Jo‘rabek yarashev dilnavoz murotova




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/59
Sana29.05.2024
Hajmi2,43 Mb.
#256571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
MUSIQA O’QITISH METODIKASI

I. NAZARIY QISM 
 
I BOB. 
O‘RTA UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA O‘QIT
ISH 
METODIKASI 
1.1. Maktabda musiqa o‘qitishni tashkil etishning oziga xos xsusiyatlari. 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, ta’limni 
demokratlashtirish, individuallashtirish, mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olish tamoyillari 
asosida barcha o‘quv predmetlar, shu jumladan, musiqa fani bo‘yicha ham o‘qitish 
Kontseptsiyasi ishlab chiqildi. 
Musiqa madaniyati o‘quv predmeti o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy, axloqiy 
madaniyatini shakllantirishga, milliy g‘urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga 
mahorat, nafosat, badiiy didni o‘stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik hamda 
tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa madaniyati o‘quv predmeti o‘rta 
umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan barcha o‘quv predmetlari, jumladan, adabiyot, tasviriy 
san’at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bog‘lanadi. 
Barcha o‘quv fanlari qatori musiqiy ta’limda ham davlat ta’lim standartining joriy etilishi 
milliy musiqiy meroslardan to‘laqonli foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va 
qo‘shiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari, maqom, shashmaqom, dostonlar 
hamda bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatda o‘z aksini topadi. Musiqa san’atining bu kabi 
imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda, ularning barkamol bo‘lib yetishishlarida o‘ziga xos
takrorlanmas manba bo‘lib xizmat qiladi. 
Musiqa ta’limidan davlat ta’lim standartlari asosida yangi ta’lim mazmuni o‘quvchilarning 
musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli 
tasavvur qilish, ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi hislatlarni 
rivojlantirishni ta’minlaydi. 
O‘quvchilarning musiqiy-estetik rivojlanishlari uchun o‘qituvchi o‘zining ish faoliyatida 
sidqidildan tayyorlanib, darslarni yuksak metodik darajada o‘tilishini ta’minlashi lozim. Zero, 
dars o‘qituvchidan katta irodaviy kuch, izlanish, hozirjavoblik hamda turli pedagogik 
vaziyatlarga tezda munosabat bildirishni talab etadi. Samarasiz dars kamchiliklari uzoq vaqt 
o‘qituvchiga orom, halovat bermaydi, ortga nazar solib uning sabablarini qidirishga ehtiyoj 
sezadi. 
Musiqa madaniyati darsi – maktabda musiqa tarbiyasini tashkil etishning asosiy shaklidir. 
Musiqa to‘garaklari, fakultativ mashg‘ulotlar ham amaliyotda bo‘lsa-da, dars hech qachon o‘z 
ahamiyatini yo‘qotmaydi, chunki musiqa madaniyati darsi musiqiy faoliyatning turli shakllarini 
o‘z ichiga oladi. Bular jamoaviy qo‘shiq kuylash, musiqiy ritmik harakatlarni bajarish, musiqa 
tinglash, musiqiy savodxonlik, musiqa ijodkorligi, o‘quvchilar cholg‘u asboblarida chalish va 
hokazo. 
Dars musiqa tarbiyasi tizimida yetakchi omil hisoblanadi, chunki bunda barcha o‘quvchilar 
qamrab olinadi. Musiqa darsining muxim xususiyatlaridan biri shundaki, u ko‘proq ijodiy zavq, 
xissiy tuyg‘ular va obrazli kechinmalar uyg‘otishi bilan ajralib turadi. Musiqa, ayniqsa, 
o‘quvchilarning aqliy va axloqiy estetik jixatdan kamol topishiga rivojlanishiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Musiqa darsi o‘zining ajoyib xususiyatlari bilan boshqa fanlardan farq qiladi: 

Download 2,43 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish