JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/190
Sana18.10.2022
Hajmi4 Mb.
#27426
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   190
Bog'liq
28-18-PB (1)
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com
Volume – 5_ Issue-4_May_2022 
32 
Garchi keyinchalik Abdulla Oripov she’rlaridan tashqari Rauf Parfi, Xurshid 
Davron, Shavkat Rahmon, Muhammad Yusuf singari shoirlarning asarlari uyg’ur 
tilida ketma-ket chop etilgan, kitobxonlarning qalbini zabt etgan bo’lsa-da, hozirga 
qadar Abdulla Oripov uyg’ur kitobxonlarining sevimli va uyg’urlar orasida asarlari 
eng ko’p tarqalgan ijodkor bo’lib qolaverdi. 
Abdulla Oripovning she’riyatining uyg’ur adabiyoti va san’atiga ta’siri 2007-
yilga kelib yangi pallaga ko’tarildi. Shu yili Shinjondagi nashriyot uyg’urlarning 
taniqli xonandasi Mahmud Sulaymonning “Sog’inmadingmu?” albomidagi 
she’rlarni jamlab, nashr ettirdi. Albom 12 qo’shiqdan tarkib topgan bo’lib, ular 
sog’inch haqidagi she’rlardan tarkib topgan edi. Albomdagi Abdulla Oripovning 
“Sen bahorni sog’inmadingmu?” she’riga Mahmud Sulaymon tomonidan 
bastalangan qo’shiq ko’pchilikka manzur bo’ldi. 
Albom tarqalishidan oldin Mahmud Sulaymon bu qo’shiqni ko’pgina kontsertlarda 
ijro etib, tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo’lgan edi. Albom tarqatilgandan 
keyin bu qo’shiq Tangritog’ hududining janub va shimoliga keng tarqaldi, uyg’ur 
xalqi sevib tinglaydigan qo’shiqlardan biri bo’lib qoldi. 
Uyg’ur shoirlari orasida Abdulla Oripovning “Sen bahorni sog’inmadingmi?” 
she’riga taqlid qiluvchi ijodkorlar ham uchrab turadi. Quyida ularning ayrimlarini 
misol tariqasida keltirib o’tishni joiz deb bilaman. 
Jumladan, ushbu satrlar muallifi ham hali talabalik yillarimda – 1993 yilda “Sen 
bahorni sog’inmadingmu?” nomli Abdulla Oripovning o’z uslubida, unga o’xshatib 
she’r yozgan edim. Bu she’rni keyingi yillarda matbuotda e’lon qildirdim. 
Uyg’urlarning taniqli shoirlaridan biri Odil Tuniyaz (1971-yilda tug’ilgan. Hozirga 
qadar olti she’riy to’plami nashr qilingan, she’rlari xanzu (xitoy), ingliz kabi tillarga 
tarjima qilingan) “Sen bahorni sog’inmadingmu?” nomli she’r yozib e’lon qildirdi. 
Bu she’r shoirning 2006 yili nashr etilgan “Chambildagi kuz” nomli to’plamiga ham 
kirgizilgan. 
Yana bir iste’dodli shoir, “Turfan” nomli adabiy jurnalning bosh muharriri Umarjon 
Siddiqning (1970-yil tug’ilgan) “Sen bahorni sog’inmadingmu?” nomli she’ri ham 
ma’lum. 



Download 4 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   190




Download 4 Mb.
Pdf ko'rish