• KO‘CHIRISH QOIDALARI
  • (sh, ch, ng)
  • Jurayeva L. J. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari harflar imlosi unlilar imlosi




    Download 1.14 Mb.
    bet7/8
    Sana24.02.2024
    Hajmi1.14 Mb.
    #161686
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    imlo qoidalari
    @yosh ustozlar navoiy tadbir ishlanma, O’rni qoplanmaydigan aminokislotalar va ularni olinish usullari -fayllar.org, Informatika Savollar UZB 11, Лист Microsoft Excel, Document 16, 638349504672680266, Glossary, 19-mavzu 7-23, 693,694-19 Menejment mus. ish, 1 курс, module2, 5-mavzu. Pythonda sikllar, 10 SS, Документ Microsoft Word
    BOSH HARFLAR IMLOSI
    66. Kishining ismi, ota ismi, familiyasi, taxallusi, ramziy atoqli oti bosh harf
    bilan boshlanadi: Dilbar O‘rinova, Muhabbat Majidovna, Azamat Shuhrat o‘g‘li, Hamza Hakimzoda, Muhammadsharif So‘fizoda, Mannon Otaboy, Navoiy, Furqat; Yelpig‘ichxon, Salomjon Alikov kabi.
    67. Joy nomlari bosh harf bilan boshlanadi: Andijon, Yangiyo‘l (shaharlar),
    Naymancha, Buloqboshi (qishloqlar), Bodomzor, Chig‘atoy (mahallalar), Zavraq (dara), Yarqoq (yaylov), Qoratog‘, Pomir (tog‘lar), Oqtepa, Uchtepa (tepalar), Zarafshon,
    Sirdaryo (daryolar), Yoyilma (kanal); Turkiya, Hindiston (mamlakatlar) kabi. Bunday atoqli ot tarkibidagi sifatlovchi ham bosh harf bilan yoziladi: Shimoliy Kavkaz, Markaziy
    Qizilqum kabi.
    68. Yulduz va sayyoralar, boshqa xil osmon jismlarining atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Hulkar, Qavs, Mirrix (yulduz va sayyoralar nomi), Tinchlik dengizi (Oydagi relyef nomi) kabi. Yer, quyosh, oy turdosh otlari sayyora nomi bo‘lib kelgandagina bosh harf bilan yoziladi: Yer Quyosh atrofida, Oy Yer atrofida aylanadi. 69. Madaniy-maishiy va savdo korxonalariga, adabiyot va san’at asarlariga, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlariga, shuningdek, transport vositalari, sport inshootlariga qo‘yilgan nomlar bosh harf bilan boshlanadi: “Tong” (mehmonxona), “Saodat” (firma), “Navro‘z” (xayriya jamg‘armasi), “Kamalak” (matbaa birlashmasi), “G‘uncha” (bog‘cha), “Botanika” (sanatoriy), “Paxtakor” (stadion), “Qutlug‘ qon” (roman), “Dilorom” (opera), “Tanovar” (kuy), “Ozodlik” (haykal), “Jasorat” (yodgorlik), “Sino” (sovutgich) kabi. 70. Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so‘z bosh
    harf bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Xotira kuni, Ramazon hayiti, Navro‘z bayrami
    kabi.
    KO‘CHIRISH QOIDALARI
    75. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismi keyingi satrga
    bo‘g‘inlab ko‘chiriladi: to‘q-son, si-fatli, sifat-li, pax-takor, paxta-kor kabi. Tutuq
    belgisi oldingi bo‘g‘inda qoldiriladi. va’-da, ma’-rifat, mash’-al, in’-om kabi. 76. So‘zning bosh yoki oxirgi bo‘g‘ini bir harfdan iborat bo‘lsa, ular quyidagicha ko‘chiriladi: 1) so‘z boshidagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi oldingi satrda qoldirilmaydi: a-badiy emas, aba-diy, e-shikdan emas, eshik-dan kabi; 2) so‘z oxiridagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi keyingi satrga ko‘chirilmaydi: mudofa-a emas, mudo-faa, matba-a emas, mat-baa kabi. 77. O‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko‘chiriladi: 1) ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi: dia-gramma,
    mono-grafiya kabi;
    2) uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi: silin-drik kabi. 78. Bir tovushni ko‘rsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) birgalikda
    ko‘chiriladi: pe-shayvon, pe-shona, mai-shat, pi-choq, bi-chiq-chi, si-ngil, de-ngiz kabi.
    79. Bosh harflardan yoki bo‘g‘inga teng qism va bosh harfdan iborat qisqartmalar, shuningdek, ko‘p xonali raqamlar satrdan satrga bo‘lib ko‘chirilmaydi.
    AQSh, BMT, ToshDU, 16, 245, 1994, XIX kabi. 80. Harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi:
    5-“A” sinfi, V “B” guruhi, 110 gr, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm kabi.
    81. Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga ko‘chirilmaydi: “Navro‘z — 92”(festival), “O‘qituvchi — 91”(ko‘rik tanlov),
    “Andijon — 9”, “Termiz — 16” (g‘o‘za navlari), “Boing — 767” (samolyot),
    “Foton — 774” (televizor) kabi. 82. A.J. Jabborov, A.D. Abdullayev kabilarda ismning va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib ko‘chirilmaydi. Shuningdek, v.b. (va
    boshqalar), sh.k. (shu kabilar) singari harfiy qisqartmalar oldingi so‘zdan ajratib ko‘chirilmaydi.

    Download 1.14 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1.14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jurayeva L. J. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari harflar imlosi unlilar imlosi

    Download 1.14 Mb.