni, kasbiy tajribalarni, 
    bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni faol tadbiq etishni taqozo etadi. O‘qituvchi ijodining natijasi 
    bo‘lgan dars g‘oyaviy-emotsional ta’sir kuchiga ega bo‘lib, o‘quvchi ichki dunyosini zabt etib, 
    musiqa san’atiga qiziqish va ehtiyojni tarbiyalaydi. Musiqa darsining muvaffaqiyati savodxon, 
    chuqur bilimli, o‘z kasbiga fidoiy bo‘lgan o‘qituvchi shaxsiga bog‘liq. Shu bois, musiqadan 
    bilim va malakalari yetarli bo‘lmagan o‘qituvchilarga musiqa darsini o‘tishda mutaxassis 
    mualliflardan zaruriy saboqlar olib turish MP3 yozuvlardan keng foydalanib, musiqa o‘qitish 
    jarayonida yangi pedagogik texnologiya usullaridan unumli foydalangan holda dars o‘tishlariga 
    maslahat beriladi. Aks holda, o‘quvchilarning belgilangan dastur talablarini o‘zlashtirishlari 
    mushkullashib, musiqa madaniyati darsi oldiga qo‘yiladigan talablarga erishilmay qoladi. 

    Download 2,43 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish