Eslatma: 1) undosh bilan tugagan barcha fe’llarga -uv




Download 1.14 Mb.
bet4/8
Sana24.02.2024
Hajmi1.14 Mb.
#161686
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
imlo qoidalari
@yosh ustozlar navoiy tadbir ishlanma, O’rni qoplanmaydigan aminokislotalar va ularni olinish usullari -fayllar.org, Informatika Savollar UZB 11, Лист Microsoft Excel, Document 16, 638349504672680266, Glossary, 19-mavzu 7-23, 693,694-19 Menejment mus. ish, 1 курс, module2, 5-mavzu. Pythonda sikllar, 10 SS, Документ Microsoft Word
Eslatma:
1) undosh bilan tugagan barcha fe’llarga -uv qo‘shiladi: ol — oluv, yoz — yozuv kabi; 2) undosh bilan tugab, tarkibida u unlisi bor fe’lga -uq qo‘shiladi: uz — uzuq,
yut — yutuq kabi. Lekin uyushiq, burushiq,uchuriq (shuningdek bulduriq) kabi
so‘zlarning uchinchi bo‘g‘inida i aytiladi va shunday yoziladi. 34. k, q undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga, shuningdek, bek, yo‘q kabi ayrim bir bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k undoshig undoshiga, q undoshi g‘ undoshiga aylanadi va shunday yoziladi: tilak — tilaging, yurak
— yuragim, kubok — kubogi, bek — begi; tayoq — tayog‘i, qoshiq — qoshig‘i,
yaxshiroq — yaxshirog‘i, yo‘q — yo‘g‘i kabi. Lekin ko‘p bo‘g‘inli o‘zlashma so‘zlarga, bir bo‘g‘inli ko‘pchilik so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k, q tovushi aslicha
aytiladi va yoziladi: ishtirok — ishtiroki, ocherk — ocherki, erk — erki, huquq — huquqim, ravnaq — ravnaqi, yuq — yuqi kabi.
35. Quyidagi qo‘shimchalar qo‘shilishi bilan so‘zning tarkibida tovush tushadi yoki ortadi:
1) o‘rin, qorin, burun, o‘g‘il, bo‘yin, ko‘ngil kabi ba’zi so‘zlarga egalik
qo‘shimchasi qo‘shilganda, qayir, ayir kabi fe’llarga nisbat shaklini yasovchi -il qo‘shimchasi qo‘shilganda, ikki, olti, yetti so‘zlariga -ov, -ala qo‘shimchalari qo‘shilganda ikkinchi bo‘g‘indagi unli aytilmaydi va yozilmaydi: o‘rin — o‘rnim, qorin
— qorni, burun — burning, o‘g‘il — o‘g‘ling, ko‘ngil — ko‘ngli, yarim — yarmi; qayir — qayril, ulug‘ — ulg‘ay, sariq — sarg‘ay, ikki — ikkov, ikki — ikkala, yetti — yettov
kabi;
2) u, bu, shu, o‘sha olmoshlariga -da, -dan, -day, -dagi, -ga, -gacha, -cha
qo‘shimchalari qo‘shilganda n tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: unda, bunday, shunda, o‘shancha kabi; bu olmoshlarga egalik qo‘shimchalari quyidagicha
qo‘shiladi; buningiz, o‘shanisi kabi;
3) o, o‘, u, e unlilari bilan tugaydigan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari quyidagicha qo‘shiladi: a) ko‘pchilik so‘zlarga egalik qo‘shimchalari -m, -ng, -si; -miz, -ngiz, -si (yoki -
lari) shaklida tovush orttirmay qo‘shiladi: bobom, bobong, bobosi, bobomiz, bobongiz, bobosi (yoki bobolari); orzum, orzung, orzusi; orzumiz, orzungiz, orzusi kabi;
b) parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo so‘zlariga I, II shaxs egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda bir y tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi:
parvoyim, parvoying; parvoyimiz, parvoyingiz; obro‘yim, obro‘ying; obro‘yimiz,
obro‘yingiz kabi; III shaxs egalik qo‘shimchasi parvo, avzo, obro‘, mavqe so‘zlariga -yi shaklida, xudo, mavzu so‘zlariga esa -si shaklida qo‘shiladi

Download 1.14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1.14 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Eslatma: 1) undosh bilan tugagan barcha fe’llarga -uv

Download 1.14 Mb.