MAKTABGACHA VA BOSHLANGʻICH TA’LIM




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/266
Sana23.01.2024
Hajmi4,29 Mb.
#143747
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   266
Bog'liq
11-son PM Ped Psixolo

MAKTABGACHA VA BOSHLANGʻICH TA’LIM


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
214 
muammo biz uchun yangi emas, u doimo mavjud bo‘lgan. Biroq hozirgi davrda bu kabi o‘zaro ta’sirlar, 
inson jamiyatning atrof-muhit bilan o‘zaro keskin ta’sirining ekologik muammosi eng dolzarb masalalardan 
biridir.
Jamiyatda inson va tabiatning o‘zaro ta’siri ekologik madaniyatni bilish va uning qonun-qoidalariga 
rioya qilishni talab etadi. Bugungi kunga kelib ekologik madaniyatni ongli va maqsadli rivojlantirish taqozo 
etilib kelinmoqda. Bu butun ta’lim jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ygan holda, unda ekologik ta’limning rolini 
oshirmasdan qolishi mumkin emas. Chunki ekologik madaniyat tarbiyalashning asosi bo‘lib xizmat qiladi 
deya qo‘rqmasdan ta’kidlay olamiz. V.A.Suxamlinskiy aytganidek: “tabiatni inson tushungandagina tabiat 
uning tarbiya manbasi bo‘lib qoladi”[1]. Ushbu olimning fikri ham ta’kidlaydiki bolalarga ilk yoshdan 
boshlab tabiat haqida tushuncha paydo qilish, uni asrab-avaylashni o‘rgatish, ekologik madaniyatni bolalarga 
singdirishimiz zarur. Inson tabiatga o‘zini, o‘rab turgan muhitga nisbatan bo‘lgan o‘z munosabatini 
o‘zgartirishi, tabiat qonunlarini bilishi, o‘rganishi va ularning asosida o‘z hayotini rivojlantirishi shart, shu 
sababdan tabiat qonunlariga mos keladigan hayot yo‘llari ishlab chiqilishi kerak. Bu chora tadbirlar ishlab 
chiqilmagan holda hayot davom etsa inson va jamiyat katta tabiiy ofatlarning kelib chiqishiga sababchi 
bo‘ladi. Ekologik ta’lim asosida shakllanuvchi ekologik madaniyat dunyoni yaxlit tushunishni, biosferaning 
noyob xususiyatlarini, undagi odamning hukmron mavqeini bilishga asoslangan turli xil inson faoliyati 
sintezini aks ettiradi. Shuningdek, Ekolgik ta'lim va tarbiya - bu insonni tabiatga qadam qo’ygan vaqtdan 
boshlab, butun hayoti davomida tabiatdan ongli ravishda foydalanishga, psixologik, axloq-odob yuzasidan 
xalqimizning tabiatga hurmat va e’tibor bilan qaraydigan urf-odatlarini, udumlarini tarbiyalash, tabiiy 
boyliklarni ko'paytirish, bog‘-u-rog‘lar, gulzorlar tashkil qilishga undashdan, uning qalbida yaxshi xislatlar 
uyg’otishdan iboratdir[2] 
Zardushtiylik dinining asosiy manbasi hisoblangan “Avesto”da yer, suv, havoni bulg‘ash, ifloslantirish 
og‘ir gunoh sanalgan. Bunday ibratli tasdiqlash bugungi avlodlarni ham tabiatga, atrof-muhitga aslo 
vaxshiyona munosabatda bo‘lmaslikka chorlaydi [3].Shunindek zardushtiylik dini ham insonlarga tabiatni 
asrab-avaylash suvni isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, suv ariqlarini toza saqlash va ularga turli xil axlat va 
shu kabi narsalarni tashlamaslikka da’vat etgan. Bu kabi bizga tarixdan kelayotgan manbalar anchagina 
bisyor. Bunday manbalarga biz olim va mutaffakirlarning asarlari va fikrlarini, hayotiy tajribalarini 
aytishimiz mumkin. Masalan, sharq allomalaridan Abu rayhon Beruniy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Al-
Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino kabi buyuk mutafakkirlar o‘z asarlarida tabiatni muhofaza 
qilish, uni asrab-avaylash va bu ishlar amalga oshirilmasa qanday oqibatlarga olib kelishi haqida 
ma’lumotlar berib o‘tganlar. Ekologiya, ekologik madaniyat uni shakllantirish bo‘yicha nafaqat sharq 
mutaffakkirlari balki, g‘arb olimlari ham keng qamrovli ishlar olib borishgan va tajribalari va 
o‘rganganlarining hosilasi bo‘lgan bilimlarini bizga madaniy yodgorlik sifatida qoldirishgan. Masalan 
maktabgacha pedagogika sohasida ko‘plab ishlar olib brogan, Chexiyalik mashhur pedagog Yan Amos. 
Komenskiy bashariyat tarixidan demokratik pedagogikaning asoschisi sifatida o‘rin olganini bilamiz. Olim 
o‘zining ongli hayotini va amaliy pedagogik faoliyatini, yaratgan ilmiy asarlarini bolalarni o‘qitish va 
tarbiyalashdek oliyjanob ishga bag‘ishlagan. U shunday fikrlaydi-“ inson tabiatning eng go‘zal mavjudotidir. 
Inson tabiatga ergashib, hamma narsani bilib olishi mumkin”. O‘zining “Buyuk didaktika”, “Tillar hamma 
fanlarning ochiq eshigi”, “Fizika”, “Falakiyot”, “Onalar maktabi”, “Tinchlik farishtasi” kabi asarlarida 
o‘zining muhim pedagogik g‘oyalarini ifodalagan. Yan Amos Komenskiy maktablarning 4 turini yilning 4 
fasliga o‘xshatgan. “Onalar maktabi” xushbo‘y o‘simliklar, g‘uncha va gullarga burkangan ajoyib bahorni 
eslatadi. “Ona tili” maktabi yozga va ayrim erta pishgan mevalarga o‘xshaydi. “Gimnaziya”da dalalar, bog‘ 
va terakzorlardagi mo‘l hosilni yig‘ib, uni “aql xazinasi” ga joylayotgan kuz faslini eslatadi va nihoyat
“Akademiya” yig‘ilgan hosilni umr bo‘yi sarflashni mo‘ljallab taqsimlayotgan kishiga o‘xshatiladi. Yan 
Amos Komenskiy “Onalar maktabi” da 18 ta fandan ma’lumot olishni tavsiya etgan. Uning fikricha olti 
yashar bola: 
- suv, yer, havo, olov, yomg‘ir, qor, muz, tosh, temir, daraxt, o‘t, qush, baliq kabilarni; 
-yorug‘lik va qorong‘ulikning farqini, osmon, quyosh, oy, yulduzlar haqidagi bilimlarni, ularning har 
kuni chiqishi va botishi haqidagi tasavvurlarni; 
- o‘zi yashayotgan joyning xususiyatiga muvofiq tog‘, vodiy, dala, daryo, qishloq, shahar nima 
ekanligini bilishi kerakligini ilgari suradi. Yan Amos Komenskiy hamma narsani tabiatga bog‘lab 
tushuntirgan. U o‘quvchilar diqqatini jalb etish uchun kitoblarning nomini qiziqarli nomlab, mazmunini 
to‘liq ifodalab bergan. Uning aytishicha, bu sohada mavjud narsalardan eng chiroylisi bog‘ning turli 
manzaralaridan namuna olishdir. Masalan, nega endi 1- sinf uchun bitilgan kitobni “Gunafsha jo‘yagi”, 2- 
sinf kitobini — “Atirgul tupi”, 3- sinf kitobini — “Istirohat bog‘i” va hokazo deb nomlash mumkin emas? 
Yan Amos Komenskiy bolalarni tarbiyalashda tabiatning ahamiyatini o‘zining boshqa asarlarida ham ochib 
bergan. Yuqorida ko‘rib tahlil qilib chiqqan fikrlarimiz bolalarni tabiat bilan tanishtirishda, ekologik tarbiya 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
215 
berishda va ekologik madaniyatni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi va ulardan foydalanganimizda biz 
ta’lim jarayonida samara va sifatga erishamiz. 
Ekologik madaniyatni shakllantirishni yoshlikdan, aniqrog‘i maktabgacha yosh davridan ya’ni, 
uzluksiz ta’lim tizimining asosiy dastlabki bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim pog‘onasidan boshlash 
maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunga kelib ta’limning turli sohalaridagi islohotlar ham aynan maktabgacha 
ta’lim sohasidan boshlanmoqda. Sababi, maktabgacha yoshdagi bolalarni sog‘lom va barkamol shaxs sifatida 
maktab ta’limiga tayyorlash muhim hisoblanadi. Bolalarni atrof-muhit bilan tanishtirish, ekologiya, ekologik 
madaniyatga oid bilimlarni to‘g‘ri va sifatli bolalarga yetkazib berish, amalda uni bolalar qo‘llay olgan va 
oladigan vaziyatdagina, ya’ni bolalarni ekologik madaniyat saviyasini oshira olganimizda biz inson va tabiat 
oldidagi muammolarni bir qancha kamaytirishga olib keladi. 

Download 4,29 Mb.
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   266




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish