• ё, ю, я
  • ) ю, я, е
  • Jurayeva L. J. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari harflar imlosi unlilar imlosi




    Download 1.14 Mb.
    bet8/8
    Sana24.02.2024
    Hajmi1.14 Mb.
    #161686
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    imlo qoidalari
    @yosh ustozlar navoiy tadbir ishlanma, O’rni qoplanmaydigan aminokislotalar va ularni olinish usullari -fayllar.org, Informatika Savollar UZB 11, Лист Microsoft Excel, Document 16, 638349504672680266, Glossary, 19-mavzu 7-23, 693,694-19 Menejment mus. ish, 1 курс, module2, 5-mavzu. Pythonda sikllar, 10 SS, Документ Microsoft Word
    “IMLO QOIDALARI”GA ILOVA
    O‘zbek kirill alifbosidagi ayrim harf va belgilar o‘zbek lotin alifbosida quyidagicha aks ettiriladi: 1. ё, ю, я harflari o‘rniga qaysi harflarni yozish ular bajaradigan vazifaga bog‘liq: 1) ikki tovushni (y+unli) ifodalashga xizmat qilsa, yo, yu, ya harflari yoziladi: ёмғир – yomg‘ir, заём – zayom; ютуқ – yutuq, юрист – yurist; яхши – yaxshi, ядро – yadro kabi; 2) o‘zidan oldin kelgan undoshning yumshoq ekanini ko‘rsatishga xizmat qilsa, ikki xil: a) asosan bir harf: ё harfi o‘rniga o harfi, ю harfi o‘rniga u harfi, я harfi o‘rniga a harfi yoziladi: стажёр – stajor, бюджет – budjet, фляга – flaga kabi; b) so‘zning talaffuzi keskin o‘zgarib ketmasligi uchun qisman ё harfi o‘rniga yo harflari, ю harfi o‘rniga yu harflari, я harfi o‘rniga ya harflari yoziladi: плёнка – plyonka, бюрократ – byurokrat, славян – slavyan kabi.
    Demak, ё, ю, я harflarini ikkinchi vazifasida qanday yozish bo‘yicha aniq qoida berib bo‘lmaydi, bunday harf qatnashgan so‘zning to‘g‘ri yozilishi “Imlo lug‘ati”da aks ettiriladi. 2. ь belgisi: 1) undosh tovushning yumshoqligini ko‘rsatsa, yozilmaydi: альбом – albom, апрель – aprel kabi; 2) ayirish belgisi vazifasini bajarsa, ikki xil: a) ю, я, е harflaridan oldin kelganda tushirib, harf o‘rniga yu, ya, ye harflari yoziladi: интервью – intervyu, фортепьяно – fortepyano, премьера – premyera kabi; b) o, u harflaridan oldin kelganida belgi o‘rniga y harfi yoziladi: павильон – pavilyon, Ильин – Ilyin kabi. 3. ъ belgisi: 1) rus tilidan olingan so‘zlarda tashlanib, undan keyin kelgan е, ю harflari o‘rniga ye, yu harflari yoziladi: разъезд – razyezd, адъютант – adyutant kabi; 2) arab tilidan olingan so‘zlarda bu belgi tutuq belgisiga almashtiriladi: маъно – ma’no, санъат – san’at kabi. 4. ц harfi o‘rniga: 1) so‘z oxirida, so‘z boshida, old qo‘shimchadan keyin s harfi yoziladi: кварц – kvars, целлофан – sellofan, антициклон – antisiklon, конструкция – konstruksiya kabi; 2) so‘zning ma’noli qismi ichida unlidan keyin ts yoziladi: глицерин – glitserin, конституция – konstitutsiya kabi.
    Download 1.14 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1.14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jurayeva L. J. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari harflar imlosi unlilar imlosi

    Download 1.14 Mb.