• ASOS VA QO‘SHIMCHALAR IMLOSI 33. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan so‘z oxiridagi unli o‘zgaradi: 1) a
  • Sh harflari ikki tovushni ifodalasa, ular orasiga ’ tutuq belgisi qo‘yiladi: Is’hoq, as’hob kabi. 18. J j




    Download 1.14 Mb.
    bet3/8
    Sana24.02.2024
    Hajmi1.14 Mb.
    #161686
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    imlo qoidalari
    @yosh ustozlar navoiy tadbir ishlanma, O’rni qoplanmaydigan aminokislotalar va ularni olinish usullari -fayllar.org, Informatika Savollar UZB 11, Лист Microsoft Excel, Document 16, 638349504672680266, Glossary, 19-mavzu 7-23, 693,694-19 Menejment mus. ish, 1 курс, module2, 5-mavzu. Pythonda sikllar, 10 SS, Документ Microsoft Word
    Sh harflari ikki tovushni ifodalasa, ular orasiga ’ tutuq belgisi qo‘yiladi: Is’hoq, as’hob kabi.
    18. J j harfi:
    1) jon, jahon, jiyda, tijorat; rivoj, vaj kabi so‘zlarda til oldi jarangli qorishiq undoshni ifodalash uchun yoziladi;
    2) jurnal, projektor; gijda, ajdar; garaj, tiraj kabi o‘zlashma so‘zlarda til oldi jarangli sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
    19. Ch ch harflar birikmasi choy, chevar, chiroyli, chaman; achchiq, uchun, bichiqchi; kuch, kech kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz qorishiq undoshni ifodalash uchun yoziladi.
    • 20. R r harfi rahmat, rohat, orom, doira, bor, diyor kabi so‘zlarda til oldi ovozdor titroq, undoshni ifodalash uchun yoziladi.
    • 21. L l harfi lola, loyiq, la’l, iloj, mahal kabi so‘zlarda sirg‘aluvchi ovozdor yon undoshni ifodalash uchun yoziladi.
    • 22. N n harfi : 1) non, nomus; ona, tana; bilan, tomon kabi so‘zlarda til oldi ovozdor burun undoshini ifodalash uchun yoziladi; 2) shanba, yonbosh, jonbozlik; yonma-yon, ko‘rinmaslik kabi so‘zlarda n tovushi ba’zan m aytilsa xam, n yoziladi.
    • 23. G g harfi gul, go‘zal; ega, gugurt; teg, eg kabi so‘zlarda til oldi jarangli portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
    • 24. K k harfi ko‘l, ko‘ylak; uka, moki; tok, bilak kabi so‘zlarda til orqa jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
    • 25. Y y harfi yo‘l, yigit, yetti, yaxshi, yoz, yulduz; tuya, dunyo, tayyor; soy, tuy kabi so‘zlarda til o‘rta sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
    • 26. Ng ng harflar birikmasi yangi, ko‘ngil, dengiz, singil, keling, bordingiz; tong, ming, teng kabi so‘zlarda til orqa ovozdor burun tovushini ifodalash uchun yoziladi.

    ASOS VA QO‘SHIMCHALAR IMLOSI
    33. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan so‘z oxiridagi unli o‘zgaradi: 1) a unlisi bilan tugagan fe’llarga -v, -q, -qi qo‘shimchasi qo‘shilganda a unlisi o
    aytiladi va shunday yoziladi: sayla — saylov, sina — sinov, aya — ayovsiz; so‘ra — so‘roq, bo‘ya — bo‘yoq; o‘yna — o‘ynoqi, sayra — sayroqi kabi;
    2) i unlisi bilan tugagan ko‘pchilik fe’llarga -v, -q qo‘shimchasi qo‘shilganda bu
    unli u aytiladi va shunday yoziladi: o‘qi — o‘quvchi, qazi — qazuvchi, sovi — sovuq
    kabi. Lekin i unlisi bilan tugagan ayrim fe’llarga -q qo‘shimchasi qo‘shilganda bu unli i aytiladi va shunday yoziladi: og‘ri — og‘riq, qavi — qaviq kabi.

    Download 1.14 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1.14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sh harflari ikki tovushni ifodalasa, ular orasiga ’ tutuq belgisi qo‘yiladi: Is’hoq, as’hob kabi. 18. J j

    Download 1.14 Mb.