“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana17.05.2024
Hajmi0,51 Mb.
#239267
1   2   3   4
Bog'liq
140-143 (3)

 
 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN 
UZBEKISTAN” JURNALI 
VOLUME 1, ISSUE 3, 2023. JULY 
141 
nuqsoni bo‘lgan bolalar maktabida ona tili o‘qitish maxsus uslubiyatiga 
yondashgan tarzda ushbu darslikning vazifalari quyidagicha: 
-
zamonaviy bosqichda eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni ona tili faniga 
o‘qitishga qo‘yilgan talablarni yoritish; 
-
ona tili o‘qitish maxsus uslubiyatining metodologik asoslarini tavsiflash; 
-
ona tili o‘qitish maxsus uslubiyatini boshqa fanlar bilan bog‘liqligini 
ko‘rsatish; 
-
eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni ona tiliga o‘rgatish zamonaviy 
tizimini o‘ziga xosligini aniqlash; 
-
ona tiliga o‘rgatish davrlari vazifalari mazmuni, har bir davrda nutq 
ustidagi ishlarni o‘ziga hosligi bilan tanishtirish; 
-
og‘zaki nutqni shakllantirish bo‘yicha darslarni va darsdan tashqari 
mashg‘ulotlarni rejalashtirish malakasini shakllantirish; 
-
maxsus maktab dasturlaridan foydalanib, o‘qitishning har xil bosqichlariga 
xos darslar ishlanmasini tuzish qobiliyatini shakllantirish. 
Maxsus о‘qitish jarayonida eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda atrofdagilar 
og‘zaki nutqini qabul qilish malakalari shakllanadi, nutqiy ovoz va nafasdan 
foydalanish kо‘nikmalari ishlab chiqiladi, ayrim tovushlar, sо‘zlar va ularning 
birikmalarini talaffuz qilish asosida sо‘zlashuv nutqiga о‘qitishning dastlabki 
talablari bajariladi. Hatto oddiygina og‘zaki nutqni kо‘rib qabul qilish va talaffuz 
qilish surdopedagog hamda eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar tomonidan ma’lum 
vaqtni, mas’uliyatli e’tiborni talab qiladi. Shuning uchun og‘zaki nutq kar va zaif 
eshituvchi bolalarning eshituvchilar jamiyatida moslashishi uchun muhim vosita 
sifatida ta’limning boshlang‘ich (tayyorlov guruhi) davrida muloqot vositasi 
vazifasini bajara olmaydi.Eshituvchilar qо‘llaydigan nutqning yozma turi ham bu 
davrda о‘z xususiyatlari bilan kar va zaif eshituvchi bolalar uchun jonli muloqotda 
asosiy vosita sifatida ahamiyat kasb etmaydi. Kar va zaif eshituvchi bolalarga 
atrofdagilar bilan og‘zaki, yozma muloqot qilishni о‘rgatishdagi qiyinchilik birorta 
yordamchi vositaga, masalan, daktil nutqqa ehtiyojni tug‘diradi. 
Daktil nutq orqali bola о‘z xohishi, istagi, iltimosini ifoda etadi va shu о‘rinda 
daktil nutqni qо‘llay oladigan atrofdagi insonlar fikrini tushunadi. Tayyorlov 
guruhiga kelgan bola daktil belgilarni juda tez va hatto darsdan tashqarida ham 
о‘zlashtiradi. Shuning uchun о‘qitishning dastlabki davrida daktil nutq sо‘zlashuv 
nutqining bir turi sifatida xizmat qiladi. Bu esa kar va zaif eshituvchi bolalarda



Download 0,51 Mb.
1   2   3   4




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish