• CHIZIQCHA BILAN YOZISH
  • Jurayeva L. J. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari harflar imlosi unlilar imlosi




    Download 1.14 Mb.
    bet5/8
    Sana24.02.2024
    Hajmi1.14 Mb.
    #161686
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    imlo qoidalari
    @yosh ustozlar navoiy tadbir ishlanma, O’rni qoplanmaydigan aminokislotalar va ularni olinish usullari -fayllar.org, Informatika Savollar UZB 11, Лист Microsoft Excel, Document 16, 638349504672680266, Glossary, 19-mavzu 7-23, 693,694-19 Menejment mus. ish, 1 курс, module2, 5-mavzu. Pythonda sikllar, 10 SS, Документ Microsoft Word
    QO‘SHIB YOZISH
    38. Xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat,
    talab kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi:
    qabulxona, tabriknoma, taklifnoma, bedapoya, ommabop, xushxabar, hamsuhbat, orombaxsh, kamquvvat, bug‘doyrang, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi.
    39. -(a)r (inkor shakli — -mas) qo‘shimchasi bilan tugaydigan qo‘shma ot va
    qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: o‘rinbosar, otboqar, cho‘lquvar, ishyoqmas, qushqo‘nmas kabi.
    40. Takror taqlid so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shish bilan yasalgan ot va fe’llar
    qo‘shib yoziladi: pirpirak (pir-pir+ak), bizbizak (biz-biz+ak), hayhayla (hay-hay+la), gijgijla (gij-gij+la) kabi.
    41. Narsani (predmetni) boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash), o‘xshatish yo‘li bilan bildiruvchi qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: karnaygul,
    qo‘ziqorin, otquloq, oybolta, devqomat, sheryurak, bodomqovoq, qirg‘iyko‘z kabi.
    42. Narsani uning rangi, mazasi, o‘zidagi biror narsasi va shu kabi belgilari asosida bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh,
    mingoyoq kabi.
    CHIZIQCHA BILAN YOZISH
    51. Juft so‘z va takror so‘z qismlari chiziqcha bilan yoziladi: el-yurt, mehr-
    shafqat, qovun-tarvuz, omon-eson, kecha-kunduz, yozin-qishin, asta-sekin, uch-to‘rt, o‘n-o‘n beshta (10-15 ta), bilinar-bilinmas, bordi-keldi, kuydi-pishdi, don-dun, oz-moz, mayda-chuyda, aldab-suldab, o‘ylab-netib, so‘ramay-netmay, kiyim-kechak, adi-badi, ikir-chikir, duk-duk, taq-tuq, qop-qop, ming-ming (ming-minglab), bitta-bitta (bitta- bittalab), baland-baland, chopa-chopa, ishlay-ishlay, yaqin-yaqinlargacha, hamma- hammasi, uy-uyiga, ich-ichidan kabi.
    Eslatma:
    1) juft so‘zdan qo‘shimcha yordamida yasalgan so‘zlar ham chiziqcha bilan
    yoziladi: baxt-saodatli, xayr-xo‘shlashmoq kabi;
    2) juft so‘z qismlari orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi: do‘st-u dushman (do‘st-dushman), kecha-
    yu kunduz (kecha-kunduz) kabi;
    3) yetakchi va ko‘makchi fe’l bir xil shaklda bo‘lsa, chiziqcha bilan yoziladi:
    yozdi-oldi, borasan-qo‘yasan, uxlabman-qolibman kabi. 52. Belgini kuchaytiruvchi qip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi,
    to‘ppa-to‘g‘ri, bab-baravar kabi so‘z shakllari chiziqcha bilan yoziladi (lekin oppoq so‘zi qo‘shib yoziladi). 53. So‘zning -ma, ba- yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yoziladi:
    ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy, rang-barang, dam-badam kabi. Lekin mustaqil
    ishlatilmaydigan qism qatnashsa, bunday so‘zlar qo‘shib yoziladi: ro‘baro‘, darbadar kabi.

    Download 1.14 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1.14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jurayeva L. J. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari harflar imlosi unlilar imlosi

    Download 1.14 Mb.