|
Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi Pdf ko'rish
|
bet | 240/266 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 4,29 Mb. | | #143747 |
Bog'liq 11-son PM Ped PsixoloTadqiqot metodlar. Bolani atrof-muhit bilan tanishtirish, tabiat bilan tanishtirish, ilk matematik
tasavvurlarni shakllantirish, ijtimoiy-hissiy rivojlantirish, nutq о‘stirish, badiiy adabiyot bilan tanishtirish,
tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqaga о‘rgatish maktabgacha ta’limga oid vazifalar bо‘lib, bu
mashg‘ulotlar orqali bola idroki shakllantiriladi. Masalan, tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida jonli
tabiat, ya’ni mevalar bilan tanishtirish mashg‘uloti alohida о‘ringa ega. Mevalar bilan tanishtirishda rasmlar,
mevalar (yoz faslida) xamda video lavhalardan foydalanish mumkin bо‘ladi. Bu bola idrokini yanada
rivojlanishini ta’minlaydi. Bolaning mevalar xaqidagi tushunchalari rivojlanadi. Mevalarning kо‘rinishi,
xajmi, shakli, rangi, hidi, ta’mi bilan birga ularning foydali xususiyatlarini ham bilib oladilar. Video lavhada
mevalardan tayyorlanadigan mahsulotlar, dorilar, vitaminlar va ularning ahamiyati xaqida tushunchalarga
ega bо‘ladilar. Shundan sо‘ng bolalarga mujassam mashg‘ulot sifatida mevalar rasmini chizish orqali olgan
tushunchalari mustahkamlanadi. (Rasm mashg‘ulotini о‘rniga applikatsiyadan ham foydalanish mumkin. [4]
Bu mashg‘ulotlar bolaning qо‘l motorikasini rivojlantirish uchun ham ahamiyatlidir). Mashg‘ulot
yakunida bolalar bilan birga ”Mevalar” о‘yinini о‘ynash mumkin bо‘ladi. [3]
Bola idrokini shakllantirish va rivojlantirishga oid yana bir mashg‘ulot fasllar xaqida tushunchalar
berishdan iboratdir. Ushbu mashg‘ulotni quyidagi tartibda tashkil etish mumkin:
Mashg‘ulot mavzusi: Men sevgan fasl
Maqsad: Bolalarning qaysi fasl yoqishi haqidagi fikrlarini bilish, bahor fasli bо‘yicha tushunchalar
berish, bahor faslidagi bayramlar haqida tushuncha berish. Bolalarning faoliyatlar orqali bahor faslini aks
ettirishlarini aniqlash. Mazkur faslga oid о‘yinlar о‘rgatish.
“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
225
|
| |