Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/266
Sana23.01.2024
Hajmi4,29 Mb.
#143747
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   266
Bog'liq
11-son PM Ped Psixolo

Muhokamalar va natijalar. Maqsadli tashkil qilinadigan mashg‘ulotlarda talabalar internet, ilmiy-
ommabop filmlar, ilmiy jurnallar, ilm-fan yangiliklari va ajoyib kashfiyotlar bilan tanishishlari ularda ilmiy 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
127 
tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘nalishlari uchun asos bo‘ladi. Talabalarni birinchi navbatda dalillar bilan 
tanishtirish maqsadga muvofiq. Ilmiy dalilning asosi nimada, u yoki bu kashfiyot, muvaffaqiyatning 
mohiyati nimada va uni qanday yo‘l bilan amalaga oshirish lozimligi ham juda muhim sanaladi. Buni 
talabalar onggiga, albatta, ularga tushunarli tarzda va tegishli shaklda yetkazish katta ahamiyat kasb etadi. 
Hozirgi kunda talabalarni “bilim xazinasiga dalillarni yig‘ishga” o‘rgatishning o‘zi yetarli emas. Hayot 
talabalaridan ma’lum hodisa va jarayonlarning mohiyatini payqashni, ularni tushuntirishga harakat qilishni, 
ular orasidagi aloqalarni topishni o‘rganishni talab qiladi. Talabadan nafaqat o‘rgatilgan bilimni o‘zlashtirish, 
balki o‘zi mustaqil izlanib o‘rganilgan bilimlarni amalda qo‘llashni ham bilish talab qilinadi. Buning uchun 
ta’lim jarayonini axborotlashtirish, ijtimoiylashtirish va integratsiyalashtirish kerak bo‘ladi. 
Bugungi kunda pedagogik ta’lim yo‘nalishi talabalarini ilmiy –tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘naltirish 
uchun zamonaviy yondoshuvlar asosida ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tadbiq qilish davr talabi 
hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda XXI asrda ta’limning barcha bosqichlarida ta’lim 
oluvchilarni faollashtirishda, turli faoliyatda muloqotda, kognitiv tadqiqot faoliyatida, dizayn va hokazolarda 
tashabbus va mustaqillik ko‘rsatishlarida STEAM ta’limi texnologiyalari muhim hisoblanadi.
“STEAM - ta’lim” (Science - tabiiy fanlar, Technology - texnologiyalar, Engineering - texnik 
ijodkorlik, Art - san’at va ijod, Mathematics - matematika) yondashuvi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil 
etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.[2]
“STEAM ta’limi” atamasi fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika sohalarida o‘qitish va 
o‘rganishni anglatadi. U odatda maktabgacha ta’limdan doktorlik bosqichigacha bo‘lgan barcha 
jarayonlardagi ta’lim faoliyatini o‘z ichiga oladi. 
STEAM taʼlimi amaliy mashgʻulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qoʻllash 
tushuniladi. 
STEAM ta’limi tahsil oluvchilarga tajriba o‘tkazish, modellar yaratish, mustaqil ravishda ijod qilish, 
o‘z g‘oyalarini amaliy sinab ko‘rish va yakuniy mahsulotni yaratishga imkon beradi.
L.I. Suvonovaning “Bitiruvchilаrning pedаgogik texnikаsini STEAM texnologiyalаri аsosidа 
rivojlаntirish” nomli avtoreferatida STEAM texnologiyalari asosidagi bitiruvchilarni kasbiy faoliyatga 
yo‘llash bosqichlari quyidagicha ko‘rsatib o‘tilgan: 1) motivatsion-maqsadli: o‘z kasbiy faoliyatida STEAM 
texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati va zaruriyatini anglab yetadi. Bunda ta’lim va rivojlanishning 
trayektoriyasi namoyon bo‘ladi; 2) mazmunli-faoliyat: STEAM texnologiyalaridan foydalanishning 
mazmunida ifodalanadi va o‘quv materiallari bankini yaratish imkoniyati kengayadi; 3) natijaviy-refleksiv: 
yuqori sifatli pedagogik texnikaning shakllanishidagi STEAM texnologiyasi dinamikasi kuzatiladi va bilish 
faoliyatini samarali tashkil etish imkoniyati kengayadi. [3.12-b]
Hozirgi vaqtda “aql” va “intellektual qobiliyatlar” atamalarining turli xil talqinlari mavjud. Aql eng 
keng tarqalgan tushuncha hisoblanadi va “Idrok jarayonini amalga oshirish va muammolarni samarali hal 
qilish qobiliyati, maqsadga erishish uchun o‘z harakatlarini rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish 
qobiliyati” kabilarni nazarda tutadi. 
Aql va intellektual qobiliyatni tushunish uchun zarur bo‘lgan yangi va chuqur bilimga ega bo‘lishda 
narsani tushunish; mavjud tajribadan foydalanish qobiliyati va asosiyni ikkilamchidan ajratish; izchillik, 
tanqidiylik, kenglik va ijodiy fikrlash qobiliyati; qonunlarni umumlashtirish, mavhumlash va topish 
qobiliyati, o‘rganish qobiliyati kabilar nazarda tutiladi.
Zamonaviy yondoshuvlar asosida ta’lim texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq qilish orqali 
talabalarda tadqiqotchilik faoliyatiga o‘rgatishda asosan quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq: 
- talabalarni o‘quv dasturidan tashqari bo‘lgan yangi bilim olishga qiziqtirish; 
- ijodkorlik va kashfiyot yaratishni o‘ziga xos tomonlarini o‘rgatish; 
- talabalarning yangi bilimlarni egallashlariga erishish; 
- ularning me’yoriy hujjatlar (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, tegishli qonunlar, har bir fan 
bo‘yicha yaratilgan kontseptsiya, davlat ta’lim standartlari va h.k.) o‘quv adabiyotlari, badiiy-ilmiy asarlar, 
amaliy materiallar, statistik ma’lumotlardan foydalanishga o‘rgatish; 
- zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish, asosiy kompyuter dasturlari 
bilan ishlash layoqatlarini tarkib toptirish hamda internet axborot tizimidan foydalanishga o‘rgatish; 
- yig‘ilishlarda yaratayotgan ilmiy maqolalari bilan chiqish (taqdimot) qilish, o‘z fikrini bildirish, 
boshqalarga o‘z fikrini yetkaza bilish va uqtira olish, fikrlarini asoslash, o‘z fikrlarini auditoriya bilan 
o‘rtoqlashishga o‘rgatish. 
STEAM yondashuvi an’anaviydan tubdan farq qilishini ko‘rishimiz mumkin, natijada talabalar 
quyidagi amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar: 
- talabalar o‘z-o‘zini tayyorlashga ko‘proq vaqt ajratadilar, muammolarni topishni va ularni mustaqil 
ravishda hal qilishni o‘rganadilar. 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
128 
- talabalar o‘zlarining muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz ta’lim tajribalarini bir-birlari bilan baham 
ko‘rishadi, loyihalar ustida birgalikda ishlashadi yoki muayyan muammolarni hal qilishadi. 
- Guruh talabalari yangi ko‘nikma va bilimlar yordamida o‘quv muammolarini hal qilish orqali bir-
birlariga yordam berishadi va bir-birlarini qo‘llab-quvvatlaydilar. 
Н.С. Сологуб, Е.Я. Аршанский o‘zlariningSTEAM-компетентность как интегративное 
качество современного педагога” nomli maqolasida STEAM yondashuvini ta’lim maydoniga kiritishda 
uning muvaffaqiyat darajasi bevosita o‘qituvchiga bog‘liq ekanligi bunga sabab o‘qituvchining STEAM 
ta’limi nima ekanligini tushunish darajasi, STEAM fanlarini integratsiyalash usullari, faoliyatda faqat o‘z 
fanini o‘qitish bilan cheklanmagan holda fanlararo aloqalarni amalga oshirishga qodir bo‘lishi, ijtimoiy-
madaniy makon kontekstida kasbiy bilimlarning muhimligi va XXI asr kompetentsiyalarini rivojlantirish 
zarurligini tushunadigan mutaxassis talabalarga ta’lim berishi kerakligi haqida so‘z yuritilgan. [4.60-b] 
STEAM ta’limi yondashuvi yangi g‘oyalarni yaratish qobiliyati, o‘z-o‘zini tayyorlash ko‘nikmalari, 
dalillar keltirish, jamoada ishlash, xatolarni doimiy ravishda tuzatish va o‘quv muammolarini hal qilish 
kabilarga asoslanadi. 
STEAM ta’limi yondashuvi bizning ta’limda ilmiylikka asoslanish jaraoyiniga bo‘lgan qarashimizni 
o‘zgartiradi. Amaliy qobiliyatlarga e’tibor qaratgan holda, talabalar iroda, ijodkorlik, moslashuvchanlikni 
rivojlantiradilar va boshqalar bilan hamkorlik qilishni o‘rganadilar.
STEM ta’limi - bu talabalarning ko‘nikmalarini oshirishning yangi bosqichiga chiqish imkonini 
beruvchi innovatsion metodologiya. Uning yordamida biz iqtisodiy mustaqil va raqobatbardosh ilg‘or kadrlar 
bazasini shakllantiramiz. 
STEM ta’limining afzalliklari: 
- Mavzu bo‘yicha emas, balki mavzular bo‘yicha integratsiyalashgan tarzda o‘rganishni tashkil qilish. 
- Ilmiy-texnik bilimlarni hayotda qo‘llash. 
- Tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish. 
- O‘ziga ishonchni shakllantirish. 
- Faol muloqot va jamoada ishlash. 
- Loyihalarga ijodiy va innovatsion yondashuvlar. 
- Erta professional orientatsiya. 
- Talabalarni hayotning texnologik yangiliklariga tayyorlash.[5. 45-b] 
STEAM XXI asrning innovatsion texnologiyalariga asoslangan yangi ta’lim tizimi hozirda turli 
darajalarda faol muhokama qilinayotgan alohida soha hisoblanadi. Qarashlarning mohiyati shundan iboratki: 
sanoat davrida savodxonlikni belgilovchi asosiy ko‘nikmalar o‘qish, yozish va arifmetika bo‘lgan bo‘lsa, 
XXI asrda asosiy e’tibor tanqidiy fikrlash qobiliyatiga, o‘zaro muloqot qilish va muloqot qilish qobiliyatiga, 
biznesga ijodiy yondashishga qaratilmoqda. Shunday qilib, kelajakning asosiy ko‘nikmalari shakllantirildi va 
ular quyidagicha: 
• Aloqa 
• Hamkorlik 
• Tanqidiy fikrlash 
• Ijodkorlik 
Bu ko‘nikmalarni faqat laboratoriyalarda yoki ma’lum matematik algoritmlarni bilish orqali olish 
yetarli bo‘lmaydi, mutaxassislar STEAM fanlarini tez-tez o‘rganishlari lozim. 
STEAM o‘quv dasturi STEM ta’limiga ijodkorlik g‘oyasini kiritadi. Bugungi dunyoda qutidan 
tashqarida o‘ylash qobiliyati juda qimmatli hisoblanadi. Innovatsiyalar doimiy o‘zgarishlarni yaratish 
potentsialiga ega bo‘lgan yangi mahsulotlar, yangi jarayonlar va g‘oyalarga olib keladi. 
Aytish joizki, STEAM kompetentsiyasining asoslari o‘qituvchining professional standarti doirasida 
qo‘yilgan. Oliy ta’limning ta’lim standartida mutaxassisning quyidagi akademik kompetentsiyalari ro‘yxati 
keltirilgan: 
− asosiy ilmiy-nazariy bilimlarni nazariy va amaliy masalalarni yechishda qo‘llay bilish; 
− tadqiqotchilik ko‘nikmalariga ega bo‘lish; 
− yangi g‘oyalar yarata olish (ijodkorlikka ega bo‘lish); 
− muammolarni hal qilishda fanlararo yondashuvga ega bo‘lish; 
− o‘quv va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshira olish; 
− texnik qurilmalardan foydalanish, axborotni boshqarish va kompyuterda ishlash bilan bog‘liq 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi; 
− hayot davomida o‘rganish, o‘z mahoratini oshirish va h.k. 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
129 
AQShning tabiiy fanlar bo‘yicha ta’lim standartida (A Framework for K-12 Science Education) [6] 
STEAM yondashuvi kontekstida talabalar tomonidan talab qilinadigan asosiy kompetentsiyalarni 
quyidagicha ko‘rsatish mumkin: 
− savollar berish va muammolarni aniqlash; 
− modellarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish; 
− rejalashtirish va tadqiqot; 
− ma’lumotlarni tahlil qilish va izohlash; 
− hisoblash masalalarini yechishda matematikani qo‘llash; 
− mantiqiy dalillar keltirish va yechimlar ishlab chiqish; 
dalillardan foydalanish
− axborot sifati va uning uzatilishini baholash. 
STEAM ta’limi talabalarning individual rivojlanishiga ham, inson kapitali sifatini oshirishga ham 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, STEM ta’limini erta joriy etish talabalarni tanqidiy,ijodiy fikrlashga 
undaydi. Bu o‘quvchilarning o‘zlari muammolarga ijodiy yechim izlashni o‘rganishlariga hissa qo‘shadi. 
Ushbu ijodiy va innovatsion ko‘nikmalar potentsial ish beruvchilar tomonidan qo‘yiladigan talablarga javob 
beradi.
Bir guruh tadqiqotchi olimlar tomonidan yozilgan “Defining STEAM Approaches for Higher 
Education” nomli maqolaning baholash asoslarini yaratish qismida “Yangi metodologiyalarni ishlab chiqish 
bilan bir qatorda STEAM fanlari boʻyicha fanlararo hamkorlik samaradorligini baholash uchun baholash 
vositalarini yaratish ham mavjud. Bular STEAM say-harakatlaridan kelib chiqadigan noan’anaviy 
yondashuvlar va usullarning ahamiyatini aniqlashga, ularning samaradorligini baholashga va o‘quv 
dasturlarini loyihalash, ishtirok etish va siyosat doirasini kengaytirishga yordam berishi haqida so‘z boradi 
va quyidagilar keltirib o‘tiladi: 
• Loyiha orqali yaratilgan yangi usullarni baholash va kengroq tarqatish va amalga oshirish uchun 
baholash vositalarini ishlab chiqish. 
• Talabalarga o‘zlarining STEAM kompetentsiyalarini yaxshiroq tushunish va joylashtirish va 
STEAM tashabbuslarida ishtirok etishning afzalliklarini o‘rganish imkonini beruvchi o‘z-o‘zini baholash 
vositasini ishlab chiqish. 
• Loyiha doirasida yaratilgan STEAM ta’riflari va malakalaridan foydalangan holda hamkorlikni, 
hamkorlik usullarini va natijada olingan natijalarni baholash uchun butun loyihani darajali baholash. 
Birgalikda uchta maqsad - STEAM qo‘llanmasi, yangi usullar va baholash asoslari - Oliy ta’limda 
STEAM ning joriy holati va amaliyotini har tomonlama tanqidiy baholashni ta’minlash, shuningdek, sohani 
kengaytirish imkonini beradigan va yaratadigan amaliy vositalar to‘plamini taqdim etishga qaratilgan” ligi 
ta’kidlanadi.[7. 5-b] 
Oliy taʼlimda talabalar, oʻqituvchilar va tadqiqotchilarning “uy intizomi”, bilim bazasi va 
tarbiyalangan qobiliyatlari bilan bogʻliq mavjud shaxsiyatlariga eʼtiroz bildirishi mumkin. STEAM turli 
bo‘shliqlarni, ko‘nikmalar va malakalarni shakllantirishga imkon beradi va rivojlantiradi; lekin bu rassomlar 
olim bo‘lishlari kerak, olimlar esa rassom bo‘lishlari kerak degani emas. Biroq, “STEAM tizimi va yoki 
universitet STEAM madaniyati qanday ko‘rinishga ega?” va “Uni oliy ta’lim muassasasida qanday 
tashkillashtirish kerak?” degan savollarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir. 
“Defining STEAM Approaches for Higher Education” nomli maqolada hamkorlar STEAM ishlarining 
asosiy xususiyatlari, asosiy jihatlari va tushunchalarini yetti toifada o‘rganadilar. Ulardan tanqidiy fikrlash 
oliy ta’limda STEAM yondashuvining eng ko‘p aniqlangan sifati ekanligi ko‘zga tashlanadi. Biroq, tanqidiy 
fikrlashning o‘zi yetarli bo‘lgan asosiy qobiliyat deb hisoblanmaydi. Aksincha, olimlarning munozaralarida 
asosiy paradigma(lar)ga sifatlar uyg‘unligi va e‘tibor muhimligi ko‘rsatiladi. O‘rganilgan xususiyatlardan 
birgalikda foydalanish orqali STEAM qiymat, yangi istiqbollar va yangi fikrlash qo‘shadigan (aqliy, 
jismoniy, ijodiy) makon yaratadi. Tadqiqotchilar STEAM ta’rifi uchun quyidagi ko‘rinishni qabul qiladilar.
STEAMda oliy taʼlim yondashuvi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: 
• San’at va fanlarni teng asosga qo‘yadigan madaniyat (yoki madaniyatlar); 
• jarayonga asoslangan, talabalarga yo‘naltirilgan, yaxlit va noaniq yakuniy natijalar bilan qulay 
bo‘lish bilan birga muvaffaqiyatsizlikka ruxsat beruvchi paradigma doirasida ishlash; 
• hamkorlik, xilma-xillik va xavfsiz joylar orqali yetkazib berish; 
tubdan ochiqlik, moslashuvchanlik, mulohaza yuritish, tajriba va qiziquvchanlik ongini 
shakllantirish; 
• o‘rganish, hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradigan fazilatlarni shakllantirish; 
• baholash usullarini hisobga olgan holda yangilik yaratish va yaratishga urg‘u beradigan amaliyotlarni 
qo‘llab-quvvatlash; 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
130 
• tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish, shu bilan birga ularni 
yechimlarni ishlab chiqarishda qanday qo‘llash mumkinligini o‘rganish.[7.11-b] 
Oliy ta’limda innovatsion ta’lim texnologiyalari deganda ta’limda fanning zamonaviy yutuqlari va 
axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan usullar tushuniladi. Ular o‘quvchilarning ijodkorligi va 
mustaqilligini rivojlantirish orqali o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan. Ular onlayn ta’lim olish imkonini 
beradi; talabalarning o‘rganilayotgan fanga qiziqishini oshirish; o‘qishni kundalik hayot amaliyotiga 
yaqinlashtirish (samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, tez o‘zgaruvchan turmush sharoitlariga 
moslashish, psixologik stressga chidamliligini oshirish, nizolarni hal qilish ko‘nikmalarini o‘rgatish va 
boshqalar); yangi ilmiy bilimlarni olish usullarini ishlab chiqadi. 

Download 4,29 Mb.
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   266




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi

Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish