• 2) ae, oe unlilari so‘z ichida kelganda ikkinchi unli y aytilsa ham, asliga muvofiq e yoziladi: aerostat, poema kabi.
  • Undoshlar imlosi 8. B b
  • Yonma-yon keladigan unlilar imlosi




    Download 1.14 Mb.
    bet2/8
    Sana24.02.2024
    Hajmi1.14 Mb.
    #161686
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    imlo qoidalari
    @yosh ustozlar navoiy tadbir ishlanma, O’rni qoplanmaydigan aminokislotalar va ularni olinish usullari -fayllar.org, Informatika Savollar UZB 11, Лист Microsoft Excel, Document 16, 638349504672680266, Glossary, 19-mavzu 7-23, 693,694-19 Menejment mus. ish, 1 курс, module2, 5-mavzu. Pythonda sikllar, 10 SS, Документ Microsoft Word
    7. Yonma-yon keladigan unlilar imlosi:
    1) unlilar orasiga ba’zan y undoshi qo‘shib aytilsa ham, yozilmaydi. a) ia: material, milliard, radiator; tabiat, shariat kabi; b) io: biologiya, million, stadion, radio kabi; v) ai: mozaika, ukrain, said, maishat kabi; g) oi: alkoloid, ellipsoid, doim, shoir, oila kabi; d) ea: teatr, okean, laureat kabi;
    2) ae, oe unlilari so‘z ichida kelganda ikkinchi unli y aytilsa ham, asliga muvofiq e yoziladi: aerostat, poema kabi.
    Boshqa hollarda yonma-yon kelgan unlilar odatda aynan aytiladi va yoziladi: manfaat, kauchuk, aorta, saodat, burjua, shuaro, inshoot, sanoat, vakuum, muammo, matbuot, tabiiy, rioya va boshqalar.
    Undoshlar imlosi
    8. B b harfi:
    1) bobo, bahor, bir, majbur, zarb kabi so‘zlarda jarangli portlovchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;
    2) kitob, yuzlab, kelib kabi so‘zlar oxirida p aytilsa ham, b yoziladi.
    3) qibla, tobla kabi so‘zlarda ba’zan v aytilsa ham, b yoziladi;
    9. P p harfi paxta, pichoq, opa, tepa, tup, yop kabi so‘zlarda jarangsiz portlovchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi.
    10. V v harfi:
    1) ov, suv, kuyov; ovoz, savol; volida, vatan kabi so‘zlarda ovozdor sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;
    2) avtobus, avtomat kabi o‘zlashma so‘zlarda v ba’zan f aytilsa ham, v yoziladi.
    11. F f harfi:
    1) fan, fe’l, futbol, fizika; asfalt, juft; insof, isrof kabi so‘zlarda jarangsiz sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;
    2) fasl, fayz, Fotima, fursat kabi so‘zlarda f tovushi ba’zan p aytilsa ham, asliga muvofiq f yoziladi.
    12. M m harfi moy, muborak, tomon, ilhom kabi so‘zlarda ovozdor lab-lab burun undoshini ifodalash uchun yoziladi.
    13. D d harfi:
    1) dala, odat, bunyod, modda, jiddiy kabi so‘zlarda til oldi jarangli portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi;
    2) obod, savod, marvarid; zavod, pud, sud; badqovoq, badxo‘r kabi so‘zlarda t aytilsa ham, d yoziladi.
    14. T t harfi tong, tun; butun, o‘tin, o‘t, kut kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
    15. Z z harfi:
    1) zar, zamon, toza, o‘zbek, yoz, g‘oz kabi so‘zlarda til oldi jarangli sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi;
    2) iztirob, izquvar, bo‘zchi, tuzsiz kabi so‘zlarda jarangsiz undoshdan oldin s aytilsa ham, z yoziladi.
    16. S s harfi sog‘, somon, oson, asos, olmos kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
    17. Sh sh harflar birikmasi shahar, shisha, shodlik; ishq, pishiq; bosh, tosh kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.

    Download 1.14 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1.14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yonma-yon keladigan unlilar imlosi

    Download 1.14 Mb.