Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/266
Sana23.01.2024
Hajmi4,29 Mb.
#143747
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   266
Bog'liq
11-son PM Ped Psixolo

Asosiy qism. Hozirgi zamon talabi sifatida, dolzarb muammolarni hal qilishda jamiyatimiz 
kommunikativ va kreativligini ko‘rsatishga qodir bo‘lgan konstruktiv shaxsga muhtoj. Bu kabi shaxsning 
asosiy tamoyillari maktabgacha yosh davrlarida qo‘yilishi kerak. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari 
tarbiyachilar faoliyatining asosiy muammolaridan bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolaning shaxsiyatini 
rivojlantirish va uning maktabga tayyorligi kabilarga duch kelamiz. Ekologik ta’lim bugungi kundagi ta’lim 
tizimlari faoliyatini yaxshilashning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida rasman e’tirof qilinib kelinmoqda. 
Ekologiya hozirgi davrda yangi turmush tarzini shakllantirishning asosiy bo‘g‘ini desak mubolag‘a 
bo‘lmaydi. Boshlanishlarning shakllanishi ekologik madaniyat va tabiatning barcha xilma-xilligi bilan birga 
bevosita tabiatning o‘ziga ongli ravishda to‘g‘ri munosabatni shakllantirish bilan uzviy bog‘liq ekanligi 
bizga ma’lum. Bugungi zamon hamnafasi bilan aytadigan bo‘lsak, dunyo hamjamiyatlarida aynan ekologik 
tarbiyaga qanday yechimlar topilayotgani, bartaraf etilayotgani, usul va uslublaridan ham yetarlicha 
o‘rganib, uni maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyat ishlanmalarimizga qo‘shishimiz darkor. Bugungi 
kunda Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha pedagogika uchun bolalarning tabiat bilan yaqin 
aloqasini shakllantirish maqsadida ekskursiyalar sonini ko‘paytirish maqsadga muvofiq. Ushbu yondashuv 
bir tomondan bolada axloqiy tamoyillarni rivojlantirish, tabiatning go‘zalligini ko‘rish, uni his qilish va 
tushunish qobiliyatini rivojlantirishiga guvoh bo‘lsak boshqa tomondan esa, bilimga bo‘lgan qiziqishini 
rivojlantirish, tabiatni bolani o‘qitishning universal obyekti sifatida ko‘rib chiqishni nazarda tutgan holatda 
shakllantirishda ko‘rishimiz mumkin. Tahlil qilib ko‘rsak, bunday holda, tarkibning ekologik bilimlari 
quyidagichalarni qamrab oladi: 
-O‘simlik va hayvon organizmlarining atrof-muhit bilan aloqasi, unga morfofunksional moslashuvi; -
O‘sish va rivojlanish jarayonlarida atrof-muhit bilan bog‘liqlik; 
-Tirik organizmlarning xilma-xilligi ekologik birlik;
-Tirik organizmlar jamoalari; 
-Inson tirik mavjudot sifatida, uning yashash muhiti, salomatlik va normal hayotni ta’minlaydi. 
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirishga 
ta’sir qiluvchi muhim tarbiyaviy jihatlardan biri-bu bolalar bog‘chasida qulay ekologik muhitni barpo 
etishdir. Bu uzluksiz jarayonligini barchamiz bilmiz, maxsus ekologik makonni tashkil etish va undagi 
hayvonot dunyosi uchun zarur shart-sharoitlarni saqlashga yo‘naltirilgan muntazam harakatlarni amalga 
oshirish ishlarini qamrab oladi. Ushbu ish shaklining eng keng tarqalgan turlari – “tirik burchak”, “jonli 
burchak” yaratish, yopiq gullarni parvarishlash, gulzor dizaynini yaratishdir. Bolalar nafaqat hayvonlar va 
o‘simliklarni kuzatsalar, balki ularga g‘amxo‘rlik qilish maboynida faol ishtirok etganlaridagina, ta’limiy, 
tarbiyaviy samaraga erishiladi. “Jonli burchak”ni tashkil qilish qanday bo‘lishini hozir ko‘rib chiqamiz. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ushbu burchakda hayvonlar uchun ajratilgan joy bo‘lishi kerak va u 
hayvonlarning tabiatdagi hayot sharoitlariga mos bo‘lishi kerak. Akvariumni zoodo‘kondan olgan ma’qul. 
Ammo akvarium sifatida xohlagan shisha idishdan foydalanishimiz mumkin, lekin shuni hisobga olishimiz 
kerakki, baliqlar asosan to‘rtburchak idishda yaxshi ko‘rinadi. Akvariumdagi baliqlar soni uning katta-
kichikligiga (o‘lchamiga) va undagi o‘simliklarning soniga muvofiq bo‘lishi kerakligini unutmasligimiz 
kerak, bunda yutiladigan va chiqariladigan kislorodning balansi ta’minlansin. Akvarium baliqlari doimiy 
parvarishga muhtoj. Ularga oziqni zoodo‘kondan sotib olish mumkin. Baliqlar shartli refleks hosil qilishlari 
uchun ularni muayyan vaqtda oziqlantirish kerak. Bolalar suv haroratini termometr bilan o‘lchab tekshirib 
boradilar. 
Sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilar uchun xilma-xil ko‘rinish va o‘lchamdagi 
terrariumlar quriladi. Odatdagi terrarium metalldan yoki yog‘ochdan tayyorlangan yashik bo‘lib, yon va tepa 
devoriari shisha va to‘rdan iborat. Shisha devor terrariumda yashovchilarni kuzatish, yon devor hamda 
tepasining to‘rdan bo‘lishi toza havo bilan ta’minlash imkoniyatini beradi. O‘simlik va hayvonlar 
namunalarini yig‘ish, kuzatishlar tashkil qilishimiz jonli tabiat burchagining a’zolari (ya’ni o‘simlik va 
hayvonlari) uning asosini tashkil qiladi, unga qarab jihozlar tanlanadi. O‘simlik va hayvonlar to‘plami 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
216 
tabiatshunoslik dasturiga muvofiq, o‘lkashunoslik xususiyatlari hisobga olinib belgilanadi. Barcha xona 
o‘simliklari ularning nomlari, qachon va qayerdan olinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar yozilgan yorliqlarga 
ega bo‘lishlari zarur.
Zamonaviy jamiyatda ekologik muammolarning dolzarbligi ekologik ta’lim masalalarini oldingi 
o‘rinlarga olib chiqib qo‘yishi holati mavjud. Maktabgacha ta’lim tashkilotida muhim vazifalardan biri 
bolalarga faqatgina, tabiatning go‘zalligini ochib berish emas, balki ularni o‘zi payqashga va qadrlashga 
o‘rgatishdir. Bu jarayonda biz maktabgacha yoshdagi bolalrni tabiat bilan tanishtirishda quyidagi usullardan 
foydalanamiz.
Shuningdek, bolalar bilan tabiatni tanishtirish ishlari olib borilayotganda yanada samarali jihati ota-
onalarni bolalar bilan birgalikda ishlashda ishtirok etishi maktabgacha yoshdagi bolalarning vazifaga bo‘lgan 
qiziqishini yanada oshirib, oila a’zolari o‘rtasida ijobiy munosabat o‘rnatishga, shakllantirishga, ularni hissiy 
jihatdan yaqinlashtirishga va kattalar orasida ekologik madaniyatni shakllantirishga yordam beradi. Asosiy 
tamoni shundaki, ota-onalarni bunday faoliyatga qiziqtirish, ularga shaxsan muhim ekologik ma’lumotlarni 
taqdim etish lozimdir. Tarbiyalanuvchilarda ekologik tarbiyani shakllantirish, ekologik madaniyat tuyg‘usini 
yaratish 
bevosita 
atrof-muhitni 
o‘rgatish bilan aloqadordir. Pedagogik izlanishlar natijasida 
tarbiyalanuvchilarda ekologik tarbiyani shakllantirishning metodlari, usul va uslublari aniqlangan. Bolalarda 
tarbiya turini shakllantirishda pedagogik kuzatuv, suhbat va savol-javob metodlari muhim o‘rin tutishi bizga 
ma’lum. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik madaniyatini shakllantirish jarayonida 
quyidagi shakl va usullar alohida ahamiyatga ega. 
–Og‘zaki va adabiy usullar (hikoyalar o‘qish); 
–Bolalar o‘yinlari; 
–Kuzatuv; 
–Elementar qidirish faoliyati; 
–Modellashtirish; 
–Ekologik faoliyat[3] 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuqorida ta’kidlab o‘tilgan metod, usul, uslublardan keng 
miqyosda foydalaniladi va ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishiladi. Asosan bolalar faoliyatlarda “Ilm fan 
va tabiat” markazida kuzatish metodidan ko‘p foydalaniladi. 
Pedagogikada umuman olganda maktabgacha ta’lim tashkilotida metod - pedagog-tarbiaychi va ta’lim 
oluvchining (bolaning) ma’lum ta’lim tarbiyaviy natijasi: bilimlarni egallash,| malaka va ko‘nikmalarni hosil 
qilish, qobiliyatlarni o‘stirish, axloqiy sifatlar, xulq odatlarni shakllantirishga erishish uchun mo‘ljallangan 
hamkorlikdagi faoliyatining usulidir. Bolalar bog‘chasida bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida turli 
metodlardan foydalaniladi. Metodlarni tanlashda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatlari, psixologiyasi, 
bilimlari, dastur talablari, o‘z o‘lkasi iqlimining tabiati, pedagogik tamoyillarga moslashishini bilamiz. 
Yuqoridagi| metodlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq va birbirini to‘ldiradi. “Ilm fan va tabiat” markazida asosan 
turli xil tajribalar o‘tkaziladi, o‘simliklar o‘stiriladi va hayvonlar parvarishlanadi. Ushbu faoliyat markazida 
qilinadigan ishlar asosan kuzatuv asosida o‘rganib olinadi va takrorlash orqali mustahkamlanadi. 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
217 
Mustahkamlash maboynida suhbat va savol-javob metodlardan foydalaniladi. Suhbat va savol-javob 
metodlari ham tarbiyalalanuvchilar bilan keng qo‘llaniladi, sababi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ko‘p 
muloqat qilish, suhbatlashish, ularda keng fikr yuritish va qo‘rqmasdan, o‘ziga ishonch bilan fikr bildirish 
holatlari paydo bo‘ladi, guruh tarbiyachisi va uning tarbiyalanuvchilari o‘rtasida yaqinlik va iliq munosabat 
paydo qiladi, va bu ta’lim berishda va ta’lim olishda ijobiy samara beradi. Shuningdek, ahamiyatga maolik 
tamoni shundaki ushbu metodlardan foydalanish tarbiyalanuvchilarda komunikativ mahorat, kreativlik, 
ijtimoiylashuv kabi taraflari rivojlanadi. Bu sifatlarni shakllanishi jamiyatdagi kuzatiladigan turli xil 
muammolarni yechimi hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, jamiyatimizda kuzatilayotgan nafaqat ekologik muammo, balki boshqa 
muammolarning ham yechim jamiyatimizning har bir a’zolarini qo‘lida. Bu muammolarga yechim topish va 
ularni bartaraf etish uchun chora-tadbirlar ko‘rishning asosi maktabgacha yosh davridan boshlanadi. Bu kabi 
ishlarni tashkillashtirish va amalga oshirish uchun davlatimiz tamonidan keng ko‘lamli ishlar amalga 
oshirilmoqda va kundan-kunga bu sohaga e’tibor kuchaymoqda. Maktabgacha ta’lim sohasiga doir turli xil 
markazlar, shart-sharoitlar hamda, tarbiyachilarimiz uchun maxsus seminar-treninglar, ular o‘z ustilarida 
ishlab shu sohaning mukammal, malakali kadrlari bo‘lishlari uchun “Yil tarbiyachisi” kabi ko‘rik-tanlovlar 
tashkillashtirib kelinmoqda. Bu kabi ishlarning tasdig‘i sifatida milliy aql markazimizni yaratishimiz 
bo‘yicha qilinayotgan ishlarni aytishimiz mumkin. Haqiqatdan ham biz yaratishimiz kerak bo‘lgan milliy aql 
markazlarimizda bolalar o‘rganishi kerak bo‘lgan ko‘nikmalarga tanqidiy fikrlash, ijodiy fikrlash 
(ijodkorlik), hamkorlik, muloqot, jismoniy bilim, mantiqiy matematika va ijtimoiylashuv kabi ko‘nikmalar 
kiradi.[4]
Maktabgacha ta’lim tizimida qilinishi kerak bo‘lgan va qilinayotgan ishlar haqida gapirar ekanmiz, 
hozirgi kunda ekologik madaniyatni shakllantirishga va jamiyatdagi har bir inson unga amal qilgan holda o‘z 
hayot va ish faoliyatlarini olib borishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu sababdan bu vazifa erta 
davrlardan boshlanadi, aniqrog‘i maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tahsil olib tarbiyalanayotgan bolalarga 
o‘rgatiladi. Bu jaroyon tashkilotlarda takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 
tashkillashtiriladi .Bolalarga ekologik tarbiya berish, ekologik madaniyatini shakllantirishda shu sohadagi 
tarbiyachi pedagoglar guruhlardagi faoliyat markazlaridan “Ilm-fan va tabiat” markazidan unumli 
foydalanishadi. Ushbu jarayonda asosiy vazifani bajarishda tarbiyachiga ham ko‘pgina talablar qo‘yiladi. 
Bular quyidagicha: Maktabgacha ta‘lim tashkiloti tarbiyachilaridan bolalarni tabiat bilan tanishtirish uchun 
tabiat haqidagi turli fan sohalaridagi katta bilim zahiralariga ega bo‘lishlari, ularning rivojlanish 
qonuniyatlarini tushunishlari, aql sohasi (noosfera)ning imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olishlari, tabiatda yuz 
beradigan narsa hodisalar orasidagi aloqadorliklarni izohlay olishlari talab etiladi. Shuningek faoliyot 
davomida va so’ngida turli xil interfaol metodlar, o’yinlar, o’yinli texnologiyalardan foydalanish orqali 
bolalar ta’limida samaraga erishamiz. Misol uchun faoliyat yakunlanish arafasida “Ha-Yo’q” bahsini 
o’tkazsak bolalarga bergan bilimlarimizni mustahkamlab olamiz va dars jarayoni qiziqarli tashkil qilingan va 
tugallangan bo’ladi[5]. Ayniqsa, o‘zi yashab turgan joy tabiati: fasl almashinuvlarini kuzata olishi, tabiat 
kalendarini tuza olishi, o‘simlik va gullarni ko‘paytirish ko‘nikmasiga o‘rganishi muhim. Bolalarda tabiatga 
faol va ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash maktabgacha ta’lim tashkilotida mavjud bo‘lgan hayvon va 
o‘simliklarni oziqlantirishga yordam beradi. Tarbiyachidan jonli tabiat burchagini tashkil eta olish, o‘simlik 
va hayvonlar uchun ularning tabiatda yashashlariga yaqin shart-sharoitlar yaratish talab etiladi. Bundan 
tashqari bolalarga ta’lim-tarbiya berishda ota-onalar ham faol qatnashmoqdalar, ekologik madaniyatni 
shakllantirish maboynida ular birgalikda mehnatini tashkil etishadi va bu juda foydali. Avvalo shu kabi 
ishlarni amalga oshirish uchun o‘qituvchilarning ekologik savodxonligi darajasini oshirish; bukletlar 
umumiy dunyo va xususan shaharda kuzatiladigan dolzarb ekologik muammolar bo‘yicha ota-onalar bilan 
ishlashning shakllari, ota-onalar bilan o‘zaro munosabatni qurish bolalar bog‘chasida olib boriladigan 
ekologik ta’limning zarur tarkibiy qismidir. Kattalar bolaga namuna bo‘la olishi kerak. Ko‘pgina ota-
onalarning bo‘sh vaqti yo‘qligiga qaramay, ular hali ham qo‘shma tadbirda qatnashish takliflariga ishtiyoq 
bilan javob berishadi. Shanbalikda bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotining hududini tozalash, 
obodonlashtirish, oziqlantiruvchilarni tayyorlash, axlat yig‘ish, batareyalar va boshqalar. Bu kabi chora-
tadbirlardan tashqari yana ham yangi, samarali, zamonaviy usullar, ya’ni ota-onalar bolalar va tarbiyachi 
birgalikda hamkorlik olib borishi uslub, va texnologiyalar ishlab chiqilmoqda. Bu ishlar olib borilishi 
barobarida kattalarning ham bilimlari va amaliy ko‘nikmalari mustahkamlanadi .

Download 4,29 Mb.
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   266




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi

Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish